Isaqov: A.Atambaevning Yevropa davlatlariga tashrifi – bizning prezidentni misli ko’rilmagan safari

516
0

Prezident apparati tashqi siyosat bo’limi boshlig’i Sapar Isaqovning xabar qilishicha, Almazbek Atambaevning Frantsiyaga tashrifi Qirg’iziston prezidenti tarixdagi birinchi safar bo’ladi.

Uning so’zlariga ko’ra, prezidentning Yevropaga sayohati 22 martdan boshlanadi, birinchi tashrif Avstriyaga, keyin Frantsiyada bo’lib hamkasbi bilan uchrashadi, Shveytsariyada ham prezident va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashadi, shuningdek A. Atambaevning Bryusselda (Belgiya) Yevropa Ittifoqi vakillari bilan ikki tomonlama ishchi uchrashuvlari bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan va 1 aprel kuni Germaniya prezidenti va kantsleri bilan ikki tomonlama uchrashuvlari bilan sayohat nihoyasiga etadi.

“Bu prezidentimizning misli ko’rilmagan safaridir. Bu mamlakat tanlagan, mamlakatda yuz berayotgan islohotlarni Yevropa Ittifoqi qo’llab-quvvatlayotganiga ishoradir. Ko’rib turganingizdek, prezident Yevropa Ittifoqining etakchi davlatlariga tashrif buyuradi, tashrif dasturi juda keng, birinchi navbatda biz siyosiy dialogni yaqindan yo’lga qo’ymoqchimiz, uning doirasida biz tashrif dasturidagi barcha masalalar, Qirg’izistonning ichki hamda uning tashqi va xalqaro siyosati, shuningdek Qirg’izistonda o’tkazilishi ko’zda tutilayotgan parlament saylovlarini muhokama qilmoqchimiz. Bu sohada Yevropa davlatlari bizni ham moliyaviy, ham texnik tarafdan qo’llab-quvvatlamoqdalar”, dedi Sapar Isaqov.

Turkiston:

Atambaev ham huddi Nazarbaev singari Putinni 10 kun bedarak yo’qolishi ortidan Rossiyaga bo’lgan qattiq ishonchini yo’qota boshlagan ko’rinadi. Nazarboev Turkiyada bo’lib o’tgan turkiyzabon xalqlar anjumanida SSSR va Rossiyani yurtlarimizga bostirib kirgan bosqinchilar degan edi. Siyosiy taxlilchilar Nazarboevning nutqida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga xilof taklif va istaklar bildirganini aytishmoqda.

Rossiyaning siyosiy elitasi o’rtasida bir narsa bo’lganini hamma sezib turibdi. Kechagi ma’lumotlarga ko’ra, Rossiya urushni Kavkaz tomon surib yuborishi mumkinligi aytilmoqda. Yana O’rta Osiyodagi harbiy quvvatini ham bir necha barobarga ko’paytirishi mumkin. Bu Kremlda maxfiy davlat ag’darilishi bo’lganini va AQSh bilan til biriktirgan kuchlarning qo’li baland kelib, Putinni o’z maqsadlari tomon yurgiza olganlarini anglatgan bo’lar edi. Chunki, Rossiya Ukrainadagi norasmiy urushda o’z askarlari bilan tiqilib qoldi. Bundan tashqari Rossiyani kapitalistlar o’rniga oligarxlar boshqarib keladi. Bu esa kapitalistdan ham xavfliroq qatlam hisoblanadi.

Kapitalistlar davlatga o’z kapitali orqali bosim berish bilan ta’sir ko’rsatishsa, oligarxlar davlatni o’z qo’llarida ushlab turib, o’sha davlatning pullari va siyosiy quvvatlari bilan davlatga ta’sir ko’rsatishadi. Huddi ana shu, Putinning o’zi paydo qilgan aligarxlari Yevropa va AQSh tomonidan qo’yib kelinayotgan iqtisodiy sanktsiyalar va siyosiy bosimlar ortidan ko’rishayotgan ziyonlarni ko’tarolmay qolishdi. Taxlilchilarning aytishlaricha, Kremldagi muammoning asosi shu erdan kelib chiqqan. Ukrainadagi urushning tagi ko’rinmayotganidan tashqari, maqsadlari ham mubxamlashib bormoqda. Agar shu taxminlar rost bo’lsa, Rossiya urushni Ukrainadan Kavkazga va balki O’rta Osiyoga ham ko’chirishga harakat qiladi.

Nima bo’lgan taqdirda ham Rossiya siyosiy elitasi o’rtasidan darz ketdi. Buni hatto Atambaev ham sezib qolgandek ko’rinadi. Uni Putin bilan uchrashuvidan avval Moldovaga maxfiy borib kelishi, endi esa oshkora bir necha yirik davlatlarga turne uyushtirishi, albatta bejiz emas. Chunki, Qirg’iziston may oyidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilishi ortidan bu o’lkadagi barcha davlatlar bilan aloqalar yomonlashishi kutiladi.

Demak, Atambaev xalqaro siyosatda faqat Rossiya bilan bir tomonlama hamkorlik siyosati xavfli ekanini anglab etgan ko’rinadi. 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.