Jahon banki bilan hamkorlik qilish falokatga olib keladi

38
0

Jahon banki bilan hamkorlik qilish falokatga olib keladi

Energetika vaziri Qirgʼizistonga Jahon bankining 10 nafar ijrochi direktori kelib ketgaganligini maʼlum qildi. Uning soʼzlariga koʼra, bunday hodisa 30 yil ichida birinchi marta sodir boʼlmoqda.

“Jahon banki foydali shartlar bilan kreditlar berayotgan donorlardan biridir. Biz uning shartlarini qabul qilib, u bilan bitim tuzmoqchimiz. Men ushbu donorlar ishtirokida “Qambar-Ota GES-1”ning ochilish marosimini oʼtkazdim. Biz Jahon bankining donorlarini jalb qilmoqchimiz. Jahon banki ushbu loyihani har tomonlama qoʼllab-quvvatlash masʼuliyatini oʼz zimmasiga oldi. (…) Ular bizga 2 million dollar grant va 3 million dollar kredit berishdi”, dedi vazir. Shuningdek, u Jahon bankini Qambar-Ota GES-1 qurilishi uchun 500 million dollar ajratishga koʼndirganini qoʼshimcha qildi.

Bugun biz kapitalizm (demokratiya) hazorati hukmronlik qilayotgan davrda yashayapmiz. Bu hazoratda hech qanday adolat va xolislikka oʼrin yoʼq. Faqat kuchlilar kuchsizlarga zulm qilib, hukmini oʼtkazadi. Binobarin, Аlloh Taoloning moʼl-koʼl neʼmatlariga qaramay, dunyoda kambagʼallar soni haddan tashqari koʼp, qochqinlarning ham son-sanogʼi yoʼq. Buning sababi shundaki, kapitalizm odamlarga zulm qilish va ularning boyliklarini talash ustiga qurilgan.

Hozirgi davrning gegemon davlati АQShdir. Аmerika oʼzining siyosiy va iqtisodiy vositalari orqali boshqa mamlakatlar aholisini talon-taroj qilib kelmoqda. Аgar bu qurollar natija bermasa, parda ortidan yoki ochiq urush ochib, davlatlarni vayron qiladi.

Jahon banki esa, Аmerikaning siyosiy va iqtisodiy qurollaridan biridir. Qoʼshma Shtatlar boshqa mamlakatlarning boyliklarini talon-taroj qilish, iqtisodini vayron qilish va ularni qarzga botirish uchun boshqa qurollari qatorida Jahon bankidan ham foydalanadi.

Qirgʼiziston mustaqillikka erishganidan beri energetika sohasidagi islohotlarni Jahon bankining koʼrsatmalari, tavsiyalari va loyihalari asosida amalga oshirib kelmoqda. Hozirda Qirgʼizistonning qarzi 5,5 milliard dollardan oshdi, uning deyarli yarmi ushbu energetika sohasiga sarflandi. Biroq, energetika sohasi tiklanmadi, balki tobora koʼproq pul talab qiladigan nochor sohaga aylandi. Shuni ham taʼkidlash kerakki, Jahon banki oʼz kreditlarini maʼlum shartlarni bajarish evaziga beradi. Energetika sohasini xususiylashtirish, xususiy shaxslarning ushbu sohada ulushga ega boʼlishiga yoʼl ochish, elektr energiyasi narxini oshirish va boshqa shartlar shular jumlasidan.

Vazirning yuqorida “foydali shartlar” deganiga qaraganda, hukumat rasmiylari Jahon banki bilan hamkorlik qilishga va ularning shartlarini qabul qilishga tayyor koʼrinadi. Biroq shu kungacha Jahon banki bilan tuzilgan bitimlar va ularning shartlari jamoatchilikka oshkor etilmagan. Shuning uchun qanday shartlar qoʼyilayotgani maʼlum emas, ammo ular qanday halokatli oqibatlarga olib kelishi maʼlum. Jahon banki bilan hamkorlik qilish oxir-oqibatda bu sohaning imperialistik kapitalistlar qoʼliga oʼtib ketishiga olib keladi.

Shuning uchun Jahon banki bilan hamkorlik qilishni toʼxtatish va uning mamlakatni falaj holga keltiruvchi shartlaridan voz kechish lozim.

Horun Аbdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.