Dushanbeda “ShHT mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash: muammo va istiqbollar” konferentsiyasi bo’lib o’tmoqda

400
0

 1397800291_img_0089Tojikiston prezidenti qoshidagi strategik tadqiqotlar markazining xabar qilishiga ko’ra, chorshanba kuni Dushanbe shahrida “Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqada xavfsizlikni ta’minlash: muammo va istiqbollar” ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’z ishini boshladi.

 Ikki kun davom etadigan mazkur konferentsiya Tojikistonni ShHTga bu yilgi raisligi ostida bo’lib o’tadi.

 Shuningdek konferentsiyada ShHTga a’zo davlatlarning strategik tadqiqotlar markazlari, kuzatuvchi va sherik davlatlar, ShHT kotibiyati va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) vakillari hamda Tojikistonning vazirlik va idora rahbarlari qatnashishi aytilmoqda.

 Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston ShHTga a’zo davlatlar hisoblanishadi.

Turkiston:

 ShHT, KXShT, MXDT kabi bir necha tashkilotlarning voqe’dagi amaliy ta’siri zaiflashib bormoqda. To’g’rirog’i amalda ularning deyarli birortasining xam oldiga qo’ygan ulkan maqsadlari amalga oshmadi desak bo’laveradi.

 ShHTga Xitoyning qo’shilib qolishi bilan shu tashkilotning yurib ketishidan umid bor deb kutishgan edi. Lekin AQShning bir necha fitnakashlik xarakatlari, Xitoyni Rossiya bilan ba’zi manfaatlarida teskari qila oldi va tashkilotda ularni o’z aro manfaat talashishlariga muvaffaq bo’ldi. Bu o’tgan yillardagi ShHT majlislarida Xitoy tomonidan o’rtaga tashlangan, tashkilot ichida moliyaviy kredit bankini tashkil etish loixasi, Rossiya tomonidan sovuq qabul qilinib u loixaga qa’iy qarshilik ko’rsatganida ko’rindi. Xitoy boshlang’ich o’n milliard dollorni o’zi qo’yishini xam loixaga kiritgan edi. Rossiya iqtisodiy, ayniqsa moliyaviy tomondan Xitoyga bas kela olmasligini biladi. U yana bu kreditlar, asosan O’rta Osiyo davlatlarini qarz qilib olish bilan ularni iqtisodiy mustamlaka qilishga qaratilganini xam biladi. Xitoyning bu xarakatlari, ya’ni O’rta Osiyo davlatlari tomon kengayish xarakatlari, Xalqaro siyosatda maxfiy kelishimlar asosida ta’qiqlangan. Demak uning xarakatlari AQSh tomonidan atayin yurgizilmoqda. Rossiya tomonidan shu kelishimlar asosida Xitoyning ustidan ko’tarilishi kutiladigan shikoyati, ikkisining o’rtasidagi jarlikni yanada kengaytiradi. Shuning uchun Rossiya bu ishni qilmadi.

 Xuddi shuningdek bojxona ittifoqi va undan keyingi YeVROZYeS tashkilotlarining barchasi Xitoyning manfaatlariga teskari. Bu erda xam AQSh “ipak yo’li” loixasini, BIga qarshi va shuningdek deyarli butunlay Xitoyning manfaatlariga mos keladigan qilib tuzdi va taklif qildi. AQShning shu va yana shanga o’xshash xarakatlari ShXTni tasir quvvatini sindira oldi. Shuningdek Rossiyaning Xitoy va Hindiston orqali Osiyo tomon kengayish yo’liga xam sezilarli to’siqlar qo’ya oldi.

 Endi ShHT xam yuqoridagi Rossiya ishtirokida, u etakchilik qiladigan tashkilotlarning boshqalari singari, bo’g’izlangan xo’kkizdek oxiri kesik tashkilotga aylandi.

 Yuqorida ShXTda ko’rib chiqiladigan mintaqaviy xavfsizlik masalasi xam, Rossiya AQSh va Xitoy manfaatlarining uyg’unligiga yoki qarama qarshiligiga bog’liq. ShHT kabi tashkilotlarning barchasi, o’sha katta etakchi davlatlarning, xalqaro siyosatda ishlatadigan qurollari xisoblanadi. Tojikiston singari davlatlarning bu kabi tashkilotlarda xech qanday manfaatlari yo’q. Kufr etakchilari bu kichik va zaif davlatlardan xar tomonlama foydalanib kelishadi. Ular xatto bu zaif davlatlardan o’z aro kurash maydoni sifatida xam foydalanishadi. Bunga Afg’oniston, Vetnam, Yugoslaviya…. xatto Tojikistonning o’zini xam SSSRning parchalanishidan keyingi urushlar girdobida qolganini misol qilish mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.