Qirg’iziston prezidenti Almaz Atambaev mamlakatning qurolli kuchlarini yangilash masalasini Jalolobod viloyatining Olabuqa tumanidagi yangi harbiy qismni ochayotib ma’lum qildi, deya xabar qiladi ca-news axborot agentligi.
Olabuqada Mudofaa vazirligining zamonaviy infratuzilmaga ega harbiy qismining ochilish marosimida ishtirok etgan Qirg’iz prezidenti Almaz Atambaev “Bizga professional hamda to’liq ta’minlangan armiya kerak. Mamlakat armiyani zamonbop texnika bilan ta’minlashi zarur”, – dedi.
Bundan tashqari, harbiy bilim berish sifatini yaxshilash masalasi dolzarb. Biz sifatli ta’lim bergan, bilim berishga jon dili bilan kirishgan, harbiy o’quv yurtlarida ters ko’rinishlarga befarq qaramagan ofitserlarni qo’llashimiz lozim, deb qo’shimcha qildi prezident.
Turkiston:
Nixoyat Atambaev xam Rossiya bilan gaplashish uslubini tushuna boshladi shekilli. Umuman xalqaro siyosatda, biror davlat ikkinchisi bilan birodarona muomila qilishi mumkin emas. Ularning muomilalari faqat manfaat asosiga qurilgan bo’lishi muqarrar. Bu manfaat, mafkuraviy, xarbiy, iqtisodiy va siyosiy shulardan biriga ta’luqli bo’lishi aniq.
Atambaev xam xozirda juda qiyin axvolda turibdi. Rossiya uni bojxona ittifoqiga kirishga majburlayabdi, bu esa o’z navbatida Gansi bazasini chiqarib yuborish majburiyati yuklaydi. Gansini chiqarib yuborish xam Qirg’iziston zimmasida bo’lganidan, AQShtomoni xam Atambaevga nisbatan biror iflos chora ko’rishi aniq.
Shuning uchun bularni o’rtalarida o’zini tanlash xuquqi borligidan, ya’ni Qirgiziston manfaatlaridan turib, ikkovining takliflaridan manfaatlirog’ini tanlashda Qirg’iz siyosiy elitasining barchasi bilan xamkorlikda ish olib borishi lozim. Toki bu echim Qirg’iz siyosiy doirasining echimi bo’lib, Atambaevning faqat o’zini yuqoridagi katta davlatlar tanqid qila olishmasin. Xozirda Qirgiz armiyasini yangilash yoki modrnizatsiya (tubdan almashtirish) masalasini ko’tarish lozim. Chunki AQShning shu masaladagi taklifi xali xam kuchda turibdi. AQSh O’zbekistonni taminlagani singari Qirg’izistonni xam ta’minlay oladi. Putinni o’ziga aka qilib, bir cho’qqiga uning nomini berish bilan masala xal bo’ldi deb o’ylash, bu xom xayol edi.