Rossiyada muslimalar Hizb ut-Tahrirga a’zolik ayblovi bilan qamoqqa olinmoqda

544
0

2016 yil 24 mart kuni Tataristonning Almetevsk shahrida to’qqizta muslima xonadoni tintuv qilindi. Ularning uch nafari Federal xavfsizlik xizmati tomonidan qamoqqa olinib, Hizb ut-Tahrirga a’zolik ayblovi bilan izolyatorga qamab qo’yildi. Ularga Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 205,5 modda 1 va 2 bandlari (ya’ni terroristik tashkilotda faoliyat yuritish) bo’yicha jinoiy ish ochildi.

Ertasi kuni mahkama kerakli jazo chorasini qo’llash to’g’risida hukm chiqardi. Natijada bittasi emizikli bo’lgan uch nafar farzandning onasi Axmetzyanova Eleanora, ikki nafar farzandning onasi Muxametzyanova Guliya va bittasi emizikli bo’lgan uch nafar farzandning onasi Farraxova Irinalar majburiy uy qamog’iga hukm qilindi.

 Muslimalar qamoqqa olingan paytda ularning farzandlari, shu jumladan emizikli go’daklari uyda qoldi… Aftidan, bunday qilmishlardan terroristik faoliyatga aloqadorlikni bo’yniga olishlari uchun onalarga qarshi bosim sifatida foydalanishayotgan ko’rinadi. Shuningdek, Islom va musulmonlar dushmani bo’lgan Kreml buyrug’i bilan terrorizmga qarshi kurashayotganlar ham mutlaqo hayosini yo’qotgan ko’rinadi. Aslida Rus hukumati hibsga olingan bu ayollarning terrorizmga aloqasi yo’qligini juda yaxshi biladi. Shuning uchun ham Rossiya Hizb ut-Tahrirdan o’ch olayotgan ko’rinadi. Chunki bu partiya Suriyadagi qo’zg’olonchilarni qonxo’r rejim bilan muzokara qilmanglar, bu bilan muborak qo’zg’olonda shahid bo’lgan yuz minglab inson qonini behuda ketishiga sabab bo’lsangizlar, deya da’vat qilmoqda. Boshqacha ibora bilan aytganda, Shom musulmonlari irodasini sindirish qo’lidan kelmagan Rossiyaning kuchi endi o’z yurtidagi zaifa muslimalarga etayotgan ko’rinadi.

Shu kunga qadar Rossiya Hizb ut-Tahrirni terroristik tashkilot qilib ko’rsatishga qattiq urinib keldi. Binobarin, uning Hizb ut-Tahrir a’zolari uylarini tintuv qilishiga, qamoqqa olishiga hamda jinoyat kodeksining eng og’ir moddalari bilan ayblab, hukmlar o’qishiga… jamiyat loqayd bo’lib qolgan. Ammo Rossiya dunyoda Hizb ut-Tahrirni terroristik tashkilot, deb hisoblagan birdan-bir davlat bo’lib qolmoqda. Siyosiy mahbuslar ro’yxatiga Hizb ut-Tahrir a’zolari nomi sig’may ketgan. Shunga qaramay, na Rossiyada va na boshqa davlatda hech kim Hizb ut-Tahrirning bir marta ham terrorchilik amaliyotiga qo’l urganini isbotlagan emas.

Biz ommaviy axborot vositalariga murojaat qilib, ularni odamlarga haqiqatni etkazib, rus hukumatining Tataristondagi zaifa muslimalarga nisbatan vahshiyona munosabatda bo’layotganini, ularga soxta ayblovlar tirkayotganini, adolatsiz hukmlar o’qiyotganini odamlarga etkazishga hamda Hizb to’g’risida xolis xabarlar tarqatishga chaqiramiz.

 Xususan, islomiy axborot vositalariga ham murojaat qilib, ulardan rus hukumatining musulmonlardan nafratlanishini, bu nafrati uni xolis musulmon erkaklarni repressiya qilishdan endi ularning ayol va qizlarini repressiya qilishga undaganini Ummatga etkazishlarini talab qilamiz.

Butun dunyodagi musulmonlarga «Rossiyaning qonga botgan qo’llari zaifa taqvoli pokiza muslima opa-singillarimizga cho’zilayotganiga e’tibor bering» deya murojaat qilamiz. Islomiy Ummatdan shuni talab qilamizki, muslima opa-singillarimizga adovat qilinishiga sukut qilmay, Rossiyadan ularni jinoyatchiga chiqarishni bas qilishini talab qilsin.

So’zimiz nihoyasida Sen Allohimga murojaat qilamiz: Allohim, muslima opa-singillarimizga yordam ber, sabr-qanoat ato et, Ummat dushmanlari qalbiga qo’rquv sol. Allohim, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini tezroq barpo etishimizga yordam ber, shu davlat soyasida butun dunyodagi muslimalar himoyasining qayta ta’minlanishiga madadkor bo’l. Allohim Sendan muslima onalarga azob-uqubat etishiga sababchi bo’lganlarning barchasiga ashaddiy azoblaringni yog’dirishingni so’raymiz.

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi

Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.