Myunxenda qonli iplar bilan to’qilgan sulh

404
0

Rejimni saqlab qolish uchun Amerika, so’ngra Rossiya Myunxenda qonli iplar bilan to’qigan sulh qo’zg’olonchilarni omon qoldirmaydi, aksincha ularni tog’utga qarshi jang qilish o’rniga terrorchi degan hujjat bilan o’zaro jang qiladigan ahvolga solib qo’yadi

Bir qator axborot vositalari 2016 yil 22 fevralda Amerika va Rossiya sulh haqida chiqargan mushtarak bayonot matnini nashr qildi. Unda jumladan quyidagilar kelgan: «… Qo’shma Shtatlar va Rossiya – Suriyaga yordam ko’rsatuvchi xalqaro guruhning va o’t ochishni to’xtatish ishchi guruhining asosiy ishtirokchisi sifatida – 2016 yil 22 fevralda Suriyada sulh shartlari qabul qilinganini e’lon qildi. Bu bayonotga ilova qilib, bu ikki davlat dushmanlik amaliyotlarini to’xtatish 2016 yil 27 fevralda Damashq vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishini taklif qildi… Dushmanlik amaliyotlarini to’xtatish Suriya kurashidagi taraflarga, ya’ni bu sulhga amal qilishni va uni shartlari bilan qabul qilishni e’lon qilgan taraflarga tatbiq etiladi… Bu taraflardan har biri sulh shartlarini qabul qilishini va bu shartlarga amal qilishini e’lon qilib, buni Rossiya federatsiyasiga yoki Qo’shma Shtatlarga 2016 yil 26 fevral Damashq vaqti bilan soat 12 dan o’tkazmasdan bildirib qo’yadi. Sulh shartlari jumladan quyidagilar: Xavfsizlik kengashining 2254 raqamli qarorini to’liq bajarish, shu jumladan BMT boshchiligidagi siyosiy muzokaralar amaliyotida ishtirok etishga tayyorgarlik ko’rish, har qanday turdagi qurol-aslahalar bilan, jumladan raketalar, minometlar, tanklarga qarshi raketalar bilan amalga oshiriladigan hujumlarni to’xtatish… O’t ochishni to’xtatishda ishtirok etuvchi boshqa taraflardan erlarni tortib olib qo’lga kiritishni yoki qo’lga kiritishga harakat qilishni to’xtatish…». (Arabiyya net va boshqa agentliklar 2016 yil 22 fevral).

Ana shundan keyin Riyoz oppozitsiyasi bunga rozilik berdi «… Amerikaning Suriyadagi vakili Maykl Ratni sulhning asosiy bandlarini va bu bandlarni bajarish 27 fevralda, ya’ni shanba kuni boshlanishini bildirdi. U o’z navbatida muzokara oliy hay’ati (kengashi) raisi Riyoz Hijob hay’atning sulh kelishuvi bandlariga xalqaro kafolatlar evaziga rozilik berganini e’lon qildi…» (Arabiy Jadid 2016 yil 22 fevral). Shundan keyin tog’ut rejimi ham rozilik berdi: «… Suriya arab jumhuriyati jang amaliyotlarini to’xtatishni qabul qilganini e’lon qiladi. Bu e’lon Rossiya-Amerika e’loniga muvofiq «IShID», Jabhatun Nusraga hamda bu tashkilotlarga va Qoidaga aloqador boshqa terrorchi tashkilotlarga qarshi terrorizm bilan kurashishda harbiy harakatlarni davom ettirish asosida bo’ldi». (Rusiyal Yavm sayti 2016 yil 23 fevral)… «2016 yil 22 fevral dushanba kuni samolyotda Vashingtonga qaytishi chog’ida Kerri Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Turkiyadagi vazirlarni bu kelishuvdan xabardor qildi, buni Amerika tashqi ishlar vazirligidagi yirik mas’ullardan biri ma’lum qildi». (Sharqul Avsat 2016 yil 24 fevral chorshanba).

Ey musulmonlar: Bu sulh matnlarini, muqaddimalarini va oqibatlarini chuqur mulohaza qilgan kishi Amerika va Rossiya bu sulhni tan oldirish uchun katta kuch-mehnat sarflaganini ko’radi. Chunki 2016 yil 12 fevralda Vena uchrashuvi chog’ida sulhga bir hafta orasida rozilik berildi, biroq hafta o’tdi hamki hech narsa amalga oshmadi… Shundan keyin Kerri va Lavrov yana ketma-ket uchrashuvlar o’tkazib 2016 yil 27 fevralda sulhning yangi muddatini belgilashdi… Amerika oppozitsiyaga tinimsiz bosimlar o’tkazdi, hatto Amerikaning Suriyadagi vakili Maykl Ratni deyarli ularning (oppozitsiyachilarning) huzurida – ularning roziligini olish uchun – yashaydigan bo’lib qoldi. Shunday ham bo’ldi (ya’ni roziliklarini oldi)! Bu sulh muqaddimalariga va oqibatlariga chuqur nazar tashlash uning zamirida o’ldiruvchi zahar yotganini ko’rsatadi. Bu o’ldirish ikki o’ldiruvchi jarlik orqali amalga oshiriladi. Bu ikki jarlikka faqat ko’zi va qalbi ko’r kimsagina aldanib tushadi. Bu jarlikning birinchisi quyidagidir: Bu sulh unga kiradigan har bir kimsaga dushmanlik amaliyotlarini to’xtatishni, Suriya krizisini rejim bilan birgalikda xorlarcha, sharmandalarcha hal qilishga kirishishiga rozilik berishni shart qilib qo’yadi… Ikkinchi jarlik: Bu sulh uning shartlari ostiga kirmagan har bir kishini terrorchi deb hisoblaydi, ular terrorchi deb e’lon qilgan Davlat tashkiloti va Jabhatun Nusranigina terrorchi deb hisoblab qolmay, balki tog’ut rejimi bilan kelishuvga rozi bo’lmaydigan har bir kishini terrorchi deb hisoblaydi. Bu erda rejim bilan xorlovchi kelishuvga rozi bo’lmaydigan boshqa bo’linmalar ham bor. Kelishuv matnlariga ko’ra ularning hammasi bombardimon qilinadi va o’ldiriladi. Ma’lumki bu xorlovchi sharmandali kelishuvni qat’iyan rad etish Shom ahlidan juda ko’pchilikning qalbidagi istakdir. Shunday ekan Shom ahlini yoki ulardan juda ko’pchiligi Amerika va Rossiya nazdida hamda bu jinoyat to’rini shu ikki mustamlakachi bilan birgalikda to’qiyotgan kimsalar nazdida terrorchilardir!

Terrorizm Amerika, so’ngra Rossiya Suriya ahliga qarshi vahshiyona hujumlar qilish uchun ro’kach qilib olgan bahonadir. Amerika o’zining Suriyaga hujumlarini 2014 yil 23 sentyabrda Amerika koalitsiyasi degan nom bilan boshladi va hamon shunday davom etmoqda… Shundan keyin Amerika Rossiyani yordamga chaqirdi. Bu chaqirish Obama va Putin ikki rasmiy delegatsiya hozirligida o’tkazgan uchrashuv chog’idagi iflos bitim bo’yicha amalga oshdi. Nyu-Yorkda 2015 yil 29 sentyabr oqshomida o’tkazilgan ana shu uchrashuv 90 minut davom etdi. Uchrashuvda Obama va Putin Suriya krizisini muhokama qilishdi, Ukraina krizisiga ham to’xtalib o’tishdi. Putin matbuot konferentsiyasida bu uchrashuvni «konstruktiv va jiddiy» deb atadi. Putin «jang maydonlarida terrorchilarga qarshilik ko’rsatib jang qilayotganlarga yordam berish uchun Rossiyaning Suriyada havo zarbalari berishi uchun imkoniyat tug’ilganini» e’lon qildi. Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri esa Qo’shma Shtatlar va Rossiyaning Suriya bo’yicha «ba’zi asosiy printsiplar»ga kelishib olganini bildirdi…. Yana bir Amerika mas’uli esa Obama va Putinning Suriyada kutilayotgan amaliyotlar asnosida har qanday kurashning oldini olish uchun ikki mamlakat armiyalari o’rtasida so’zlashuvlar o’tkazishga kelishib olishganini aytdi». (Rusiyal Yavm, AFP, Reyter, AP, Safir 2015 yil 30 sentyabr).

Obama va Putin uchrashuvidan keyin va unga binoan 2015 yil 30 sentyabrda Rossiya o’zining raketalari va samolyotlari bilan urushga kirdi. Rossiya urushga kirar ekan rejimga qurolli qarshilik ko’rsatayotgan barcha kishilarga terrorchi degan tamg’ani yopishtiradigan Amerika ruxsati bilan terrorga qarshi urush e’lon qildi. Hozir Amerika ruxsatni kengaytirdi, natijada rejim bilan xorlarcha sharmandali kelishuvga qarshi chiqadigan har bir kishiga terrorchi degan tamg’a yopishtiriladigan bo’ldi. Mustamlakachilar bugun buni yashirib o’tirishmayapti, aksincha o’zlarining vahshiyona urushlari ana shu zaharli, qonli kelishuvga kirish uchun bosim o’tkazish vositalari ekanini ochiq aytishmoqda… «Rus tashqi ishlar vazirligi Moskvaning Suriya yo’nalishi bo’yicha tashlaydigan barcha qadamlaridan maqsad bu mamlakatdagi siyosiy echimga hissa qo’shish ekanini ta’kidladi…». (Rusiyal Yavm 2015 yil 10 avgust). «Rus tashqi ishlar vazirligi «Rus havo kuchlarining zarbalari terrorizmga qarshi kurashish uchun, binobarin Suriya-Suriya muzokaralari uchun yaxshi shart-sharoitni hozirlaydi» deb bildirdi». (Rusiyal Yavm 2016 yil 10 fevral).

Ey musulmonlar: Amerikaning o’z hamtovog’i Rossiya bilan birgalikda Shom ahliga qarshi, balki butun musulmonlarga qarshi jinoyat to’rlarini to’qishidan hayron bo’lib ajablanishning hojati yo’q. Chunki bu mustamlakachilar Islom va musulmonlarning dushmanlaridir. Lekin hayron qolinadigan narsa bu jinoyatda rejimga qarshi oppozitsiya degan nom bilan, Shom ahli nomidan, balki islomiy nomlar bilan ba’zi bir odamlarning ishtirok etayotganidir. Bu kimsalar Hijob tomonidan va boshqalar tomonidan berilgan rozilik bilan bu xorlarcha sharmandali sulhga shosha-pisha rozilik berishmoqda!! Aslida bu sulh rejim tinchligini himoya qilib uni bir ma’lum muddatgacha omon saqlab turishdir. Chunki Amerika Basharning – unga o’xshab Amerika manfaatlariga xizmat qiladigan va unga o’xshab Amerika nufuzini himoya qiladigan yana bir xoin malayni topishidan oldin – ketishini istamayapti… Shuning uchun Amerika bu tog’utni o’zining butun iflos vositalari bilan qo’llab-quvvatlayapti, o’zining malaylari yordamida aldov va adashtirish bilan bu tog’utga yordam ko’rsatyapti. Demak Amerika musulmonlar yurtlariga qarshi bosqinchilik qilishga etakchilik qilmoqda. Amerika Shomda biz musulmonlarga qarshi faqat bevosita jang qilibgina qolmay, balki o’zining turli yugurdak qurollari yordamida: mahalliy, regional va xalqaro yugurdaklari yordamida ham jang qilmoqda. Masalan Amerika Shom tog’uti va uning yugurdaklari yordamida jang qildi. Bu tog’ut qulashga yaqin kelib qolgan paytda Amerika uni regiondagi yugurdagi Eron va uning Livandagi Hizbi bilan hamda Iroqdan kelgan malaylari bilan qo’llab-quvvatladi. Bu foyda bermagach Amerika xalqaro maydonda bir iflos bitimni tuzdi. Natijada Rossiya bu zarar keltiruvchi bitim bo’yicha Amerika etagida yurib uning uchun jang qiladigan bo’ldi. Putin Suriyada Amerikaga xizmat qilish bilan Ukraina borasida Rossiyaning janubiy chegaralaridagi muammolardan Amerika uni tinch qo’yadi, deb xom xayol qildi. Lekin bu ish boshqa va anavi ish boshqa! Chunki Rossiyaning musulmonlarga qarshi urush girdobiga sirg’anib kirishi Rossiyaga ko’plab falokat alamlarini tottiradi. Bu falokatlar yonida Ukraina muammolari va qo’shimcha muammolar musulmonlarning Rossiyaga qarshi g’azabi dengizidagi bir kichkina nuqta bo’lib qoladi. Ertangi kun uni kutayotgan uchun yaqindir…

Amerika kichik sulhlar silsilasi boshlanganidan buyon katta sulhni tayyorlab kelayotgan edi. O’sha kichik sulhlar 2012 yil 10 apreldagi Kofi Annan sulhidan tortib Axzar Ibrohimiy sulhi, Barza rayoni sulhi, Qobun rayoni sulhi, shimoliy Idlib atrofidagi ikki shahar: Kufriyo va Fav’a sulhi, Damashq atrofidagi ikki shahar: Zabadoniy va Madaya sulhi, 2015 yil dekabrdagi Va’r (Vaer) rayoni sulhigacha bo’lgan sulhlardir. Amerika prezidenti bu sulhlarni olqishlab ularni kattaroq shaklda kengaytirishga chaqirdi. Bu bilan u go’yo o’sha paytdan boshlab hozirgi katta sulhni rejalashtirgandek bo’ldi. Chunki Obama o’sha vaqtda Va’r sulhi kelishuvini sharhlar ekan quyidagilarni aytdi: «… U aynan shunday mintaqalarda tatbiq etiladigan sulh kelishuvlarining bir namunasidir». «Obama bu sulh Suriyada yanada kattaroq hajmda amalga oshirilishi mumkin, dedi…». (Reyter, 2015 yil 9 dekabr)… Sulhni buzish tog’ut rejimi ishidagi bir yangilik emas. Chunki bu rejimning o’z ahdlaridan qaytishi unga ko’z ochib yumishdan ham ko’ra osonroq ekanini har bir oqil kishi yaxshi biladi! Shuning uchun bu rejim o’zi tuzgan har bir sulhni buzib keldi. Oqil kishi bitta teshikdan ikki marta chaqtirmaydi. Shunday ekan undan ko’p marta va qayta-qayta chaqtirgan kimsaga qanday baho berish mumkin?! Nabiy A:

«لاَ يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ»

«Mo’min bitta teshikdan ikki marta chaqtirmaydi» dedilar. Bu hadisni Buxoriy chiqardi (rivoyat qildi).

Aslida bu sulh bo’linmalarga, hatto mo”tadillarga ham hech qachon omonlik keltirmaydi. Hatto Suriya ahli orasidagi tinch fuqarolarga ham omonlik keltirmaydi. Chunki Amerika va Rossiya terrorizm degan so’zning mazmunini kengaytirdi. Natijada bu mustamlakachilarning xorlovchi xiyonatkorona echimini rad etadigan har bir kishi bu jinoyatchilar nazdida terrorchi bo’ladi… Bu jinoyatchilar terrorning asosi va manbai o’zlari ekanligini unutib qo’yishdi yoki o’zlarini unutganga solishdi… Zero Yaponiya, Vetnam, Iroq, Afg’oniston qirg’inlarini amalga oshirgan, Bagram, Abu G’urayb, Guantanamoda… vahshiyliklar qilgan jinoyatchilar shu mustamlakachilarning o’zidir. Grozni, Qrim, Sharqiy Yevropa qirg’inlarini amalga oshirganlar shu mustamlakachilardir. Jinoyatchilar shu mustamlakachilarning o’zidir. Alloh izni bilan ularning jinoyatlari olovi o’zlariga bir oz vaqtdan keyin bo’lsa ham albatta tegadi.

 سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِنْدَ اللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا يَمْكُرُونَ

«Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o’tgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob etajakdir» [An’om 124]

Shunday qilib demak bu sulh rejimni omon saqlab qolish uchundir. Uni qabul qilganlarga esa u halokat keltiradi. Hatto Jayshul Islom va Ahrorush Shom ham – agar bu ikki bo’linma vaqt o’tmay turib bu sulh degan jinoyat gunohidan xalos bo’lib olmasa – bu sulh yomonligidan aslo omon qolmaydi. U paytda nadomat foyda bermaydi. Chunki kofirlar hech qachon biron musulmondan rozi bo’lishmaydi, musulmonning o’z dinidan biron narsadan voz kechishigagina kifoyalanib qolishmaydi. Aksincha kofirlar musulmonning o’z dinidan butunlay voz kechishini istashadi. Alloh Subhanahu:

وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

 «Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo’lmaydilar» [Baqara 120] deb haqqi rost aytdi.

Ey musulmonlar… Ey qurolli bo’linmalar… Ey Dorul Islom markazi bo’lgan Shom ahli…

Amerika va uning tobe yugurdaklari, Rossiya va G’arb, ularning hammasi o’zlari istagan o’zgarishni paydo qilishdan ojiz bo’lgan qo’rqoqlardir va o’zlari xohlagan ilmoniy boshqaruvni o’rnatishdan ojizdir. Ular bunga faqat orangizdan o’zlariga xizmat qiladigan, dinini arzimas, o’tkinchi narxga sotadigan malay xoinlarni topishsagina erishishlari mumkin, xolos… Amerikaning Afg’onistonda qay ahvolga tushganiga qaranglar. Agar Pokistondagi va Afg’onistondagi xoinlar bo’lmaganida edi mustamlakachilar bu yurtda aslo o’rnasholmagan bo’lardi… Amerikaning Iroqdagi ahvoliga ham qarang. Agar Amerikaga xorijdan o’z tanklari bilan sherik bo’lgan malaylar bo’lmaganida edi va ichkaridagi xoinlar bo’lmaganida edi bu mustamlakachilar bu yurtni oyoq osti qilisholmas edi… Shom erida ham xuddi shunday. Demak mustamlakachi kofirlarning engilib mag’lub bo’lishi – agar ular orangizdan xoin va malayni topa olishmasa – juda oson. O’shanda ular ortlariga qochib qolishadi, Alloh izni bilan hech bir boylikni o’lja qilib olisholmaydi… Shunday ekan ana shu mustamlakachilarning bir minib yuriladigan ulovi bo’lishdan ham tubanroq bo’lgan zaif jonlar-kimsalar qarshisida bir mustahkam to’siq bo’ling, bu malaylarni qo’lidan ushlab ularni tiyib qo’ying. Chunki sizlar haqiqiy er kishilarsiz. Alloh izni ila haq royasi-bayrog’i bilaklarida ko’tariladigan va botil bayrog’i yo’q bo’lib ketadigan haqiqiy er kishilarsiz.

 إِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقًا

«Chunki botil yo’qolguvchi narsadir» [Isro 81]

Munofiqlarga quloq solishdan o’ta ehtiyot bo’ling. Chunki ular kufr ahlidan – ularning xalqaro maydondagi quvvatini sabab qilib ko’rsatib – yordam so’rash kerakligi haqida qarg’adek qag’illab jar solishmoqda. Butun kuch-qudrat Allohnikidir.

أَيَبْتَغُونَ عِنْدَهُمُ الْعِزَّةَ فَإِنَّ الْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا

«Ular o’sha kofirlar oldidan kuch-qudrat izlaydilarmi?! (Ovora bo’ladilar!) Zero, bor kuch-qudrat Allohnikidir» [Niso 139]

Abu Dovud o’zining sunanida Oisha Idan chiqargan sahih hadisda onamiz shunday dedi: Rosululloh A dedilar:

«إِنَّا لاَ نَسْتَعِينُ بِمُشْرِكٍ»

«Biz biron mushrikdan yordam so’ramaymiz». Shuni yaxshi bilingki, munofiqlarning turgan-bitgani o’ta zarardir. Shuning uchun Alim, Xabir Alloh azobda munofiqlarni kofirlardan muqaddam qo’ydi.

 إِنَّ اللَّهَ جَامِعُ الْمُنَافِقِينَ وَالْكَافِرِينَ فِي جَهَنَّمَ جَمِيعًا

«Albatta, Alloh barcha munofiq va kofirlarni jahannamga jamlaguvchidir» [Niso 140]

Ahmad o’zining musnadida Umar ibn Xattob Gdan chiqargan sahih hadisda Rosul A bunday dedilar:

«إِنَّ أَخْوَفَ مَا أَخَافُ عَلَى أُمَّتِي كُلُّ مُنَافِقٍ عَلِيمِ اللِّسَانِ»

«Men Ummatimga eng qo’rqadigan narsa tili bilag’on har bir munofiqdir».

Ey Shom ahli, o’z ahlini aldamaydigan etakchi Hizb ut-Tahrir sizlarga murojaat qiladi: Haq ustida sobit turing, sizlar shu haq uchun chiqdingiz. Malaylar, munofiqlarga hargiz aldanib qolmang. Bu munofiq, malaylar kofirlardan yordam so’rashni «koalitsiya» deb atab chiroyli qilib ko’rsatishga urinishmoqda, kofirlardan iflos pullarni olishni esa «bir-biriga hadya qilish» deb ko’rsatishmoqda, kofirlar qarshisida er o’pishni esa «oliyjanoblik» deb atashmoqda.

كَبُرَتْ كَلِمَةً تَخْرُجُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ إِنْ يَقُولُونَ إِلَّا كَذِبًا

«Ularning og’izlaridan chiqqan so’z og’ir so’zdir. Ular faqat yolg’on so’zlaydilar» [Kahf 5]

Shom Dorul Islom Uqridir. U yaqinda Alloh izni bilan yana shunday bo’lajak… Chunki zo’ravon podshohlik oxirgi nafasini olmoqda. Undan keyin Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik bo’ladi.

وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

«Alloh O’z ishida g’olibdir, lekin odamlarning ko’plari (buni) bilmaydilar» [Yusuf 21]

Hizb ut-Tahrir

15 jumodul-avval 1437h

24 fevral 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.