Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari Vashingtonda uchrashadi

491
0

Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari Vashingtonda uchrashadi

Markaziy Osiyoda joylashgan beshta davlat tashqi ishlar vazirlari kelgusi hafta 3 avgust kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari boshchiligida Vashingtonda uchrashadi. AQSh davlat kotibi Jon Kerri ham ishtirok etadigan mazkur uchrashuvda mintaqaviy integratsiya masalalarini muhokama qilinishi aytilmoqda.

Amerika ovozi radiosi tarqatgan xabarga koʻra, mazkur uchrashuv oʻtgan yili Samarqand boshlangan C5+1 muzokaralarining davomi sifatida boʻlib oʻtadi.

Amerikaning Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha bosh diplomati Dan Rosenblum (Daniyel Rosenblum) ham 3 avgustdagi uchrashuvlarda mintaqaviy integratsiya haqidagi asosiy mavzular muhokama qilinishini maʼlum qildi. Uchrashuvdan soʻng savdo, transport, atrof-muhit, iqlim, madaniyat va islohotlarga ragʻbatlantiruvchi dasturlar sohasida besh mintaqani oʻz ichiga olgan loyihaning eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Xitoy esa milliardlab dollar investitsiya yotqizish orqali Markaziy Osiyodagi nufuzini oshirishni istaydi. Diplomat Rosenblumga koʻra, Amerika bundan tashvishlanayotgan joyi yoʻq. Xitoy bilan hamkorlik qilish mintaqa davlatlari uchun juda katta ahamiyatga ega. “Kim bilan hamkorlik qilishni Markaziy Osiyo davlatlarining oʻzlari belgidaydi”, deydi Rosenblum.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri 2015 yilning kuzida Markaziy Osiyo davlatlarining prezidentlari va vazirlari bilan uchrashgan edi. Kerri bu uchrashuvlarda xavfsizlik, iqtisodiyot, inson huquqlari sohalarida islohotlar oʻtkazish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlash masalalari borasida mintaqa rahbarlari bilan fikr almashgan edi.

Markaziy Osiyo davlatlarida yashovchi xalqlarning tillari, dinlari va tarixlari bir xil boʻlishiga qaramay, dunyodagi tarqoq oʻlkalar sifatida tanilgan. Besh davlat oʻrtasidagi aloqa, savdo va boshqa muhim sohalarda hamkorlik yoʻqligi maʼlum.

Turkiston:

Demak, Rosenbyumning soʻziga koʻra, Markaziy Osiyoga Xitoy investitsiya olib kirib kelishidan AQSh xavotirlanayotgani yoʻq. Lekin AQSh Markaziy Osiyoni siyosiy saqofiy va xavfsizlik jihatidan oʻziga qaram tomonini kuchaytirishga urinayapti. Iqtisodiy aloqalar esa uni xavotirlantirmaydi. Chunki bu davlatlarni kim siyosiy va saqofiy mustamlaka xolatida ushlab qolsa, Xitoy oʻsha yirik mustamlakachining manfaatlari bilan savdo aloqalar qilishga majbur boʻladi.

Ilgari xuddi shu xolat, sistema mavjud edi va dunyo mamlakatlari unga qattiq rioya qilishar edilar. Markaziy Osiyo davlatlariga xatto AQShning oʻzi xam Rossiyaning ruxsati bilan iqtisodiy aloqa oʻrnatish uchun kirib kelar edi. Oxirgi oʻn yillarda bu xalqaro sistema buzildi. Endi yangicha mustamlaka sistemasi kirib kelyapti. Bu davlatlar goʻyoki erkin va mastaqil davlat deb eʼlon qilinishadi. Lekin yopiq xalqaro sistema mavjud boʻlib, ular bu davlatlarni iqtisodiy, siyosiy va xarbiy tomondan oʻrab olishadi. Yaʼni, kichik va zaif davlatlarni iqtisodiy tang axvolga olib kelishib, ularga sadaqa berish bilan oʻzlariga qaram qilib olishadi. BMT kabi olamiy tashkilotlar vositasida siyosiy bosimlar uyushtirishadi. Qandaydir vaximali suniy xarbiy tashkilotlar oʻylab topishib, bu davlatlarga xarbiy bazalar qurishadi.

Shuning bilan bu davlatlar xech qayoqqa keta olmaydigan manqurt davlatlarga aylanib qolishadi. Soʻng xotirjam yuqoridagidek bayonotlar qilishadi, “Kim iqtisodiy aloqa qilsa qilaversin bu mamlvkatlar erkin va mustaqil” deb.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.