Moskvada “Yordam” masjidi imomi shayx Mahmud Velitov hibsga olindi

519
0

Moskvada “Yordam” masjidi imomi shayx Mahmud Velitov hibsga olindi

2016 yil 12 iyulda Rossiya axborot vositalari Rossiya tergov boʻlimiga taʼyangan holda Moskvadagi “Yordam” masjidi imomi Mahmud Velitovning hibsga olingani toʻgʻrisida xabar tarqatdi. Shayxga Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 205-modda 2-bandi “Terrorizmni ochiqchasiga qoʻllab-quvvatlash” asosida jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlib, bunday jinoiy ish bilan ayblanganlar 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Hozirda shayx uy qamogʻida ushlab turilibdi.

Tergov xulosasiga koʻra, “Velitov imom va diniy hayʼat raisi boʻlgan paytda 2013 yil 23 sentyabr kuni Xachaturyan koʻchasidagi masjidda dars oʻtayotib, Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan birining faoliyatini ochiqchasiga oqlab, mavʼiza qilgan”.

Axborot vositalari tarqatgan xabarda Velitovning soʻzlari Kizlyarda oʻldirilgan Abdulloh Gappayev ismli Hizb ut-Tahrir aʼzosi haqida ketgani va uning faoliyatlarini oqlagani aytiladi. Biroq shayx Mahmudning Abdulloh Gappayev faoliyatini oqlagani sababli hibsga olinishi unga qoʻyilgan ayblovning mantiqsizligini koʻrsatadi. Chunki, 2013 yili otib oʻldirilgan Gappayev Hizb ut-Tahrir aʼzosi ekani halok boʻlganidan soʻng Hizb ut-Tahrir-Rossiya tomonidan bu haqda ochiqlanganidan keyingina maʼlum edi.

Abdulloh rohimahulloh rus xavfsizlik kuchlari bilan otishma paytida oʻlmagan. Balki uni oʻz uyi oldida nomardlarcha otib oʻldirishgan. Unga qarshi Hizb ut-Tahrir aʼzosi sifatida sud daʼvosi hech qachon qoʻyilmagan edi. Shuningdek, terroristik amaliyotda ishtirok etgan, degan biror dalil ham keltirilmagan. Shuning uchun Velitovning Hizb ut-Tahrir aʼzosi marhum Abdulloh Gappayev haqida taʼziya sifatida gapirganligi – hatto Rossiya Hizb faoliyatini terroristik, deb hisoblasa ham – terrorchilikni qoʻllab-quvvatlash hisoblanmaydi.

Shuning uchun jurnalistlar xavfsizlik kuchlarining mantiqsiz ayblovlarini tarqatishdan oldin imom Velitovning aslida nima uchun hibsga olingani toʻgʻrisida fikrlab koʻrishlari kerak edi. Ana shunda unga qoʻyilgan ayblov voqega toʻgʻri kelmayotganini tushunib yetgan boʻlardilar. Ayniqsa, uning hibs etilishi boʻrttirib koʻrsatildi va xavfsizlik kuchlari byudjetini qayta qoʻrib chiqilishi ortidan amalga oshirildi. U Rossiyadagi eng nufuzli imomlardan biri boʻlgan va mana shunday nufuzli imomning terrorizmni qoʻllab-quvvatlashda ayblanishi, xavfsizlik xizmati byudjetiga kattaroq mablagʻ ajratilishiga yordam beradi. Endi nima uchun aynan Velitov tanlanganiga kelsak, buning sababi u Islom Ummati muammolari har bir musulmonning, xususan, churq etmaydigan imom va muftiylarning ham muammosi ekani haqida ochiq gapirganidir.

Alloh Subhanahu va Taolo bunday dedi:

لَا يَأْلُونَكُمْ خَبَالًا وَدُّوا مَا عَنِتُّمْ قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاءُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ الْآيَاتِ إِنْ كُنْتُمْ تَعْقِلُونَ

“Ey moʻminlar, oʻzingizni qoʻyib, (munofiqlarni) sirdosh doʻst tutmang, ular sizga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar, ularning sizlarni yomon koʻrishlari ogʻizlaridan oshkor boʻldi, qalblaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir, agar aql yurgizsangiz siz uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik”  [Oli Imron 118]

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot boʻlimi

Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.