Dinini dunyo evaziga sotish

540
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

Dinini dunyo evaziga sotish

Muborak Ramazonni oʻttizinchi kunini qazo boʻlishiga va “iydi Ramazon”ni vaqtida oʻqilmasligiga kufr majbur qildi. Muftiyot oʻzlari uchun: “agar davlatlar oyni aniqlashda ixtilofga borishsa, u holda davlatinga itoat qil”, degan, “Ummatlarni parchalashda masʼullarni sotib olish” sahihida ikki “shayx” Sayks(Britaniyalik) va Piko(Frantsiyalik)lar rivoyat qilgan va uni sanadida Lavrons arab(Britaniyalik ofitser) ham bor – vaholanki u mustamlakachilarni siqot(ishonchli “roviylari”)laridan va bu “hadis”ni saroy ulamolari sahih degan –  “hadis”ni asos qilib, kufrni rejasini amalga oshirishdi. Endi shu yoʻllanma: “Ummatlarni parchalashda masʼullarni sotib olish”  asosida ayollar kiyimi bilan ham Ummatni birligi bilinib qolmaslikka zoʻr berib urinishmoqda. Qolganlar ularni bahona qilib, Rosululloh(s.a.v)ning hadislari ortga uloqtirish odatiy hol boʻlmoqda.

Sahoba(r.a)lar Rosululloh(s.a.v)ni yaxshi koʻrishlarini uning soʻzlariga – hadislariga – amal qilish bilan isbotlashganlar. Bunga Abu Bakr(r.a) bosh boʻlgan. Endilikda biz Abu Bakr(r.a)dek insonlarga juda muhtojmiz: Abu Hurayra(r.a) aytadi: Yagona iloh boʻlgan Zotga qasamki, agar Abu Bakr xalifa boʻlmaganida Allohga ibodat qilinmay qoʻyilardi va shu soʻzlarini ikkinchi va uchunchi bor takrorladi. Shunda toʻhta, ey Abu Hurayra… deganda javob berib, quydagilarni aytdi: Rosululloh(s.a.v) Usoma binZayt(r.a)ni yetti yuz lashkar bilan Shomga junatdi. Zul Xabash degan joyga yetganida Nabiy(s.a.v) vafot qildilar. Madina atrofidagi arablar murtad boʻlishdi. Shunda Abu Bakr(r.a)ning oldiga Rosululloh(s.a.v)ning ashoblari toʻplanishab, bularni qaytar, ularni Rumga junat, Madina atrofidagi arablar murtad boʻlishdi deb qolishdi. Shunda Yagona iloh boʻlgan Zotga qasamki, agar Nabiy(s.a.v)ning ayollarining oyoqlaridan itlar sudurayotgan boʻlsa ham Rosululloh(s.a.v) joʻnatgan armiyani qaytarmayman va U bogʻlagan bayroqni yechmayman dedida, Usomani joʻnatdi. Murtad boʻlishni xohlab turgan qabilalarni oldidan oʻtib borardi. Ammo ular; bularni kuchi boʻlmaganda buncha qoʻshinni chiqarolmasdi, lekin tek qoʻyaylikchi, Rum bilan toʻqnashganda nima boʻlishar ekan deb qolishdi. Ularga yoʻliqib, ularni yengishdi va oʻldirishdi. Salomat qaytib kelishdi. Hamma Islomda sobit boʻlib qolishdi. (Bayhaqiy rivoyati).

Ozgina fikr qilib koʻraylik; Rosululloh(s.a.v)ning ayollari hamma “moʻminlarning onalari”, ularni itlardan qutqarish uchun jaysh zarur boʻlsa ham, Rosululloh(s.a.v)ning soʻzini buzmayman, jayshni qaytarmayman deyishida Abu Bakr(r.a) qalbi qattiq inson boʻlganmi ?! yoʻq, Rosululloh(s.a.v)ning oʻzlari; “sizning qalbingiz Iyso(a.s) va Ibrohim(a.s)larnikidek yumshoq” degan ediku. Yoki shunchaki aytib qoʻyganmi ?! yoʻq, Abu Bakr(r.a)ni Rosululloh(s.a.v) “siddiq”, yaʼni doimo rost soʻzlaguvchi deb sifatlaganku.

Ha, Abu Bakr(r.a) Islomni nemat deb qalb – qalbidan ishongan edi, har bir hadisni bandalar uchun neʼmat va Alloh Taoloning rahmati deb bilgan edi. Shuning uchun ulardan biri boʻlgan oʻzi qizi Oisha(r.a)ni itlar talab yuborishi ham Rozululloh(s.a.v)ning hadislarini ortga surishdan yengilroq deb bilgan edi va bu juda kuchlik siyosat boʻldi, Ummatni murtadlikdan saqlab qoldi. Biz nima qildik, Paygʻambarimiz(s.a.v): “Oyni koʻrib roʻza tutinglar, oyni koʻrib roʻzadan chiqinglar. Agar oy koʻrinmasa, Shaʼbonni oʻttiz kun qilib toʻliq oʻtkazinglar” – degan (Muttafaqun alayhi) hadislarini bilib turib, bir necha kun avval “iydi Ramazon” belgilandi va oʻttizinchi roʻzani koʻpchilik hayt namoz oʻqigan holda tutishdi.

Mustamlakachi kofirlar bizni yurtlarimizni boʻlib tashlashda, ularni yana birlashib qolishini toʻsish maqsadida demokratiyadan foydalashdi, hatto oʻz tushunchalariga zid boʻlsa ham uni roʻkach qilishda davom etmoqdalar. Demokratiya koʻz oʻngimizda, boyliklarimizni talon-taroj qilmoqda, opa-singillarimizni or-nomuslarini toptamoqda, qanchadan qancha begunoh chaqaloqlarning oʻlimiga sabab boʻldi… Yigitlarimizni hezalak qilishga xarakat qilishmoqda. Bular yetmaganidek ibodatlarimizni ham risoladagidek qilishimizga imkon berishmayapti. Endi jilbobga osilishni boshlashdi. Imom Buxoriy Oisha(r.a)dan rivoyat qiladi:

“يَرْحَمُ اللَّهُ نِسَاءَ الْمُهَاجِرَاتِ الْأُوَلَ, لَمَّا أَنْزَلَ اللَّهُ }وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَى جُيُوبِهِنَّ{ شَقَّقْنَ مُرُوطَهُنَّ فَاخْتَمَرْنَ بِهَا”

“Dastlabki muhojir ayollarni Alloh rahmatiga olsin, ular Alloh Taoloning “Koʻkraklarini roʻmollari bilan toʻssinlar”, [24:31] oyati nozil boʻlishi bilan choponlarini qirqib, roʻmol qilib oldilar”.

Abu Dovud Shaybaning qizi Safiyyadan, u Oisha(r.a)dan rivoyat qiladi:

“أَنَّهَا ذَكَرَتْ نِسَاءَ الْأَنْصَارِ فَأَثْنَتْ عَلَيْهِنَّ وَقَالَتْ لَهُنَّ مَعْرُوفًا, وَقَالَتْ لَمَّا نَزَلَتْ سُورَةُ النُّورِ عَمِدْنَ إِلَى حُجُوزٍ فَشَقَقْنَهُنَّ فَاتَّخَذْنَهُ خُمُرًا”

“Oisha(r.a) ansor ayollarini esga olib, ularni maqtab, ular haqida iliq gaplar aytib: ““Nur” surasi nozil boʻlganida etaklarini qirqib, roʻmol qilib olgandilar”, dedilar”. Ustini yopib, koʻchaga chiqish arablarni yoki pokistonliklarni kiyimi emas, balki Alloh Taolo nozil qilgan farz boʻlib, “arab ayollari” ham “Nur” surasi nozil boʻlgandan boshlab yopinishni bolashgan. Ular oyatdan qora kiyimni tushunib, unga amal qilishgan boʻlsa, biz nimaga uni buzib: “qora boʻlmaslik kerak” deb manь qilamiz?! Ummu Salama(r.a)dan rivoyat qilingan hadisda: -“ ushbu { يُدْنِينَ عَلَيْهِنَّ مِنْ جَلابِيبِهِنَّ} “jilboblarini ustilariga uzun qilsinlar” oyat nozil boʻlganda ansoriya ayollar tinchlikda, goʻyo boshlarida qargʻalar bordek va ustilarida qora kiyimlarni kiyib koʻchaga chiqishar edi”- degan. (Abdu Razzoq rivoyati). Lekin bu arablarniki, pokistonliklarniki deyish faqat mustamlakachi kofirlarning “Sayks-Piko” shartnomasidan kelib chiqqan, “Ummatlarni parchalashda masʼullarni sotib olish”  bitimiga rozi boʻlgan xoinlarning belgilari xolos. Biz sizlarga Alloh Taoloning ushbu oyatini eslatamiz:

مَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلاَّ لَعِبٌ وَلَهْوٌ وَلَلدَّارُ الآخِرَةُ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ أَفَلاَ تَعْقِلُونَ

– ”Bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) oʻyin-kulgidir, xolos. Albatta, Allohdan qoʻrqadigan kishilar uchun oxirat diyori yaxshiroqdir. Aql yurgizmaysizlarmi?!“ [6:32]

Yana:

وَذَكِّرْ فَإِنَّ الذِّكْرَى تَنفَعُ الْمُؤْمِنِينَ

– “Va eslatib qoʻying! Zero, eslatma   moʻminlarga naf yetkazur”. [51:55]

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.