Turkiyada harbiy davlat toʻntarishga urinish yuzaga keldi

944
0

Turkiyada harbiy davlat toʻntarishga urinish yuzaga keldi

Turkiyada harbiylari Anqaradagi bosh qarorgohini egallab bosib olgani iddao qilinmoqda. Turkiya poytaxti Anqara shahrida otishma ovozlari eshitilgan. Anqara shahri Goʻlbashi prokuraturasining maʼlum qilishicha, harbiy toʻntarish urinishi ortidan kelib chiqqan qurolli toʻqnashuvda 42 kishi halok boʻlgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon ham Otaturk aeroportida bergan bayonotida harbiy toʻntarish urinishi boʻlganini tasdiqladi. Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning bayonotiga koʻra, bu ishga harbiylarning faqat “bir guruhi” aralashgan.

Prezident Erdoʻgʻon hokimiyatni xalqqa nisbat berib, “Bu qurollarni sizga mana shu xalq berdi, agar siz bu qurollarni xalqqa qarshi koʻtarsangiz, buning hisobi ogʻir boʻladi”, deya xitob qildi.

AQSh, Gʻarb davlatlari, Yevropa ittifoqi, BMT va NATO ittifoqi Turkiyada yuz bergan davlat toʻntarishiga qarshi ekanliklarini izhor qilishmoqda. NATO Bosh kotibi Yans Stonenberg Turkiyadagi demokratik tamoyillarni hurmat qilishga chaqirdi. Oq uy ham Turkiyada amaldagi hukumatni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. AQSh prezidenti Barak Obama barcha partiyalarni Etdugʻon hukumatni dastaklashga chaqirdi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri esa Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushogli bilan telefon orqali bogʻlanib, vaziyat borasida chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Ovroʻpo Ittifoqiga raislik qilayotgan Slovakiya Turkiyadagi vaziyatni muhokama qilish uchun OIning favqulodda yigʻinini chaqirgan.

AQSh va Ovroʻpo Ittifoqidan keyin Rossiya ham Turkiyadagi vaziyatdan “chuqur xavotirda” ekanini bildirdi. Kreml soʻzchisi Dmitriy Peskovga koʻra, Turkiyadagi voqealar haqidagi xabarlar Tashqi ishlar vazirligi va josuslik xizmatlari tomonidan muntazam ravishda prezident Putinga yetkazilib turilibdi. BMT Bosh kotibi Pan Ki Mun ham Turkiyada harbiy toʻntarish harakati haqidagi xabarlardan ogoh boʻlib, vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda. Bu haqida uning voizi Farhan Haq maʼlum qildi.

Erdugʻonning asosiy raqiblaridan biri hisoblangan Kamol Qilichdoroʻgʻli ham harbiy toʻntarishga qarshi ekanligini bildirdi.

Turkiya Armiyasi Bosh shtabi boshligʻi Hulusi Akar harbiy toʻntarishga qoʻl urganlar tarafidan garovga olinganligi aytilgan edi. Soʻngi xabarlarga koʻra, uning bir harbiy amaliyot natijasida qutqarib olingani bildirildi. Ayni paytda Istambuldagi Taksim maydonida ikki portlash boʻlgani haqida xabarlar bor. Reuters axborot agentligiga koʻra, askarlar Istanbulning Taksim maydonida oʻz qurollarini politsiyaga topshirishgan.

Soʻnngi maʼlumotlarga koʻra¸ davlat toʻntarishiga bosh qoʻshgan harbiylarning baʼzilari taslim boʻlishgan. Istanbul Bosh prokuraturasi davlat toʻntarishga qoʻshilgan 200dan ortiq askar hibsga olinganligini maʼlum qildi. Turkiya Bosh vaziriga koʻra, “vaziyat nazorat ostiga olingan”. Ayrim kuzatuvchilarga koʻra, harbiy toʻntarish rejasi qudratli generallar tomonidan qoʻllab quvvatlanmagan.

Turkiston:

Aslida bu kurash AQSh bilan Angliya tarafdorlari boʻlgan quvvatlar oʻrtasida yuz bermoqda. Shunday boʻlishiga qaramay, Erdigon hukumati islomiy muhitning quvvatiga tayanadi. Toʻgʻrirogʻi u iymoniy muhitdan oʻz manfaati yoʻlida foydalanadi.

AQSh Angliyaparast genirallardan Turklar yetakchiligini tortib olgan edi. Soʻng Edagonni taxtga olib kelib, musulmonlarning iymoniy tuygʻularidan foydalangan holda, populistik boʻlsa ham, islomiy yoʻnalishlar tomon harakatlanish bilan iymoniy muhitni kuchaytirib oldi. Keyin bir necha oʻnlagan inglizparast genirallarni lavozimlaridan chetlatib qamab yuborgan edi.

Genirallar oʻz davrida Turk millatining negizi boʻlgan barcha islomiy qadriyatlariga qarshi juda koʻp zulmlar bilan xalqni boshqargan. Shu sababli Turkiya xalqi harbiylarni hokimiyatga qaytishlarini istamaydi Lekin kufrning maqsadi Turkiyada ham Suriyadagi holatni paydo qilish boʻlsa, qoʻzgʻalonchi harbiylarni bir makonga toʻplab, IShID singari yana bir guruh yasash orqali, ularni saqlab turadi. Saddam Husayndan keyingi harbiylarning holatini eslang. Ular atayin koʻchada sarson hollarida tashlab qoʻyilgan edi. Soʻng ular bir makonga birlashishdi va harbiy armiya singari shu kungacha saqlab turilipti.

Lekin Turkiyada boshqacharoq. Bu yerda Islom bilan kufr oʻrtasidagi harakatdan koʻra koʻproq AQSh bilan Angliyaning manfaatlari oʻrtasidagi tortishuvlar kuzatilayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.