Putin Milliy gvardiya tashkil etilishini e’lon qildi

1830
0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Milliy gvardiya tashkil etilishini e’lon qildi. Bu gvardiya Rossiya ichki ishlar vazirligi Ichki qo’shinlari negizida shakllantiriladi. Putinning aytishicha, Milliy gvardiya terrorchilik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashadi hamda “OMON, SOBR va boshqa tuzilmalar bajargan vazifalarni bajarishni davom ettiradi”.

Putin Federal migratsiya xizmatini (FMX) va Narkotiklar aylanmasini nazorat qilish federal xizmatini (NANQFX) Rossiya ichki ishlar vazirligiga bo’ysundirilishini ma’lum qildi.

Putin huquq-tartibot muassasalaridagi islohotlarni ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev, NANQFX boshlig’i Viktor Ivanov, ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlari qo’mondoni Viktor Zolotov va FMX boshlig’i o’rinbosari Yekaterina Yegorova bilan uchrashuvda e’lon qildi.

Turkiston:

Putin Rossiyada o’z rejimini kuchaytirib, mamlakatni butunlay avtoritar diktatorlik rejimi ostida ushlab qolmoqchi. Milliy gvardiya grajdanlar urushiga olib borishi ham mumkin. Lekin Rus xalqining taqdiri hozir Putinni unchalik qiziqtirmaydi. U o’zini va rejimini saqlab qolish uchun har ishga tayyor turipti.

Uning milliy gvardiya va migrantlar masalasiga kirishishi, narkotik va terrorizmga qarshi kurashishi, bularning hammasi Stalinning repressiv harakatlarini eslatadi. Ular quvvatga kirib borishlari bilan, davlatning eng iflos ishlarini ramiy amalga oshiruvchi apparatiga aylanishadi. Ularga bir qator huquqlar berilib, rejimga noqulay kuchlarni jismonan chetlatish ishlari yuklatiladi. SSSR qulab borayotganda davlat tomonidan atayin tashkil qilingan, skenxetlar singari milliy jinoiy uyushmalar hozirgacha mavjud. Milliy gvardiya, ularga qo’shimcha quvvat bo’lishi bilan birga, kengroq imkoniyatga ega va rasmiy milliy harakat hisoblanadi. Ular jamiyatni milliy tozalash ishlardan tashqari, siyosiy keraksiz elementlardan tozalash ishlarini olib borishadi. Bundan tashqari agitatsiya propoganda ishlarini ham olib borishlari kutilmoqda.

Rossiyadan migrantlar quvvatidan NVP sifatida foydalanib kelishayotgan SNG davlatlariga ham bu bir ogohlantirish bo’ladi. Ular endi o’z grajdanlarini ko’p qismini qayta qabul qilib olishadi. Putin Rossiyani holdan toyib borayotganini biladi. Jamg’arma fontdagi pullar tugap borayapti. Rossiyaning iqtisodiy ahvoli esa tubanlashishda davom etib borayapti. Shu ketishda, Rossiya fuqorolarining yashash darajalari keskin pasayadi. Bu esa, ularga yangi ishchi o’rinlari tayorlab berishni taqazo qiladi. Milliy gvardiya aynan shu ish bilan ham shug’ullanib, ishchi o’rinlarini o’z fuqorolarining ehtiyojiga qarab bo’shatib berish balan ham mashg’ul bo’lishi kutilayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.