Islomiy libos jamiyatga xavf tugʻdiradi deyish bilan qirgʻiz prezidenti Allohning diniga jurʼat qilmoqda

881
0

Islomiy libos jamiyatga xavf tugʻdiradi deyish bilan qirgʻiz prezidenti Allohning diniga jurʼat qilmoqda

Bi-Bi-Si radiosining 2016 yil 13 avgustdagi xabariga koʻra, matbuot konferentsiyasi chogʻida qirgʻiz prezidenti Almazbek Atambayev islomiy libosning terrorizmga aloqasi borligi ehtimolidan jamiyatga xavfli ekanini daʼvo qilib muslima ayol libosi xususida gʻoyat razil soʻzlarni aytdi. U jumladan “kalta yupka kiygan ayollar xudkushlik sodir etishmaydi, terroristlar esa tentak, liboslar ham baʼzan shaxslarning fikrlarini oʻzgartirishi mumkin”, dedi. U bunday takabburona-nopok bayonotni birinchi bor berayotgani yoʻq. Ilgari ham madaniyatga oid milliy dialog toʻgʻrisida soʻz yuritib, islomiy libos qirgʻiz madaniyatiga zid, degan daʼvoni qilgan. Uning ayni bayonoti koʻchalarga niqob va hijoblarni tahqirlovchi bannerlar ilish kabi hukumatning islomiy libosga qarshi boshlagan kampaniyasi ortidan yangramoqda. Bu bannerlarda maktabning bir tomonida qirgʻiz milliy libosini kiygan ayollar, ikkinchi tomonida esa islomiy libos kiygan ayollar tasvirlanib, ostiga “ey xalqim, qayoqqa qarab ketyapmiz?!”, deya yozib qoʻyilgan.

Islomiy libos bilan zoʻravonlikni oʻzaro bogʻlash Gʻarbning butun dunyoda olib borayotgan kampaniyasi doirasiga kiradi. Kampaniyadan Islomni qora qilib koʻrsatish va odamlarni undan bezdirish uchun ularning asosiy islomiy ahkomlarga boʻlgan ishonchlarini oʻldirish koʻzlangan. Roʻmol va hijob ayolni ehtimolli terroristga aylantiradi, degan fikr tentak va ahmoqlar fikridir. Bunday fikr musulmonlar ustidagi hukmdorlarning fikriy jihatdan abgorligiga bir dalildir. Bu hukmdorlar va ularning yugurdaklari kiygan libosni esa, Islom dushmani boʻlgan anavi kofir Gʻarbga xorlik qilish, tiz choʻkish va yuvindixoʻrlik qilish libosi, deyish mumkin. Atambayev va unga oʻxshagan rahbarlar muslima ayollarni ayol kishi haqidagi Gʻarbning feministik fikrlariga ishontirishda omadlari chopmagach, tarvuzlari qoʻltiqdan tushdi va mana shunday bolalarcha qoʻrqitishga oʻtishdi.

Biz Atambayega bunday deymiz:

Islomiy libos qirgʻiz xalqi shaxsiyatiga zid emas. Chunki bu xalqning 80 %i musulmondir. Ularning libosi, eʼtiqodi, madaniyati va butun meʼroslari Islomdan balqib chiqqan. Biroq, sen va senga oʻxshagan ilmoniylar qabul qilgan, odamlarga zoʻrlash, qiynash, oʻldirish orqali boʻlsa ham majburan qabul qildirayotgan gʻarbcha dunyoviy madaniyat Islomga ziddir!!

Shuningdek, mahalliy va xalqaro xavfsizlikka Islom emas, balki mustamlakachi davlatlar xavf tugʻdirmoqda. Ular demokratiya niqobini kiyib, oʻzlari yurtlarni bosib olishyapti, yuz minglab begunoh insonlarni qirgʻin qilishyapti, boyliklarini talon-taroj qilishyapti. Mustabid boshqaruvga qarshi haq soʻzni aytgan musulmonlarni qamoqqa olib qiynoqqa solayotgan va oʻldirayotgan diktatorlarni qoʻllab-quvvatlayotganlar ham shu mustamlakachilardir.

Islomiy madaniyat ham Qirgʻiziston jamiyatiga xavf tugʻdirmaydi. Aksincha, senga oʻxshagan ilmoniy hukmdorlarning gʻarbcha liberal madaniyatni islomiy yurtlarimizga olib kelishgani sababli, insonlar hayotida gʻayrioddiy yomon turmush tarzi keng tarqalmoqda, Gʻarb davlatlarining ijtimoiy buzuqligiga taqlidan nikoh muqaddasligi va oila birligi parchalanmoqda.

Ey Atambayev!

Bilib qoʻy, sen ham, Ummatga vayronagarchilik, repressiya va badbaxtlikdan oʻzga narsa keltirmagan senga oʻxshagan boshqa zararkunanda hukmdorlar ham yaqinda tarix axlatxonasiga uloqtirilasizlar. Allohning izni ila, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini senlarning xarobalaring uzra barpo qilamiz.

Ey Qirgʻizistondagi muslima ayollar!

Biz siz aziza opa-singillarimizni pok islomiy ahkomlarni mahkam ushlashga hamda boshingizga tushayotgan mashaqqatlarga xuddi Firʼavnning zavjasi Osiyo va ulugʻ sahoba Ilar singari sabr qilishga chaqiramiz. Ertangi buyuk maqsadingizga-abadiy jannatga sabot ila nazar soling, sizga harchand bosimlar qilishmasin, zarracha diningizdan chetlashmang, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish faoliyatida biz bilan birga harakat qiling. Zero, ushbu davlat sizning islomiy libosingizni albatta himoya qiladi hamda Islomning hamma farzu vojibotlarini ado etishingizga imkoniyat yaratadi.

إِنَّ الَّذِينَ قَالُوا رَبُّنَا اللَّهُ ثُمَّ اسْتَقَامُوا تَتَنَزَّلُ عَلَيْهِمُ الْمَلَائِكَةُ أَلَّا تَخَافُوا وَلَا تَحْزَنُوا وَأَبْشِرُوا بِالْجَنَّةِ الَّتِي كُنتُمْ تُوعَدُونَ

“Albatta “Robbimiz Allohdir”, deb, soʻngra toʻgʻri-ustivor boʻlgan zotlarning oldilariga (oʻlim paytida) farishtalar tushib, “qoʻrqmang va gʻamgin boʻlmang, sizga vaʼda qilingan jannat xushxabari bilan shodlaning”, derlar!” [Fussilat 30]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.