Aqsoni qutqarishga armiyalarni safarbar qilish o’rniga kuzatuv kameralarini jo’natishyapti!!!

386
0

Iordaniya shu kunlarda… Aqsoni 55 nafar kamera yordamida kuzatishni boshlaydi!!! Yakshanba kuni Iordaniyaning Vaqflar, islomiy masalalar va muqaddas joylar bo’yicha vaziri Hayl Dovudning ma’lum qilishicha, yaqin kunlarda Quddusdagi Aqso masjidiga 55 nafar kuzatuv kamerasi o’rnatiladi. Bundan «Isroil»ning Aqsodagi qonunbuzarliklarini va bostirib kirishlarini hujjatlashtirish maqsad qilingan.

Iordaniya vazirligi chiqargan bayonotda Hayl Dovud «Bu kameralar bir soat ichida masjidning 144 kvadrat donumni tashkil qiluvchi maydonining hamma erini kuzata olishini va kameralarning hammasi Hoshimiylar Homiyligiga qarashli Quddus Vaqf bo’limiga qarashli» ekanini qo’shimcha qildi.

Uning ta’kidlashicha, «kameralarning o’rnatilishi Iordaniyaga siyosiy va diplomatik jihatdan yordam beradi, kerak bo’lsa, isroilliklar tomonidan Quddusi sharif haramiga nisbatan qonunbuzarlik sodir bo’lgan paytda xalqaro qonunga murojaat qilish uchun qonuniy jihatdan ham foyda beradi». Hayl Dovud «Kameralar muqaddas joylar va muqaddas kishilarni himoya qilishga xizmat qiladi, ularning harakatlarini kuzatishga emas», deya bildirdi. (Sky News Arabia).

Roya gazetasining 2016 yil 23 mart chorshanba kungi 70-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.