Turkistonlik muhojirlarni kim hibsga olmoqda?

460
0

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot boʻlimining rahbari Mahmut Qor oʻzining “Facebook” ijtimoiy tarmogʻi orqali rasmiy sahifasida quyidagi bayonotni taqdim qildi.

Turkistonlik muhojirlarni kim hibsga olmoqda?

Rossiya va Markaziy Osiyodagi shafqatsiz diktatorlarning zulmidan qochib, Turkiyadan boshpana topgan Turkistonlik (oʻzbek, qozoq, tojik, qirgʻiz va chechen) muhojir aka-uka va opa-singillarimizga qarshi Istanbul va boshqa bir kancha shaharlarda xavfsizlik kuchlari tomonidan qamoqqa olish amaliyotlari olib borilmoqda. Aksariyati oʻzbeklardan iborat taqriban 50ta oilaning barcha aʼzolari qamoqqa olinganligi haqida maʼlumot oldik. Afsuski, birorta axborot agentligi bu haqida xabar tarqatganligini koʻrmadim. Bu masala boʻyicha norasmiy yoʻllar bilan jamoatchilikka yetib kelgan xabarlarga koʻra, Muhojir birodarlarimizni xavfsizlik boʻlimidagi “Feto”chilar yaʼni Gulen jamoatining aʼzolaridan iborat politsiyachilar hibsga olishgan emish.

15 iyul kuni Musulmonlarning eʼtiqodi, his-tuygʻulari va sadoqati yordamida Islom dushmanlarining xavf-xatarlari bartaraf etildi. Rasmiy manbalar tomonidan davlat toʻntarishiga uringanlar Gulenchilar ekanligi eʼlon qilindi. Buning ortidan Turkiya qurolli kuchlari, milliy xavfsizlik va sud tizimida ishlab kelgan minglab Gulenchilar hibsga olindi yoki ishdan boʻshatildi.

Shuncha ishdan soʻng ham Muhojir birodarlarimizni qamoqqa olish amaliyoti Gulenchi politsiyachilar tarafidan amalga oshirildi, degan gapni qanday izohlash mumkin?! Qurollar, tanklar va harbiy samolyotga ega boʻlgan vahshiy xuntachilarni bartaraf qila olgan Turkiya, bir necha politsiyachining 50ta muhojir oilani qamoqqa olishiga toʻsqinlik qila olmaydimi?! Biror martabaga ega boʻlmagan bir necha politsiyachining bir vaqtning oʻzida 50ta oilaga nisbatan qator amaliyotlar oʻtkazishi mumkinmi?! Bu gapga musulmonlarni qanday ishontira olasiz?!

Maʼlumki, Prezident Erdogʻan rasmiy safar bilan Rossiyaga bordi. Erdogʻanning Rossiyaga safaridan avval Markaziy Osiyolik muhojir birodarlarimizga nisbatan hibsga olish amaliyoti oʻtkazilishi yangilik emas. Oʻtmishda ham Rossiyani rozi qilish uchun xuddi shunday ishlar qilinganligidan xabarimiz bor. Rus agentlari Turkiyadagi chechen va oʻzbek muhojirlariga suyiqad uyushtirganligini ham bilamiz. Shuningdek, Rossiyaning Suriyadagi musulmonlarni qanday vahshiyona qatl etayotganiga guvoh boʻlib turibmiz.

Shuning uchun men Turkiya rasmiylari va barcha jamoatchilik shuni bilib qoʻyishini istardim: Siz Rossiya va uning xizmatkori boʻlgan Markaziy Osiyodagi diktator rahbarlarni bu amaliyotlar bilan aslo rozi qila olmaysiz. Chunki ular Islom va musulmonlarga dushmanlik qilishda chegara bilishmaydi. Ularning musulmondarga nisbatan nafrat va gʻazabini hech qachon yengillata olmaysiz. Ular musulmonlarga zulm qilganligi uchun musulmon birodarlarimiz muhojir sifatida biz taraflarga kelishdi. Bundan keyin ham ularni Turkiyada tinch qoʻyishmaydi. Turkiya davlati Rossiyaning bosimiga boʻyin egib, Muhojir aka-uka va opa-singillarimizni zolimlarga topshirib yuboradimi? Bu bilan balki Rossiya roziligini qoʻlga kiritishi mumkin. Lekin amaldorlar Allohning gʻazabi haqida hech oʻylab koʻrishmasmikin?

Davlat rasmiylariga shunday murojaat qilmoqchiman: Bunday xatodan Allohdan panoh soʻrang, bunday zulmdan uzoq turing! Alloh uchun musulmon birodarlarimizning yonini oling. Ularga zulm qilmang va zolimlarga topshirmang. Zero ular Turkiyaga hijrat qilib kelishdi, ularga Ansorlik qiling.

Rosululloh s.a.v. shunday marhamat qiladilar:

“اَلْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ لا يَظْلِمُهُ وَلا يَخْذُلُهُ وَلا يَحْقِرُهُ”

“Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm qilmaydi, uni yordamsiz tashlab qoʻymaydi va kamsitmaydi”. (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Mahmut Qor. Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot boʻlimining rahbari

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.