Bishkekda imomlarni jamiyatdagi roli muhokama qilindi

451
0

Bishkekdagi “Iymon” madaniyat markazida 27 mart kuni Islom dini masalalari bo’yicha seminar bo’lib o’tdi. Tadbir Qirg’iziston musulmonlar diniy boshqarmasi va Quvayt davlati hamkorligida shahardagi imom hatiblar va imomlar uchun tashkil etildi.

Diniy boshqarmaning xabar berishicha, seminarda muftiy o’rinbosari Jo’raboy Shergaziev, Akimjon Ergashov va Quvaytdan doktor A’tif Ar-Rifaa’niy ishtirok etishdi.

Seminarda imomlarga Islom dining pokligi, terrorizm, ekstremizm va diniy oqimlar to’g’risida ma’lumot va imomlarni jamiyatda tutgan o’rni to’g’risida keng tushintirishlar berib o’tildi.

Turkiston:

“Iymon” fondi aslida iymonsizlar tasarrufoti ostidadir. Bu yo’nalish orqali Islom, Iymon va musulmonlarga qarshi xukumat kuch tizimlari, adminstrativ boshqaruv xodimlari, ziyolilar, matbuot xodimlari, jamoatchilik faollari va nixoyat diniy qatlam etakchilarini birlashtirib, ularning xammasini bir tomonga yo’naltirilmoqchi.

Buning uchun ular kuchli matbuot xujumi olib borishayapti. Lekin ularning matduot xujumlari yoki propoganda ishlari, diniy qatlamdagi taniqli figuralarsiz maqsadga olib bora olmaydi. Bu kabi uslubdagi xarakat O’zbekistonda xuddi shu yo’nalish va strotegiya asosida olib borilgan edi. Oxir oqibatida, birorta islomiy xarakat yoki shaxs bu iflos kufr ta’ziyqlaridan chetda qolgani yo’q. Xatto bu kufrning loixasiga rozi bo’lgan diniy figuralarning ishtiroki orqali diniy qadriyatlarimiz bo’lgan barcha urf odatlarimiz va kiyinish odoblarimiz bo’lgan xijob singari islomiy vojibotlarimizni yo’q qilib borishayapti.

Afsuslanarlisi shundaki, dinga qarshi olib borilayotgan barcha xarakatlar, musulmon odamni murtat qilib dindan chiqarib yuboradigan darajadagi ishlar xam, shu diniy qatlamni roziligi va ishtiroki asosida ishga oshirilib kelinayapti. Bu ishni amalga oshirilishi avvalida xajdagi moddiy manfaatlarga erishish singari manfaatlar ilinjida olib borilgan bo’lgan bo’lsa, shu kunga kelib, diniy ulamolarimiz va taniqli arboblarimiz kuch organlari tomonidan qo’rquvga solinib, majburlanishmoqda.

Biz, Qirg’iziston musulmonlari bu ishlarning guvoxi bo’la turib, imomlarimizga xamdardlik bildirib, ularning ichidagi iymoni baquvvatlari bilan birga turishga xarakat qilishimiz lozim. Chunki yuqoridagi kufr loixasi asosidagi xarakat, biz ummat vakillarini etakchi imomlarimizdan uzib yuborish asosida ish olib borishadi. So’ng bu imomlarimiz ularning istagiga mos fatvolar chiqaruvchi xukumat quroliga aylanishadi. Biz esa, ichimizda ulardan nafratlanib turuvchi, lekin vaziyatni o’zgartirishga qodir bo’lmagan manqurtlar singari bo’lib qolamiz. Bosh ko’targanimiz darrov terrorist, ekstremist bo’lib jamiyatdan ajratilaveramiz. Buni 1 aprel kuni Ispaniyada bo’lgan ommaviy musulmonlarning qirg’inlari misolidan bilamiz.

Kufr olami, bizlarning ustimizda turar ekan, ular bizlarning oxirgi musulmonni dinidan qaytarmagunlaricha xarakatlarini to’xtatishmaydi. Buni nususlarda dalillari bisyor. Birlashaylik, bir birimizga qarshi xarakatlanishdan tiyilib, ba’zi bir xato kamchiliklarimizni ro’kach qilib, kufrning manfaati uchun bir birlarimizga qarshi arzimagan bo’lsa xam, ziyon etkazuvchi xarakatlardan tiyilaylik.

Assalamu alaykum.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.