Tojikiston Pentagonning Markaziy Osiyodagi bosh hamkori

427
0

“Afghanistan Today” nashrining xabar qilishicha, Pentagon tomonidan 2016-2017 yillar uchun Markaziy Osiyo davlatlarining terrorchilikka qarshi kurashi uchun so’ralgan 50 mln dollardan katta qismini Tojikiston oladi.

AQSh mudofaa vazirligi tomonidan ma’lum qilingan hujjatda mablag’lar toliblar, “IShID” va Markaziy Osiyodagi boshqa terrorchilik guruhlari faoliyatiga qarshi kurashish uchun yo’naltiriladi va mintaqadagi barqarorlikka ko’mak berishi aytilgan. Pentagon mintaqadagi asosiy hamkori sifatida Tojikistonni aytgan, deb ma’lum qilmoqda Yeadaily nashri.

AQShda terrorchilikka qarshi kurashishni qo’llab-quvvatlash dasturini (Counterterrorism Partnerships Fund) amalga oshirish 2014 yildan boshlangan. Pentagon tomonidan so’ralgan mablag’lar (2016 yil uchun 20 mln dollar va 2017 yil uchun 30 mln dollar) Afg’oniston bilan chegaralarni qo’riqlashni kuchaytirish, noqonuniy migratsiya, giyohvand moddalar va qurol-aslaha aylanmasiga qarshi kurashishga ko’mak berishga yo’naltiriladi.

Turkiston:

2001 yil 11 sentyabr terakti uyushtirilganidan so’ng AQSh hukumati “kim biz bilan bo’lmasa, u bizga qarshi” shiorini ko’tarib, Islom va musulmonlarga qarshi keng ko’lamli urush boshlab yuborgan edi. AQSh avval boshda Usoma bin-Lodin va “Al-Qoida” tashkilotini “olabo’ji” qilish orqali butun dunyoni o’zi bilan birga bo’lishga majbur qildi.

Ammo AQSh olib borgan bu urush o’z natijasini bermadi, aksincha musulsonlarni uyg’onishlariga va o’z dinlari sari dadil qadamlar tashlashiga turtki bo’ldi. Ish shu darajaga borib etdiki, Islom o’z tuzumiga ega bo’lgan mabda ekanligi, Xalifalik davlatini tiklash musulmonlar uchun Alloh tomonidan farz qilingan amal ekanligi olamiy ko’rinishda muhokama va munozara qilinidigan bahs mavzusiga aylanib ketdi. Hatto AQSh va Yevropa davlatlari etakchilari “Ular Indoneziyadan to Ispaniyagacha bo’lgan hududda Xalifalik davlatini qayta tiklamoqchilar”, “Biz “isroil” davlatini surib tashlaydigan harakat bilan to’qnashmoqdamiz, g’arbni Islom olamidan yo’q qilib, jami Islom Ummatiga Xalifalik o’rnatilishi bilan shariat asosida boshqaradigan yagona islomiy davlatlarini tiklaydilar”, deyishga majbur bo’lishdi. Bu orqali ular butun dunyo e’tiborini yana bir karra o’zlari uchun asosiy dushman hisoblagan Islom va musulmonlarga qarshi yanada ayovsiz kurash sari undadi.

Amerikaning Islom va musulmonlrga qarshi olib borayotgan urushi Markaziy Osiyodagi mustabid rejim rahbarlariga ham qo’l kelmoqda. Ular shu bahonada o’zlari uchun istalmagan bo’lgan harakat va shaxslarni yo’q qilish, qug’in va qatog’on qilishda foydalanishmoqda va mavjud bo’lmagan xavflarni bo’rttirib ko’rsatish orqali ulardan arzimagan sadaqalarni qo’lga kiritishga intilishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.