Misr muvaqqat prezidenti o’zining Arab Davlatlari Ligasi sammitida so’zlagan nutqida arab dunyosi qo’zg’olonchilari haqiqatini buzib ko’rsatdi va ochiqchasiga ularga qarshi turishga chaqirdi

426
0

images (11)Matbuot bayonoti

Misr muvaqqat prezidenti o’zining Arab Davlatlari Ligasi sammitida so’zlagan nutqida arab dunyosi qo’zg’olonchilari haqiqatini buzib ko’rsatdi va ochiqchasiga ularga qarshi turishga chaqirdi

Muvaqqat prezident Adliy Mansur so’zlagan nutqning asosiy qismini «Terrorga qarshi kurash» deb atalgan masala egalladi. U «Terror – xalqlarning o’z istaklarini ro’yobga chiqarish huquqlarini poymol qilishga omadsiz urinish hamda taraqqiyot sari qadam tashlashlariga xalaqit berib, barqarorlikni izdan chiqarish doirasida amalga oshadi» deb aytdi va «Terror hech bir istisnosiz barchaga tahdid soladigan bo’lib qoldi» deya ta’kidladi. Shubhasiz, Ummat vakillaridan birortasi Falastin masalasi kabi Ummatning dolzarb masalalarida va bundan boshqa masalalarda bunday sammitlardan biror ish chiqishini kutmaydi. Aksincha, ularning ko’pchiligi shuni anglab etganki, bu sammit Ummat manfaatiga xizmat qiladigan birorta ham qaror chiqargan emas. Paydo bo’lganidan to shu paytgacha biror kun ham bu mintaqada hech qanday salmoqli ish qila olmagan. Qolaversa paydo qilinishidan ko’zda tutilgan maqsad Ummatning bitta davlat soyasi ostida birlashishiga to’siq bo’lish uchun kofir G’arb qo’lida qurol bo’lib xizmat qilishi bo’lgan.

Bu Liga biror ishda muvaffaqiyat qozonmagan va hech bir ishga «Terrorizmga qarshi kurash» deya nomlangan narsaga e’tibor berganchalik e’tibor bermagan. Agar ish munofiq davlatlarning mavjud bo’lib turishiga, ularni qanday himoya qilishga hamda turli arab davlatlarida Ummat vakillari amalga oshirayotgan har qanday o’zgartirish harakatlariga qarshi turishga bog’liq bo’lsa Arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari o’rtasida uchrashuvlar uyushtirish, ular o’rtasida ishlarni muvofiqlashtirish va o’zaro ma’lumot almashishda bu sammit ko’proq muvaffaqiyat qozongan. Mana, 2014 yil 25 mart kuni o’tkazilgan Arab davlatlari Ligasi sammitida muvaqqat prezident o’z nutqida haqiqatlarni buzib ko’rsatmoqda. U Xalifalik davlatidek sof bir davlatda Islom bilan hukm yuritish istagini ro’yobga chiqarishdagi Ummat huquqini qayta olib berishga harakat qilayotganlarni terroristlar, deb sifatlamoqda. Uning aytishicha, bu kishilar xalqlarning o’z istaklarini ro’yobga chiqarish huquqlarini poymol qilishayotgan emish. Bu esa arab dunyosida kechayotgan qo’zg’olonlarga ochiqdan ochiq qarshi kurashishga chaqirishdir.

Aslida xalqlar huquqini poymol qilayotganlar muvaqqat prezident Adliy Mansur, Arab davlatlaridagi unga o’xshagan boshqa prezidentlar va barcha hukmdor qirollardir. Ular da’vo qilayotgan barqarorlik kofir G’arb davlatlari buyrug’iga bo’ysunishdir. Chunki bu davlatlardagi hal qiluvchi kofir G’arb bo’lib, ular uning qo’lidagi bir qo’g’irchoq xolos. G’arb bu qo’g’irchoqlarni o’zi xohlagan tomonga buradi. Bizning yurtlarimizdagi rivojlanish oqimini to’xtatayotganlar ham ularning o’zlaridir. Kofir G’arb o’zining bu yurtlardagi manfaatlarini himoya qilish uchun ularni qorovul qilib qo’ygan. Ular ilmiy kashfiyot va ixtirolarga qarshi kurashish, fan va texnika taraqqiyotini to’xtatish orqali bu yurtlar taraqqiyotiga putur etkazishmoqda. Buni kofir G’arb bu yurtlarni bevosita mustamlaka qilib turgan paytda belgilagan buzuq ta’lim programmalari orqali bajarishmoqda. Maqsad, tabiiy boyliklarga va aqllarga mo’l-ko’l bo’lgan bizning yurtlarimizni shu kofir G’arbning tomorqasiga, uning tovarlarini iste’mol qiluvchi bozorga, xom ashyo uchun strategik omboriga aylantirib berishdir.

Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari butun Ummat bilan birgalikda Arab davlatlari Ligasiyu uning omadsiz sammitlari voqeini yaxshi bilamiz. Ular Ummatga dushman oldida xor bo’lishdan va unga tobelik qilishdan o’zga narsa bergani yo’q. Biz ularning voqeini Ummatga ko’p marta takror-takror yoritib berganmiz. Darhaqiqat, Ummat buni anglab etdi. U ertaga Islomiy Xalifalik davlati barpo etilgan kunda biz bilan birga bunday Ligani ham, unga a’zo davlatlar hukmdorlarini ham jarlik qa’riga uloqtiradi.

«O’sha kunda mo’minlar Allohning nusratidan shodlanadilar, (Alloh) xohlagan kishilariga nusrat beradi va U qudratli, mehribondir» [Rum 4-5]

Sharif Zoyid Hizb ut-Tahrirning Misrdagi matbuot bo’limi raisi

Adres: Jalo ko’chasi 31 – Qohira

Telefon: 01015119857 – 0227738076

Elektron pochta: hizb.ut.tahrir.eg@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.