Amerikada irqchilik mojarosi kuchaymoqda

500
0

Amerikada irqchilik mojarosi kuchaymoqda

AQSh politsiyasi qisqa muddat ichida yuzlagan qora tanli insonlarni otib oʻldirdi. Vashington Post gazetasining politsiya zoʻravonliklari haqida tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, 2016-yilda politsiya tomonidan oʻldirilgan qora tanli insonlarning soni 505 taga yetgan.

Soʻnggi uch kunda qurolsiz boʻlishiga qaramay, ikki qora tanli shaxsning politsiya tomonidan otib oʻldirilishi mamlakatdagi qora tanlilarning qoʻzgʻalishiga turtki boʻldi. Ayniqsa, politsiyachilar tarafidan qora tanlilarning otib oʻldirayotgani tasvirlangan ikki videoning internet orqali tarqalishi ortidan politsiyaga qarshi kuchli namoyishlar toʻlqini yuzaga kelgan. Tasvirdan politsiya xodimlari hech qanday quroli boʻlmagan qora tanlilarga ketma-ket oʻq uzib oʻldirganligini va haqorat qilib soʻkkanligini koʻrish mumkin. Gʻazabnnok namoyishchilar orasiga kirib olgan baʼzi qurolli shaxslar politsiyachilarga oʻt ochishi natijasida besh politsiya xodimi ham halok boʻlgani aytilmoqda.

Adliya vazirligi noroziliklarga sabab boʻlayotgan voqea yuzasidan tergov boshladi. Hukumat rasmiylari hodisa yuzasidan tergov boshlanganligini va oʻt ochgan politsiya xodimi majburiy istefoga chiqarilganligini eʼlon qildi.

Oq tanli politsiya xodimlarining qora tanlilarga qarshi salbiy munosabatiga qurolli qarshilik koʻrsatilishi natijasida mamlakatda “fuqarolar urushi” chiqib ketishi haqida xavotirlar tugʻilmoqda. Nьyu-York Post gazetasi ham mazkur qarshilik harakatlarini “fuqarolar urushi” deb taʼrifladi.

Politsiya tarafidan qora tanli shaxslarning oʻldirilishi yuzasidan Facebook tarmogʻi orqali oʻz munosabatini bildirgan AQSh prezidenti Barak Obama xavfsizlik kuchlarini voqealarga doir adolatli tergov qobiliyatiga ishonishligini taʼkidladi. Obama politsiya zoʻravonligining “jiddiy muammo” ekanligiga ishora qilar ekan, bu adliya tizimidagi umumiy muammoning bir qismi boʻlgani kabi, xavfsizlik kuchlari oʻzlari xizmat qilayotgan jamiyat orasida ishonchga ega emasligini koʻrsatishini qoʻshimcha qildi. Biroq, Obamaga koʻra, uning bu muammolarni tilga olishi oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyyayotgan politsiya xodimlariga nisbatan hurmatiga zid kelmaydi.

“Bu faqat qora tanlilarning muammosi emas, bu faqat lotin amerikaliklarning ham muammosi emas. Bu barchamiz oʻylab koʻrish kerak boʻlgan barcha amerikaliklarning muammosidir”, dedi NATO sammitida ishtirok etish uchun Polshaga borgan prezident Obama.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi inson huquqlari Ombudsmani Konstantin Dolgov yuqoridagi qotilliklar Dallasda yuz bergan fojiada bir qancha qora tanlilarni oʻldirgan politsiyachilarga jazo berilmaganing natijasi ekanligini olgʻa surdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.