Tojikistonda Nahzati Islomiya a‘zolari ustidan sud hukmi o‘qil

440
0

Kuni kecha yopiq eshiklar ortida, aniqrog‘i OAV ishtirokisiz Tojikiston Nazhati Islomiya tashkiloti ustidan sud hukmi o‘qildi. Unda hatto  siyosiy  ayblanuvchi shaxslarning oila a‘zolari ham ishtirok etolmadi. O‘tgan yilning mart oyidagi saylovlarda deyarli nihoyatda kam ovoz  to‘plagan bu tashkilot rahbarlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Nazhati Islomiya a‘zolari bundan 7 oy muqaddam  Emomali Rahmon rejimi tomonidan qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash kameralariga joylashtirilgan edi. Endilikda  Sud hukmi e‘lon qilindi.

 Mahbuslar ichida yagona ayol Zarafo Rahmonovaga nisbatan tazqilar kuchaytirilgani va uni Nazhati Islomiyaga qarshi ko‘rsatma berishlikka majbur qilishgani aytilmoqda. Sud  hukmi  bilan Zarafo Rahmonova  5 yilga  ozodlikdan mahrum qilindi, qolganlari 16 yildan 30 yilgacha va undan yuqori muddatga, 5 nafar Nazhati Islomiya mas‘ullari  bo‘lsa abadiy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Tojikistonda fa‘oliyat  yuritgan, so‘ngi yillarda qattiq tazyiqga duchor bo‘lgan Hizb ut-Tahrir a‘zolari takroran xalqni ogohlikka chaqirib, mo‘‘tadil Islomga rozi bo‘lmaslikni va Shariatni to‘liq tatbiq etadigan  yagona islomiy davlat barpo qilishlik sari da‘vat qilib keldi. Ammo hukumat ularga qarshi qattiq kurash olib bordi. Bu ishda hukumatga ulamolar, ta‘kidlab o‘tish joiz bo‘lsa, aynan shu Nazhati Islomiya rahbarlari yaqindan yordam berishdi. Xalq ko‘ziga Hizb ut-Tahrir a‘zolarini adashganlar deb e‘lon qilishdi, hatto maqolalar yozishdi, ijtimoy tarmoqlarda Hizb a‘zolarga nisbatan turli haqorat toshlarini  tap tortmasdan otishdi. Holbuki Hizb ut-Tahrir kufr sistemasini asl basharasini ochib bergan edi. Dushmanlar toki diniga kirmagunizcha sizdan aslo rozi bo‘lmasligini Shar‘iy dalillar bilan isbotlab bergan edi. Ayni paytda kufr sistemasi faqat bir jamoa bilan emas balki Islomga qarshi otlanayotgani to‘g‘risida xabar berishdi, ammo aksariyat musulmonlar, xossatan o‘z rahbarlariga ko‘r-ko‘rona ergashib ketadigan birodarlarimiz ularga adovat nazari bilan boqishdi.

Alloh Taolo aytadi:

–              Ey mo‘minlar, ( sizlardan bo‘lgan) bir qavm ( boshqa) bir  ( mo‘min ) qavmdan masxara qilib kulmasin  – ehtimolki,  ( o‘sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsa …   [Hujurot :11]

Mana Hizb ut-Tahrir ogohlantirgan zulmatli kunlar kelib, barcha islomiy jamoalarga nisbatan tazyiqlar boshlanib ketdi. Bu to‘g‘rida Markaziy Osiyo rahbarlari go‘yo kim o‘zarga o‘ynashmoqda.

 Nima  bo‘lganda ham musulmonlar bir jasaddilar, Nazhati Islomiyaning boshiga kelgan musibat – barcha Ummat vakillariga kelgan qayg‘u hisoblanadi. Allohdan mazlumlarga najot  berishligini so‘rab duo qilaylik. Parvardigor nusrati bilan  bizlarni shodlantirsin,  yagona bayroq ostida birlashishlikni nasib etsin, musulmonlarni odil Xalifalik davlati bilan siylasin. Omin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.