Erdogon Sankt-Peterburgga tashrif buyuradi

494
0

Erdogon Sankt-Peterburgga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Rajab Erdogon 9 avgust kuni Sankt-Peterburgga tashrif buyuradi. Bu haqida Turkiya bosh vazir oʻrinbosari Mehmet Shimshek Rossiya bosh vazir oʻrinbosari Arkadiy Dvorkovich bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida maʼlum qildi.

“Elchi janoblari prezidentimizning 9 avgust kuni Peterburgda boʻlishini tasdiqlagani haqida xabar berdi”, – dedi Shimshek.

Oʻz navbatida, Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov prezident Vladimir Putin mamlakat xavfsizlik kengashi vakillari bilan Turkiya prezidenti Rajab Erdogonning tashrifi borasida gaplashib olgani haqida xabar qildi.

Bundan tashqari, Putin uchrashuv chogʻida Erdogon hamda (isroil) bosh vaziri Binyamin Netanyaxular bilan oʻtkazilgan telefondagi suhbatlarni ham muhokama qildi. Bundan tashqari Putin Dmitriy Medvedev va Sergey Shaygu bilan uchrashib, turli masalalar haqida gaplashdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.