Chavushoʻgʻli: AQSh Gulanni topshirmasa, bu oʻzaro munosabatlarimizga taʼsir qilishi muqarrar

661
0

Chavushoʻgʻli: AQSh Gulanni topshirmasa, bu oʻzaro munosabatlarimizga taʼsir qilishi muqarrar

Agar AQSh Fathulloh Gulanni Turkiyaga topshirmasa, bu ikki tomonlama munosabatlarga taʼsir qilishi muqarrardir. Bu haqida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli “Habarturk” telekanalida namoyish etilgan teledastur orqali maʼlum qildi.

Qoʻshma Shtatlarga safar qilishini aytib oʻtgan Chavushoʻgʻli tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad Gulanni Turkiyaga qaytarish ekanligini maʼlum qildi. Chavushoʻgʻliga koʻra, u amerikalik siyosatchilar, jumladan kasbdoshi Jon Kerri bilan uchrashib, Fathulloh Gulanni topshirishlarini rasman talab qiladi.

 AQSh Fathulloh Gulanni qaytarib bermasa nima boʻladi, degan savolga Chavushoʻgʻli buning Turkiya va AQSh oʻrtasidagi munosabatlarga salbiy taʼsir qilishini bildirdi.

“Biz bunday taxmin haqida oʻylashni ham istamaymiz. Fuqarolarimiz bunga qarshi reaksiya koʻrsatadi. Turkiyada AQShga nisbatan qarshilik kuchaya boshladi. Buning mamlakatimizga ham, aloqalarimizga ham hech qanday foydasi yoʻq. Biz buni muvozanatga keltirishga harakat qilyapmiz, lekin fuqarolarning his-tuygʻularni koʻrib turibsiz. Ammo davlat toʻntarish ham oddiy ish emas. Agar AQSh Gulanni ekstraditsiya qilmasa, bu munosabatlarimizga taʼsir qilishi muqarrardir. Lekin biz bu darajaga yetib borishni istamaymiz. Faraz qiling, AQShda davlat toʻntarishiga uringan terror tashkilotining rahbari bizning oʻlkamizda yashayotgan boʻlsa, AQSh uni talab qilsa-yu Turkiya uni bermasa, AQSh bu haqda nimani his qiladigan boʻlsa, biz ham xuddi shu narsani his qilamiz. Hujumning kattasi, kichigi, yaxshisi, yomoni boʻlmaydi”, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Maʼlumki, Turk rasmiylari AQShdan boshpana topgan Fathulloh Gulanni 15 Iyul kuni Turkiyada sodir etilgan davlat toʻntarishi tashabbusi ortida turganlikda ayblab kelmoqda.

Turkiston: 

Turkiya hukumati bir oz oʻzidan ketib qoldi. U xuddi AQShda boʻlib oʻtgan 11 sentyabr voqeʼasidan keyingi AQSh hukumatining butun olam mamlakatlariga tahdid va shantaj yoʻllari bilan qilgan muomilasiga taqlid qilmoqchi boʻlyapti. Lekin Turkiyani har qancha yuqori koʻtarishmasin, u mustamlaka va qaram davlat sifatida qolaveradi. U koʻtargan olamiy hatto mahalliy muammolarning muvaffaqqiyati faqat mustamlakachilarining manfaatiga mos kelsagina muvoffaqqiyat qozona oladi. Turklar hatto oʻz mamlakati ichida joylashgan kurtlar muammosini ham oʻzlari hal qila olishayotganlari yoʻq.

Gulan AQShning Erdugʻonni doim xavotirda ushlab turish uchun bir alternativ varianti desak toʻgʻri boʻladi. Erdugʻon ham Gulan ham Amerikaning taʼsiri ostidagi xizmatchilaridir. Gulan AQShning zaxiradagi oʻyinchisidir. U Qirgʻiziston singari bir qator islomiy oʻlkalarda diniy va dunyoviy ilm tarqatishni niqob qilib olib, ilmoniy saqofatlarni tarqatib keladi. Yaʼni bu odam, diniy fidoiy yoki Islom manfaatini oʻzida namoyon qilgan figura emas, balki dinni niqob qilib, kufrning nonini yeyish uchun dinga ilmoniy koʻzqarashlarni olib kirib kelayotgan buzuq shaxsiyadir. Qirgʻizistondagi ilmiy muassasalari ham, AQShning saqofiy quroli desak adashgan boʻlmaymiz.

Lekin Turk vaziri Chovushoʻgʻlining bayonoti oʻrinsiz boʻldi. Turkiyadagi harbiy davlat agʻdarilishiga boʻlgan harakatlarni Gulanchilar qilishgani yoʻq. Lekin bu bayonotning Angliyada aytilayotganiga qaraganda, Edagon vaziyatdan foydalanib, oʻz raqibini olamiy saqofiy yurishini va ularning reytinglarini biroz boʻlsa ham zaiflashtirib olmoqchi boʻlayapti. Chunki Angliya uchun Gulan ham Erdagon ham birdek, dushmanining koʻppaklari. Ularni bir biri bilan toʻqnashtirib, har ikkovlarini ham zaiflashtirish uchun shu fitnani rivojlantirishga harakat qiladi.Turk vaziri Qirgʻizistonga ham bosim oʻtkazishga qaratilgan bayonot berdi. U Gulanga qarashli barcha taʼlim muassasalarni yopib yuborishga chaqirdi. Aks holda oʻz aro alaqa va munosabatlarimizni qayta koʻrib chiqamiz dedi.

Qirgʻizistonning javobi ham, AQShning rayiga muvofiq boʻldi. Xalqaro vaziyatni Turkiya nazorat qila olmaydi. U albatta AQShning raʼyiga qarab yurishga majbur boʻladi. Qirgʻiz-Turk aloqalariga biroz sovuqchilik tushishi mumkin. Lekin bu vaqtinchalik arzimas arazlashish boʻladi xolos.

Bu harakatlardagi eʼtiborli nuqta shuki, kufr olami, yaʼni mustamlakachi davlatlar bizlarni shaxmat taxtasidagi jonsiz figuralardek, bir birlarining manfaatlariga qarshi yoʻnaltirib oʻynashyapti. Bizlarning yetakchilarimiz esa, yuzlagan baʼzida yuz minglagan musulmonlarni qotillari boʻlib turgan mamlakatlar bilan hamkorlik qilib, oʻz birodarlari boʻlgan islomiy yurtlarga yoki jamoalarga qarshi qilich koʻrtarishga shay turishadi.

Erdagon ham, Chovushoʻgʻli ham Angliya va Amerikaning Turkiyadagi harbiy qoʻzgʻalonlarda toʻgʻridan toʻgʻri aloqalari va manfaatlari bor ekanini yaxshi biladi. Shunga qaramay, bular yana oʻshalarning maslahati bilan, hech narsani anglamay, harbiy buyruqni bajargan musulmon harbiylarini va Gulan singari tovlamachilarni qoʻlida toza niyat bilan xizmat qilib kelishayotgan musulmonlarni nishonga olishmoqda. Qirgʻiziston singari kichik va zaif agrar va qashshoq mamlakatga bosim bermoqchi boʻlishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.