Amerika-Ko’rfaz kengashi

735
0

Amerika-Ko’rfaz kengashi

Musulmonlar hukmdorlari Islom va musulmonlarga qarshi kurashish ishlarini dushmanlar bilan muvofiqlashgan holda tartibga keltirishga, qolaversa ularning buyruqlariga bo’ysunishga shoshilishmoqda

Vashington terrorga qarshi kurashish ishlarini muvofiqlashgan holda tartibga keltirish uchun «Amerika-Ko’rfaz kengashi» tashkil qilinganini ma’lum qildi va Mosul shimolidagi Amerika dengiz piyoda kuchlari «mintaqada oldinga siljishga erishgan» Iroq armiyasini qo’llab-quvvatlashini bildirdi. U – «kerak bo’lsa», ushbu kuchlar soni oshirilishi mumkinligini ham ehtimoldan soqit qilmadi.

«Frans Press» agentligi Amerika mudofaa vaziri Eshton Karterning bosh shtab boshlig’i general Jozef Danford bilan birga o’tkazgan matbuot konferentsiyasida aytgan gaplarini keltirdi. Eshtonga ko’ra, u saudiyalik hamkasbi amir Muhammad ibn Salmon bilan bog’lanib, terrorga qarshi kurashish ishlarini muvofiqlashgan holda tartibga keltirish uchun «Amerika-Ko’rfaz kengashi»ni tashkil qilishga va bu kengash 21 apreldan o’z ishini boshlashiga kelishib olgan.

Saudiya axborot agentligiga ko’ra, valiahd valiahdi amir Muhammad ibn Salmon Karter bilan «ikki davlat va Fors Ko’rfazi davlatlari o’rtasida regional, xalqaro va harbiy sohalarda hamkorlikni kengaytirishni hamda mintaqadagi barqarorlik imkoniyatini, jumladan, ekstremizmga qarshi kurashdagi mushtarak sa’y-harakatlarni mustahkamlash»ni muhokama qilgan. (Hayot gazetasi).

Roya gazetasining 2016 yil 30 mart chorshanba kungi 71-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.