AQShning Qirg‘izistonda olib borayotgan ikkiyuzlamachi siyosati qanday oqibatlarga olib keladi

456
0

Turkiston:

AQShning bir qator yurtlarda amalga oshirgan yoki hozirda ham davom ettirayotgan siyosati qanday oqibatlarga olib kelganiga e‘tibor berish Qirg‘iz siyosatchilari va fuqorolari uchun juda muhimdir. Afg‘oniston, Iroq yoki Pokistonni olaylik. AQSh bu yurtlarda avval hukumat vakillari va kuch tizimlari ichida agitatsiya va propoganda ishlarini olib boradi. Bu harakatlari oqibatida, amerikaparast yoki ilmoniylik tarafdorlari bo‘lgan demokratik qatlamlar shakillanadi. So‘ng ular har xil yig‘in va konferentsiyalar vositasida, musulmonlarga “terrorist, ekstremist” kabi kufr atamalarini yopishtirib, ularga qarshi agitatsiya ishlarini olib borishadi.

Ikkinchi tomondan esa, demokratiya mafkurasini qurol qilib, musulmonlarni e‘tiqodlarini himoya qilish kerak deb, butun nodavlat tashkilotlarni ishga soladi. O‘zi hukumatni musulmonlarga qarshi bir tomondan yo‘naltirib borayotgan paytida, ikkinchi tomondan nodavlat tashkilotlar hukumatni zulmlarini fosh qilib, unga qarshi musulmonlarni nafratlantira boradi. Vaholangki har ikki ishni AQShga qaram tashkilotlar olib boradi. Bu bilan AQSh har ikki tomonni bir biriga qarshi tayorlab, bu ikki qatlamni bir biriga nisbatan o‘rtalarida nafrat paydo qilib va keskinlikni kuchaytirib boradi.

Maqsadiga erishganida esa, ya‘ni har ikki tomon, hukumat ham musulmonlar qatlami ham bir biriga nisbatan keskin va nafratli pozitsiyalarni tuta boshlaganida, navbatdagi ish choralariga o‘tadi. Musulmonlarning nomidan qo‘poruv amaliyotlar uyushtirish bilan ikki tarafni bir birlariga qarshi moddiy yo‘naltirib yuboradi. Buni Pokiston va Afg‘onistonda “Tolibon” islomiy jamoasiga nisbatan hukumatni yo‘naltirayotganida guvohi bo‘lgan edik. Iroqda, “Islom davlati” tashkilotini paydo qilayotganida ham shunga o‘xshagan holat yuz bergan edi.

Hozirda AQSh davlati muayyan bir quvvati bilan Qirg‘izistonda o‘zining iflos faoliyatini boshladi. U “iymon” degan bir iymonsiz fond tashkil qilib, Islom ulamolariga arzimas stipendiyalar berib, ular vositasida GKNB, IIM va hatto harbiy askarlar ichida propoganda ishlarini olib boryapti. Maqsad va harakatlar xuddi Afg‘oniston, Pokiston mamlakatlarida bo‘lgani kabi, o‘zgargan emas.

Ikkinchi frontda ham, propoganda ishlari ta‘sir etib, hukumat strukturalari musulmonlar harakatlariga agressiv munosabatlar boshlashi bilan, “Insonning diniy erkinliklari buzilayapti” deya musulmonlarni himoyachisi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa inson huquqlarining himoyachilaridan iborat nodavlat tashkilotlar tarafidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari uchinchi eng iflos ishlarni amalga oshirib boradigan tashkilotlari ham bor. Ular vaziyat keskinlashib, pishib yetilganida namoyon bo‘lishadi. Bu qatlam yashirin tashkilot bo‘lib, har ikki tomonni moddiy qurollantirish bilan shug‘ullanadi. Bu tashkilotlar o‘ta maxfiy ish olib borishadi yoki ular boshqa bir mamlakatni vosita qilib, muayyan tomonlarni qurollantirib borishadi. Masalan ular Iroq davlati bilan hamkorlikda “IShID” tashkilotini kurollantirdi. Ular minglagan harbiy texnikalarni va bankda qolib ketgan millionlagan dollorlarni urushda mag‘lubiyatga uchrayotgandek bir bahona bilan “IShID”ga yetkazib berishdi.

Shu uchchala yo‘nalishdagi harakat olib boruvchi tashkilotlarni hammasi AQShning ta‘siri ostidadir. Boshqa mustamlakachi davlatlarning ham shu kabi yo‘nalishida ish olib boradigan quvvatlari bor. Lekin hozirda ularning imkoniyatlari AQShga nisbatan ancha chekli bo‘lib borayapti. Qirg‘izistonda faoliyat olib borayotgan tashkilotlarning deyarli hammasi AQSh ta‘siri ostida desak bo‘laveradi.

Ba‘zi ekspertlar, “shu ketishimizda biz oxir oqibat Ukrainadagi kabi bir holatga borib qolamiz” deyishmoqda. Lekin unday emas. Biz Ukrainadagi yoki Gruziyadagi kabi rangli revolyutsiyalardan umid qilmasak ham bo‘laveradi. Chunki bizning mamlakat fuqorolari musulmonlardan iboratdir. Biz hech qachon G‘arbning bir bo‘lagi bo‘la olmaymiz. Uning uchun biz ularning dinini qabul qilishimiz kerak bo‘ladi. Islom dini esa, bizga hech qachon, erkakni erkakka, ayolni ayolga nikoh qilib berishimizga ruxsat bermaydi. Bunga rozi bo‘lmagunimizgacha ular bizni aslo qabul qilishmaydi.

Demak, bizdagi harakatlar Afg‘oniston, Pokiston yoki Iroq hatto Suriya loihalari voqe‘ligiga mos holatga olib borilishi mumkin. Bizning elitamiz, siyosatchilarimiz va diniy yetakchi qatlam vakillarimiz bu muammoga bugun e‘tibor berishmayapti. Ular kufr loihalaridan o‘zlari uchun vaqtinchalik manfaatlar qidirishayapti. Kufrning ish faoliyatlari uchun, kuch organlarimizdan tortib armiyamizgacha eshiklarni keng ochib berishayapti. Oddiy fuqorolarni fikriy yetaklab ketishlari uchun ham, ulamolarimiz bosh qosh bo‘lib, o‘shalar tuzib bergan “mo‘‘tadillik” kabi kufr ayrimachilik kuchlarining loihalariga da‘vat qilib borishayapti.

Bu strotegik ahamiyatga molik muammo bir necha yilda o‘z natijasini ko‘rsatadi. Lekin shu kundan boshlab bu iflos loihaning oldi olinmasa, keyin juda kech bo‘ladi. Albatta hozirgi kunda hukumat organlarining ahvoli juda achinarli holatga kelib qolgan. Ular hatto bu muammoni his qilib turishganlarida ham, xalqaro hamjamiyat nomi bilan kirib kelayotgan bu quvvatga qarshi tura olmaydi.

 Lekin biz musulmonlar, atayin tiqishtirilayotgan “ekstremizm, terrorizm, mo‘‘tadillik” kabi atamalardan ta‘sirlanmay, ularni kufr atamalari ekaniga da‘vat qilib, kufrning biz musulmonlarni bir necha bo‘laklarga bo‘lib yuborish loihalarini ongli his qilish bilan inkor qilishimiz lozim. Bu albatta natija beradi, insha Olloh. Chunki, hatto ustimizdagi zulm qilib turgan kuch organ xodimi ham musulmondir. Uni qandaydir manfaat chalg‘itayapti. Bunga qo‘shimcha sifatida, kufrdan ta‘sirlangan ba‘zi ulamolarimiz majlislar uyushtirib, tinmay ularni chalg‘ituvchi fikrlar bilan dindan burib, musulmonga qarshi yo‘naltirib borishyapti.

Kufr kuchlari vaziyatni o‘z manfaatlari tarafga bura boshlashlari uchun, biz musulmonlar ulardan to‘la ta‘sirlanib, bir birlarimizga qarshi turadigan darajaga yetib borishimiz kerak. Ularning rejasi shu. Ular shu kunni yaqinlashtirish uchun yaqinda bizlarni ustimizda bo‘htonlar uyushtira boshlashadi. Bir birimizga nafrat paydo qilish uchun masjidlarimizni portlatib, boshqa jamoatga to‘nkashadi. Agar biz musulmonlar shu kundan boshlab o‘z xatolarimizni to‘g‘rilamasak, haq bilan botilni ajratib, kufrning yaxshisidan, yomon musulmon birodarimizni afzal ko‘ra boshlamasak, Musulmonlarga qarshi borayotganda, kufrni emas Ollohni roziligi haqida o‘ylamasak, bu ishlar albatta bo‘ladi.

Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi raisi

15.05.2016.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.