Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining iste‘foga chiqishi sabablari

482
0
Turkey's Foreign Minister Ahmet Davutoglu addresses the media in Ankara in this June 13, 2013 file photo. Davutoglu said Syria's worsening war now posed a danger to all countries because President Bashar al-Assad's government had been allowed to continue its "crimes" while jihadists from around the world flooded in to fight him. To match Interview SYRIA-CRISIS/TURKEY REUTERS/Umit Bektas/Files (TURKEY - Tags: POLITICS PROFILE)

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining iste‘foga chiqishi sabablari va bu sabablarning omillari

Savol: Axborot vositalarida Dovudo‘g‘lining Erdogan tomonidan majburan iste‘foga chiqarilgani mavzusini muhokama qilish davom etmoqda. Ba‘zilar bunga sabab Dovudo‘g‘lining prezidentlik nizomi mavzusini zo‘r berib qo‘llab-quvvatlamagani bo‘ldi, deb aytayotgan bo‘lsa, ba‘zilar Dovudo‘g‘li Yevropa Ittifoqi bilan qochqinlarning Yevropaga oqib borayotgani mavzusi bo‘yicha bo‘lgan muzokaralarda toyganligi bo‘ldi, degan fikrni aytmoqda… Iltimos shu ishni yoritib bersangiz. Dovudo‘g‘li 14 yil davomida Erdogandan ajralmagan ekan va unga yaqinlardan biri bo‘lib kelgan ekan nega u bunchalik tez iste‘foga chiqdi balki iste‘foga chiqarildi? Iltimos shuni yoritib bersangiz. Buning uchun sizga ko‘p tashakkur bildiraman.

Javob: Bu iste‘foning yoki iste‘foga chiqarishning shart-sharoitlarini hamda yuzaga kelgan vaziyatlarni ko‘zdan kechirib o‘rganib chiqish sabablarni va bu sabablar omillarini ko‘rsatib beradi. Shuning uchun bu ish quyidagichadir:

1 –          Nafaqat Erdoganning bosh vazirlik davrini, balki Dovudo‘g‘li bosh vazirligining birinchi yilini kuzatgan kishi prezident Erdogan bilan uning safdoshi Dovudo‘g‘li o‘rtasida katta farq yo‘qligini kuzatadi. Chunki bu ikkilik Adolat va Taraqqiyot partiyasi boshqarayotgan Turkiyadagi siyosiy nizom ramzlaridan biri bo‘lib keldi. Garchi Erdogan shaxsiyati boshliq bo‘lishni, mas‘uliyat va boshqarish ruhini yaxshi ko‘rish jihatidan Dovudo‘g‘li shaxsiyatidan ko‘p darajada ustun bo‘lsa ham… Dovudo‘g‘li o‘zining mansabda turgan yillari davomida Erdoganga hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi. 2003-2009 yillarda Erdoganning maslahatchisi bo‘lib turgan paytda ham, 2009-2014 yillarda tashqi ishlar vaziri mansabini egallab turgan paytda ham, 2015 yil iyunda hukumat boshlig‘i bo‘lgan paytda ham Erdogan bilan hech qanday qarama-qarshilikka kirishmadi. Lekin Erdoganning shaxsiyati amaldagi konstitutsiyada ko‘rsatilgan ramziy mansabga rozi bo‘lmaydi. Shuning uchun u prezidentni davlatdagi birinchi kishiga aylantiradigan yangi konstitutsiyani tasdiqlatish uchun qulay fursatni kutayotgan edi. Lekin Adolat va Taraqqiyot partiyasi 2015 yildagi saylovlarda o‘zi odatlanib qolgan mutlaq ko‘pchilikning ovozini ololmadi. Bu muvaffaqiyatsizlik Erdoganga konstitutsiyani o‘zi zo‘r berib istayotgan prezidentlik nizomiga o‘zgartirish imkonini bermadi. Shundan keyin u ko‘proq ovoz olish ilinjida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga chaqirdi…

2 –          2015 yildagi ana shu saylovlardan keyin Dovudo‘g‘li tomonidan ikki ish ko‘zga tashlandi. Bu ikki ishdan Erdogan tashvishga tushib qoldi:

Birinchi ish: Dovudo‘g‘li prezidentlik nizomini Erdogan istagandek zo‘r berib kuchli qo‘llab-quvvatlamadi. Bu ayniqsa Dovudo‘g‘lining 2015 yil iyundagi saylovlardan keyin bergan izoh-sharhlarida ko‘zga tashlanib turibdi. Chunki u bir teleprogrammada “Biz prezidentlik nizomiga o‘tishni istagan edik, lekin xalq bizga bunday huquqni bermadi. Bu yerda hozirgi vaqtda yangi ish tartibi bor, shu ish tartibini hamma e‘tiborga olishi zarur” dedi. (Milliet 2015 yil 11 iyun). Bu esa Erdoganni tashvishga solib qo‘ydi. Chunki bu izoh-sharh xalq Erdoganni prezidentlik nizomi mavzusida qo‘llab-quvvatlamayotganini ko‘rsatib bergan edi. Holbuki Erdogan o‘zining xalq tomonidan saylanganini va bu xalq uning fikr-qarashlarini (bu fikr-qarashlarning eng ko‘zga ko‘ringani esa prezidentlik nizomi edi) qo‘llab-quvvatlayotganini zo‘r berib ta‘kidlab kelayotgan edi!

Ikkinchisi: Dovudo‘g‘lining Yevropa Ittifoqi bilan qochqinlarning Yevropaga oqib borayotgani to‘g‘risida olib borilgan muzokaralarda toyilganligi va muzokaralar chog‘ida Dovudo‘g‘lini qurshab turgan vaziyat hamda Yevropaning Dovudo‘g‘liga uning borishi-jo‘nab ketishi chog‘ida bergan ahamiyati. Hatto axborot vositalaridagi ba‘zi siyosiy tahlillarda Turkiyaning Amerikadan yiroqlashishi evaziga Turkiya bilan Yevropaning o‘zaro kuchli yaqinlashuvi kuzatilayotgani ko‘rsatib o‘tilgan edi! Bularning barchasiga sabab ana shu muzokaralarning Dovudo‘g‘li bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro fikr uyg‘unligi bilan borganligi bo‘ldi. Bu hol Erdoganda va uning ortida turgan Amerikada xavotir uyg‘otdi. Erdogan va Amerika Dovudo‘g‘liga Yevropa o‘z ta‘sirini o‘tkazishi mumkinligidan xavotirga tushib qoldi. Ayniqsa Dovudo‘g‘li Erdogan kabi siyosiy ayyor bo‘lmay, balki siyosiy ongda soddalikka yaqinroq bo‘lgani uchun siyosiy tulki bo‘lgan Yevropa uning ishonchiga osongina kirib olishi yoki loaqal uning do‘stligini qozonishi mumkin edi! Erdogan va uning ortida turgan Amerika shundan tashvishga tushib qoldi… Shunday qilib demak Yevropa Dovudo‘g‘lini – loaqal uning do‘stligini qozonib bu do‘stlikdan boshqa maqsadlar uchun foydalanish uchun – aldashga urindi… Erdogan va uning ortida turgan Amerika esa Yevropa uchun Turkiyaga – hatto ularning tushunchasidagi shunchaki do‘stlik bilan bo‘lsa ham – bir suqilib kirib kelish tuynugi bo‘lishini istamaydi!

3 –          Birinchi ishga kelsak, u Erdoganni tashvishga solgan edi, lekin u Erdoganga – uni o‘zining yaqinlaridan biri bo‘lgan Dovudo‘g‘lini mana shunday xorlash ko‘rinishida iste‘foga chiqarishga majbur qiladigan – xatarni tug‘dirmagan edi… Dovudo‘g‘lining saylovlar haqida yuqorida aytilgan tarzda izoh berganligiga sabab saylov natijalari Adolat va Taraqqiyot partiyasining ovozlardan prezidentlik nizomini o‘rnatish imkonini beradigan uchdan ikki qismini olishga erishishiga olib kelmaganligi edi. Hatto uning mana shu izohi nishonga olingan bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham uni tinchlik bilan hal qilish mumkin edi. Chunki Dovudo‘g‘li keyinchalik unga zid bo‘lgan gaplarni ham aytgan edi…

Lekin uzil-kesil qarorga kelishni va Dovudo‘g‘lini mana shu tarzda iste‘foga chiqarishni talab qilgan narsa ikkinchi ish va Erdoganning orqasida turgan Amerika bo‘lganligi ko‘rinib turibdi. Yevropa bilan yaqinlashmoqchi bo‘ladigan siyosatchilarga saboq bo‘lishi uchun Dovudo‘g‘lini shu tarzda iste‘foga chiqarildi. Aslida Dovudo‘g‘li Yevropa chizgan chiziqdan yurmagan edi, u hatto yevropaliklar bilan yaqinlashmagan ham edi. U faqat ular bilan bir oz do‘stona tarzda muzokara olib borgan va Erdoganga o‘xshab Yevropaga qarshi otashin so‘zlarni aytmagan edi, xolos. Natijada Dovudo‘g‘lining taqdiri shunday bo‘ldi!

Endi yuqorida aytib o‘tilgan ikkinchi ishning shu iste‘foga chiqarish ortida turganligini ko‘rsatuvchi dalillarga kelsak ular quyidagilardir:

  1. a) Erdogan 2016 yil 1 aprelda Amerikadan qaytganidan keyin shu ish choralariga kirishdi. U Amerikada Obama bilan uchrashdi. Ana shundan keyin Erdogan qaytib kelib mana shu choralarni ko‘rishga kirishdi! Bu hol bizga Obamaning 2015 yil 30 sentyabrda Putin bilan uchrashganini eslatadi. O‘shanda Putin qaytib kelib Suriyaga havo hujumi bilan aralashishini e‘lon qilgan edi! Shunday qilib demak Obamaning Erdogan bilan uchrashgani, shundan keyin Erdogan qaytib kelib Dovudo‘g‘lini iste‘foga chiqarish choralarini ko‘ra boshlaganligi, bularning barchasi bu ishda Amerikaning roli (qo‘li) borligini ko‘rsatib turibdi. Amerika bu bilan Yevropaning Turkiyaga suqilib kirishining har qanday ehtimolini yo‘q qilmoqchi bo‘ldi. Bundan Amerikaning maqsadi Turkiyadagi nufuz faqat Amerika siyosatiniki bo‘lib qolaverishidir!
  2. b) Erdoganning Dovudo‘g‘lini iste‘foga chiqarish to‘g‘risida ko‘rgan choralari Yevropa Ittifoqi bilan olib borilgan muzokaralar deyarli nihoyasiga yetay deb qolgan paytda cho‘qqisiga chiqdi! Masalan “Dorul hayot” sayti 2016 yil 22 mayda quyidagi xabarni tarqatdi: “Bu qaror Turkiya uchun Yevropa Ittifoqi bilan o‘ta ahamiyatli kelishuv tuzilgani haqida 4 mayda Bryusseldan “sevinchli” xabarlar kelganidan keyinoq va Yevro komissiyaning Turkiya bir necha yillardan beri talab qilib kelayotgan narsaga – ya‘ni turklarning Yevropa Ittifoqidagi shengen zonasiga kirishlari uchun viza olishlari kerakligi haqidagi shartni bekor qilishga – rozilik bergani e‘lon qilinganidan keyinoq qabul qilindi. Erdogan va Dovudo‘g‘li buni bayram qilib nishonlash o‘rniga turk prezidenti o‘zining bosh vazirini chaqirib olib u bilan uchrashdi. Bu uchrashuv faqat ikkalasi o‘rtasidagina bo‘ldi va bir yarim soat davom etdi. Uchrashuv nihoyasida Dovudo‘g‘lining Erdogan komandasidan chiqish niyatida ekanligi e‘lon qilindi. Bu esa amaliy tarzda ikkalasi o‘rtasida eng kamida o‘n yil davom etgan mustahkam aloqaning darz ketganini anglatadi. Dovudo‘g‘li partiya konferentsiyasining birinchi favqulodda yig‘inida Adolat va Taraqqiyot partiyasining raisi etib bir ovozdan saylangan edi va Erdogandan keyin Turkiyaning 62 chi hukumat boshlig‘i bo‘lgan edi. U saylangandan keyingi lahzalardan boshlaboq davlat boshlig‘ining uning ishiga aralashayotgani alomatlari ko‘zga tashlangan edi. Chunki Dovudo‘g‘li Erdogandan mamlakatning tashqi va regional siyosatini ishlab chiqish to‘g‘risida hokim partiyaning ichki kanallari orqali ko‘rsatmalar ola boshlagan edi…”.

Dovudo‘g‘li Erdogan bilan 4 may chorshanba kuni bir yarim soatdan ko‘proq davom etgan uchrashuvidan keyin 2016 yil 5 mayda o‘zi o‘tkazgan matbuot konferentsiyasida (o‘zining o‘z mansabidan Adolat va Taraqqiyot partiyasi hozirgi oyning oxirrog‘ida o‘tkazadigan favqulodda konferentsiyada ketishini e‘lon qildi. U qo‘shimcha qilib o‘zining bu qarori “shaxsiy tanlov natijasi emas, balki zarurat yuzasidan bo‘lganini aytdi. U “men hokim partiya birligini saqlab qolish uchun partiya raisini o‘zgartirish maqsadga muvofiqroqdir degan qarorga keldim, men 22 may konferentsiyasida nomzod ko‘rsatish fikrida emasman” deb qo‘shimcha ham qildi. skynewsarabia 2016 yil 5 may).

4 –          Erdogan bu iste‘foga chiqarish qarorini qabul qilishga quyidagi qadamlar bilan zamin tayyorladi:

  1. a) Dovudo‘g‘lining Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi sifatida regionlardagi partiya mas‘ullarini tayinlash (salohiyati) 2016 yil 29 may juma kuni tortib olindi. Reyter 2016 yil 2 mayda quyidagilarni bildirdi: (Juma kuni Adolat va Taraqqiyot partiyasining ijroiy komissiyasi yig‘ini chog‘ida tashlangan qadam Turkiyada ijroiy salohiyatlarga ega prezidentlik boshqaruvi bo‘lishini istayotgan odam, ya‘ni Erdogan bilan parlament nizomi o‘zgartirilgan taqdirda salohiyatlari cheklanadigan odam, ya‘ni Dovudo‘g‘li o‘rtasidagi aloqa taranglashganini ko‘rsatuvchi eng kuchli dalillardan biridir…).
  2. b) 1 mayda, ya‘ni Dovudo‘g‘lining mansabdan ketishidan atigi to‘rt kun oldin va partiya markaziy kengashi yig‘inidan ikki kun keyin internet tarmog‘ida “pelikan dosьesi” (pelican dosyasi) nomli manbasi va kim tomonidan ekanligi no‘malum bir dosьe paydo bo‘lib qoldi. U to Dovudo‘g‘li o‘z qarorini e‘lon qilguniga qadar Turkiyadagi siyosiy va axborot doiralar tilidan tushmay qoldi.

Bu dosьega nom qo‘yilmagan va uning manbai ko‘rsatilmagan. Uning manbaini faqat muqaddimasi orqali bilib olish mumkin, xolos. Muqaddimada o‘quvchilardan uni “prezident huzuriga ruhlari bilan kelayotgan kishilar” tomonidan qilingan “faryod” deb hisoblash talab qilingan. Dosьedagi asosiy fikr bosh vazir Dovudo‘g‘lining – uni dosьeda “xo‘jam” ya‘ni ustoz degan ism bilan ko‘rsatilgan – prezident Erdogan chizgan chiziqdan va “uning xiyonati”dan chiqib, unga qarshi inqilob (to‘ntarish) yasashga qaror qilganligini isbotlashga urinish haqida boradi. Dosьeda bunga bir necha hodisalarni va ochiq-oshkor yoki parda ortida yoki telefonda aytilgan gap-so‘zlarni keltirish orqali dalil keltirishga urinilgan. Dosьeda keltirilishicha, Erdogan Dovudo‘g‘lidan prezidentlik nizomini qo‘llab-quvvatlash va “o‘ziga qarshi G‘arbning to‘ntarish yasashga bo‘lgan urinishlari”dan o‘zini himoya qilish haqida va‘da olgan. Dosьeda ta‘kidlanishicha Dovudo‘g‘li va‘dasiga vafo qilmagan. Dosьeda Dovudo‘g‘lining ko‘pgina xilof ishlari haqida ham so‘z boradi. Bu dosьeda hech qanday ishonchli “hujjat” keltirilmaganiga qaramay u keng tarqaldi va Dovudo‘g‘li haqida shov-shuv ko‘tardi, uni xunuk qilib ko‘rsatdi… Bu dosьeda kelgan narsalar haqida chuqur nazar tashlab fikr yuritilsa uning ortida Erdoganga yaqin doiradagilar turganligi ehtimoli kuchliroq ekanligi ko‘rinadi.

  1. v) Erdoganning yugurdaklari mana shu yo‘nalishga xizmat qiladigan gaplarni tinimsiz aytishmoqda. Masalan Erdoganga yaqin kishilardan biri, parlament spikeri Ismoil Kahramon “Ikki haydovchi boshqaradigan avtomashina hodisa (avariya)lardan saqlana olmaydi” deb ta‘kidladi. (http://www.france24.com/ar/2016.05.05). Aslida ular hech shubhasiz Dovudo‘g‘lining faqat “haydovchi” yonida o‘tirib kelganini juda yaxshi bilishadi!

5 –          Kutilganidek 2016 yil 22 mayda Adolat va Taraqqiyot partiyasining konferentsiyasi o‘tkazildi. Ya‘ni shoshilinch o‘tkazildi. Unda Benali Yildirim partiya raisi etib saylandi. Shundan keyin Dovudo‘g‘li hukumat boshlig‘i mansabidan iste‘foga chiqqanini bildirdi va Erdogan partiyaning yangi raisi bo‘lgan o‘zining malayiga yangi hukumatni tuzishni taklif qildi… Hukumat ham 2016 yil 23 mayda shosha-pisha tuzildi. (Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan chorshanba kuni yangi hukumatning ijroiy hokimiyat ustidan nazoratni mustahkamlashga prezidentning qat‘iy ahd qilganini oldindan tasdiqlab qo‘ygan birinchi yig‘iniga raislik qildi. Ayni paytda muxolafat prezidentga kengroq salohiyatlar berilgudek bo‘lsa tartibsizliklar kelib chiqishidan ogohlantirdi. Yangi bosh vazir o‘z mansabini egallashi bilanoq Amerika va frantsuz modeliga o‘xshash prezidentlik sistemasini qabul qilish uchun tezlik bilan “o‘zining imkoniyatidagi barcha narsani qilishi” to‘g‘risida va‘da berdi. Arabiyya: 2016 yil 25 may). “Turk Press” esa 2016 yil 24 mayda o‘zining saytida quyidagilarni tarqatdi: (Adolat va Taraqqiyot partiyasi raisi Benali Yildirim o‘zining o‘tmishdoshi Ahmad Dovudo‘g‘lidan bosh vazirlik vazifalarini rasman qabul qilib oldi. Bu marosim Chankaya qasrida Yildirim yangi hukumat tarkibini e‘lon qilganidan keyinoq o‘tkazildi. Dovudo‘g‘li qasrni yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan yig‘indan keyinoq o‘zining xususiy avtomashinasida tark etdi. 30 daqiqa davom etgan ana shu yig‘inda u o‘zining vazifalarini Yildirimga topshirdi. O‘sha kuni Benali Yildirim yangi hukumat a‘zolari ro‘yxatini e‘lon qildi. Bundan oldin u bu ro‘yxatni turk prezidenti Erdoganga ko‘rsatib uning roziligini oldi. Shundan keyin u bosh vazir sifatida partiya bilan o‘zining birinchi yig‘inini o‘tkazish uchun Adolat va Taraqqiyot partiyasi qarorgohiga o‘tdi…).

Adolat va Taraqqiyot partiyasining favqulodda konferentsiyasida bu partiyaning haqiqiy raisi Erdogan ekanligi ko‘rinib qoldi. Chunki Benali Yildirim Erdoganga ko‘proq sodiq bo‘lgani uchun u Erdoganning birlamchi maqsadlarini darhol amalga oshiradi. Shuning uchun ham u Adolat va Taraqqiyot partiyasi raisi etib saylandi. Benali Yildirim favqulodda konferentsiyada so‘zlagan nutqida prezidentlik nizomining muvofiq nizom ekanligini ta‘kidladi va bu partiyaning boshlig‘i Erdogan ekanligini aytdi. Yildirim Adolat va Taraqqiyot partiyasining yo‘li Erdoganning yo‘li ekanini ham ta‘kidladi.

6 –          Shunday qilib demak Dovudo‘g‘lini iste‘foga chiqarishdagi ehtimol tutilgan kuchliroq sabab hozirgina aytib o‘tganimizdek uning qochqinlarning Yevropaga oqib borayotgani haqida Yevropa Ittifoqi bilan olib borilgan muzokaralarda toyilganligi, bu muzokaralar chog‘ida uni qurshab turgan vaziyat va Yevropaning unga uning borib-kelishida bergan ahamiyatidir… Buni Amerika, Yevropa va Erdogan tomonidan berilgan shunga aloqador bayonotlar tasdiqlab turibdi. Bu bayonotlar quyidagilardir:

  1. a) Amerika bergan bayonotlarga kelsak, (AQSh davlat departamenti voizi Mark Toner payshanba kuni Qo‘shma Shtatlar Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining iste‘fo berganini Turkiyaning ichki ishi deb hisoblashini bildirdi. Rossiyaning Sputnik agentligi 2016 yil 5 may). Ya‘ni Amerika buni rozilik bilan qabul qildi!
  2. b) Evropaning bayonotlari esa qattiq ohangda bo‘ldi. Chunki Britaniya matbuoti bu voqeani “qasrdagi to‘ntarish” deb atab, bosh vazir Dovudo‘g‘lini himoya qila boshladi. Masalan Al-Jazira net 2016 yil 1 mayda quyidagilarni tarqatdi: (Bugun Britaniya gazetalari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan bilan bosh vazir Ahmad Dovudo‘g‘li o‘rtasidagi kelishmovchilik haqidagi sarlavhalar bilan to‘lib-toshdi. Masalan Faynenshl Taymsning yozishicha, turk hukumatidagi kurash Turkiyadan Yevropa Ittifoqiga kelayotgan muhojirlar oqimini to‘xtatishga oid tuzilgan asosiy bitimga tahdid tug‘diradigan bo‘ldi. Muhojirlar muammosi bo‘yicha Dovudo‘g‘li nemis kantsleri Angela Merkel bilan shaxsan o‘zi muzokara olib borgan edi. Gazeta prezident Erdogan o‘zining bosh vaziri imzolagan kelishuvni sovuq qabul qilganini va Yevropa Ittifoqiga nisbatan adovat bildirganini ko‘rsatib o‘tdi. Gazeta Yevropa Ittifoqi rasmiylarining turk fuqarolari uchun vizani bekor qilish haqidagi bitim Dovudo‘g‘li bilan Erdoganning o‘rtasini buzishda “tuyaning belini sindirgan bir cho‘p” bo‘ldi deb hisoblashayotganini keltirdi va Dovudo‘g‘lining qulashi Yevrokomissiya kuni kecha imzolangan ana shu bitim bo‘yicha oldinga qadam tashlashni tavsiya qilganidan atigi bir necha soat keyinoq yuz berdi, deb yozdi. Maqolada Erdoganni sulton prezident, “neo islomchi” va Dovudo‘g‘lining ashaddiy dushmani deb ataldi. Maqolada Erdoganda Yevropa Ittifoqiga nisbatan kamroq ijobiy bo‘lgan qarash borligi aytildi…).
  3. v) Erdogan esa Yevropaga hujum qilib uni ikki yuzlamachilikda aybladi. U poytaxt Anqarada so‘zlagan nutqida quyidagilarni aytdi: (“Evropa Ittifoqi bizga terrorchi tashkilotga qarshi kurashingizni kamaytiring demoqchi bo‘lyapti”. Erdogan bu so‘zlari bilan Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK) isyonchilariga qarshi Turkiya olib borayotgan urushga ishora qildi. U qo‘shimcha qilib, Yevropa Ittifoqiga “Sizlar qachondan beri bu mamlakatni boshqaradigan bo‘lib qoldingiz, sizga bu huquqni kim berdi?” degan savolini ham yo‘lladi. Al-Jazira net 2016 yil 12 may). O‘zining oxirgi paytlarda Yevropa Ittifoqiga yo‘llagan eng qattiq tanqidlaridan birida Erdogan bu ittifoqni munofiqlikda ayblab quyidagilarni aytdi: (“Ular o‘zlarini “terrorizmga qarshi kurash”da haq deb o‘ylashyapti, lekin ular bu ish bizga taalluqli bo‘lgan paytda uni nomaqbul “ortiqcha hashamat” ish deb hisoblashmoqda. Kechirasiz ochiq aytay, buni munofiqlik deyiladi”. Al-Jazira 2016 yil 12 may). Al-Jazirada 2016 yil 25 mayda quyidagilar ham keldi: (Erdogan yevropaliklarni o‘z mamlakati fuqarolaridan vizani bekor qilish uchun Turkiyadan vaqti-vaqti bilan yangicha me‘yorlarni talab qilmaslikka chaqirdi… Erdogan lotin Amerikasi davlatlari Turkiyadan uning fuqarolarining viza bilan kirishlarini bekor qilish uchun bunday og‘ir shartlarni talab qilmaganligini aytib “Lekin Turkiya Yevropa Ittifoqiga a‘zoligiga nomzod davlatdir, shunday bo‘la turib ular nega bu shartlarni talab qilishmoqda?” deb qo‘shimcha qildi).

7 –          Shunga ko‘ra demak Dovudo‘g‘lini iste‘foga chiqarishdagi bosh sabab Dovudo‘g‘lining prezidentlik nizomini zo‘r berib qo‘llab-quvvatlamaganligi emas, balki uning – yuqorida bayon qilganimizdek – Yevropa Ittifoqi bilan olib borilgan muzokaralarning mana shu uzun chizig‘ida toyilganligi bo‘ldi. Garchi Dovudo‘g‘li prezidentlik sistemasini zo‘r berib qo‘llab-quvvatlamaganligi Erdoganni tashvishga solgan bo‘lsa-da lekin bu bosh sabab emas. Bosh vazirni ag‘darib tashlash bilan Erdogan Turkiyaning uzil-kesil Amerika quchog‘iga qarab ketishini ta‘minlash va Britaniya bilan Yevropaning Turkiya haqidagi orzulari qarshisida eshikni qaysidir paytgacha qulflab qo‘yish imkoniga ega bo‘ldi… Shuning uchun ham Erdogan Adolat va Taraqqiyot partiyasining Dovudo‘g‘lini iste‘foga chiqarish va partiyaning yangi raisini tayinlash to‘g‘risidagi ana shu qarorlarni qabul qilgan favqulodda konferentsiyasini (Turkiyaning yangi tarixidagi eng muhim siyosiy burilish deb atadi. Bu esa shu konferentsiyadan keyin partiya va davlat  rahbariyatida katta o‘zgarishlar bo‘lishini ko‘rsatib turibdi. Bu bevosita aks etib turgan narsadir. U partiyaning qirq foizdan ko‘prog‘i o‘zgargan yangi rahbariyati ro‘yxatida aniq ko‘ringan edi. Bu o‘zgarish hukumat va davlatning ko‘pgina bo‘g‘inlarida ham davom etishi kutilmoqda. Turk Press 2016 yil 24 may). Buni Erdoganning murojaati konferentsiyada (Tik turib tinglandi, u Turkiya Adolat va Taraqqiyot partiyasi konferentsiyalaridagi bir yangi hodisadir, u partiya va davlat piramidasi asoschisining yo‘lboshchiligi va yetakchiligini hamma qabul qilayotganligining ifodasidir… deb aytilgan gap-so‘zlar tasdiqlab turibdi. Turk Press 2016 yil 24 may).

Dovudo‘g‘lini partiya va hukumat boshliqligidan iste‘foga chiqarish sababi borasida men kuchliroq sanagan ehtimol mana shu. Vallohu A‘lam va Ahkam.

  23 sha‘bon 1437h

  30 may 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.