Mustamlakachi kufr olamiy sistemasining Qirg’iziston-O’zbekiston o’rtasidagi chegara muammosidagi o’ynagan roli

535
0
An Uzbek backhoe digs a trench to mark the Uzbekistan-Kyrgyzstan border. Seen from Aravan District, Kyrgyzstan. July 2, 2010. (David Trilling)

Mustamlakachi kufr olamiy sistemasining Qirg’iziston-O’zbekiston o’rtasidagi chegara muammosidagi o’ynagan roli

Turkiston:

Xalqaro siyosatda yirik va etakchi davlatlar kichik va zaif davlatlar o’rtalaridagi chegara xududlaridan o’zlari uchun mustamlaka qilish kuroli sifatida foydalanib kelishadi. Ular avval davlatlarni xalqaro globallashgan qonunlar vositasida siyosiy va iqtisodiy tomonlarini inqirozga uchratishadi. So’ng ularni shu xolatlaridan chiqib olish yo’llari sifatida davlatlarini bir necha bo’laklarga bo’lib olishlarini maslaxat berishadi. Bu jaroyonlarni tezlatib yuborish uchun bir davlat ichidagi bir qancha millat va din vakillari o’rtalariga ayirmachilik va millatchilik urug’larini sepishib, millatlar va dinlararo urushlar paydo qilishadi. Buni Yugoslaviyani yo’q bo’lib ketishi misolida ko’rish mumkin. Keyin ular o’z qo’llari ostidagi xalqaro qonunlari vositasida, millatlar va muayyan dinlar vakillari o’rtalarini sun’iy chegaralar tortib berish bilan muammolarni xal qilib berishgan bo’lishadi. Bu jarayon, ya’ni mintaqalardagi davlatlarni mayda bo’laklarga bo’lib olib boshqarish uslubi, mustamlakachilarga xavfsizligi va qulayligi tomonlaridan juda katta engilliklar yaratadi. (bu aloxida mavzu’)

O’rta Osiyo davlatlarining axvoli xam yuqorida aytilganning o’zginasi. Ular bir birilari bilan birlashib, o’rtalaridagi tronzit masalasida gaz, neft, savdo aloqalari, suv resurslaridan umumiy manfaatlari yo’llarida foydalana boshlashlarini oldini olish maqsadida kufr olami bir bo’lib, millatchilik, diniy ayirmachilik, irqiy va ijtimoiy kamsitishlarni oldini olish kabi komissiyalar vositasida buzuqchilik urug’larini sepib turishadi. Buni ular BMTning “etnik va mayda millatlarni ximoya qilish tashkiloti”, “ayollar kamsitilishini oldini olish tashkilotlari”, “diniy va irqiy kamsitishlarni oldini olish”, umuman inson erkinliklarini ximoyachilari sifatida bizlarning ichki ishlarimizga kirishib olib amalga oshirishadi.

Natijasida biz bir birlarimizni yomon ko’radigan, o’rtalarimizda muammo chiqsa, bir birlarimiz bilan xatto uchrasha olmaydigan, yoki darrov mustamlakachi kufrdan yordam so’rab boradigan dushmanlarga aylanib qolamiz. Bu esa kufr etakchilari uchun bizlarni mustamlaka zanjirlari ostida ushlab turishlari uchun juda katta qulaylayliklar yaratib beradi.

18 mart kuni O’zbek xarbiylarini Qirg’izistonga qarashli bo’lgan, lekin xaligacha aniq echilmagan xududga bostirib kirishi mustamlakachi kufr etakchilari uchun qo’l kelishi mumkin. Atambaev jurnalistlarga “biz qo’shni davlatimizni bizga gaz berayotib, xar xil bosim bera olish xuquqidan maxrum qildik” dedi. Ammo u bu gaz berayotib bosim bera olish xuquqini O’zbekistondan olib Rossiyaga topshirib qo’yganini aytmadi. Shu fikrlash uslubi Karimov va boshqa qo’shni davlat etakchilarida xam ustuvor bo’lib, ular xam bir birlariga o’chashgan xato xarakatlar bilan o’zlarini kufr tuzog’idagi xolatlarini mustamlakachi davlatlarga yanada mustaxkamlab berishadi.

O’zbekistonning bosqinchilik xarakati Rossiyaning Qirg’izistondagi bir qator pozitsiyalarini mustaxkamlab olishiga yordam beradi. G’arb mustamlakalari uchun esa, mamlakatda o’ziga tobe’ bo’lgan muxolif quvvatlarini mustaxkamlab olishiga yordam berishi mumkin. Xar qaysi xolatda xam, Qirg’iziston yoki umuman O’rta Osiyo mintaqasi va fuqorolari uchun xar tomonlama zarar olib kelishi kutiladi. Chunki Qirg’izistonda mustamlakachilarning o’zaro kuch sinashlari oqibatidan kelib chiqishi kutilayotgan fuqorolar urushlari yoki ular aytishayotgan inqilobiy xarakatlar O’rta Osiyo davlatlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi aniq.

Qirg’izistonda AQShning ko’rsatmalari asosida jonlana boshlagan rangli inqilobiy xarakatlar Rossiyani Ukraina loixasidagi kabi, xarbiy aralashuv uchun o’ziga sharoitlar paydo qilishga undaydi. Ular mintaqada xarbiy quvvatlarini kuchaytirib olishi uchun esa, yuqoridagi Qirg’iz O’zbek chegara muammolari qo’l kelishi mumkin. Muxolifat va xukumat ichidagi qo’shtirnoq ichidagi xalq qaxramonlari esa, Putindan yordam so’ray boshlashdi. Ular Putin kelib, davlatimizni xuddi Suriya singari bombardimon qilib, barbod qilib berishlari tarafdorimi?!

Birodarlar, muammoning markaziy nuqtasi, xayotimizda islomiy mafkuraning ta’sir quvvatining yo’q ekanligidadir.

O’zbek va Qirg’iz millatlarining o’rtalarini bog’lashi, birlashtirib birodar, aka uka qila olishi mumkin bo’lgan mafkura faqat Islom mafkurasidir. Buni xech kim inkor qila olmaydi. Lekin kufr olami va unga tobe’ quvvatlarning xar biri o’z davlatlarida turib, o’zlarining milliy robitalarini mafkura sifatida ko’tarishga xarakat qilishayapti. Ular olamiy kufr sistemasining ko’rsatmalari asosida millatlararo ziddiyatlarni kuchaytirishib, chegara va davlat ichidagi milliy adovatlarni yo’q bo’lib ketishini oldini olishayapti. Xa, ular bu milliy buzuq robitani atayin, xoinlarcha amalda ochiq e’lon qilishib, da’vat qilishib borishayapti.

Kufrning bu xalokatli “milliy adovat paydo qilish” yo’nalishiga xalaqit qilishi mumkin bo’lgan diniy ulamolar va imomlarni esa, jamiyatdan chetlatib yuborishdi. Ularning ba’zilarini biror jinoyatlari uchtida shantaj qilib qo’rqitib olishgan bo’lishsa, ba’zilarini quvg’in qilishdi. Unga xam bosh egmay xaqdan qaytmaganlarini qamoqqa tashlashdi.

Musulmon birodardar: Sizlar kufrning nayranglaridan omon qolish uchun, Islom dini tomon xarakatlaning. Faqat shu yo’l bizlarni kufrning siyosiy nayranglaridan omonda saqlab qola oladi. Yodingizda bo’lsin, kufr sistemasi yoki davlati va tashkilotlari xech qachon bizlarni rivojlanib ketishimizni xoxlashgan emas. Chunki rivojlanish, o’zligini tanishga olib boradi. O’zligini tanigan millat esa, tubanlikka rozi bo’lmaydi. Shuning uchun Karimov singari diktatorlar davlat boy bo’lgan xolatida xam, o’z fuqorolarini xorlikda va qiyinchilikda ushlab turishadi.

Abdurazzoq:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.