AYoL ISLOM “KO’ZI”DA

2272
0

بســـــم الله الرحمن الرحيم

AYoL ISLOM “KO’ZI”DA

Qiz farzand tug’ulganda otalar har xil munosabatda bo’ladi, biz ularni eslatmoqchi emasmiz. Biz Islomning qiz farzandga bo’lgan e’tiborini bayon qilmoqchimiz. Abu Sa’d al-Xudriy Rosululloh(s.a.v)dan rivoyat qiladi: “kimki uchta qizni boqib, ularga odob bersa va ularni turmushga chiqarsa va ularga yaxshilik qilsa, u uchun jannatdur”. Abu Dovud rivoyati.

Abu Sa’d al-Xudriy(r.a) Rosululloh(s.a.v)dan rivoyat qiladi: “kimki uchta qizi yoki opa-singillari bo’lsa yoki ikki qizi yoki opa-singillari bo’lsa va ularga yaxshilik munosabatda bo’lsa va ular borasida Allohdan taqvo qilsa, u uchun jannatdur”. Termiziy rivoyati.

Uqba ibn Omir Rosululloh(s.a.v)ning shunday deganini eshitdim: “kimiki uchta qizi bo’lib, ularga sabr qilsa va xasislik qilmasdan edirib, ichirib, kiydirsa, ular Qiyomat kuni duzahdan to’siq bo’ladi”. Ibn Mojjah rivoyati.

Ha, bu Islomning qizlarga bo’lgan e’tibori. Qiz tug’ilgan oilaga haqiqiy kuvonch, shodlikdir. Chunki ular ota uchun va aka-ukalar uchun jannat “kalitlari”, duzahdan “qalqon”dir. Bunga erishish uchun tinmay harakat qilishi kerak. Ularni yaxshi tarbiyalash, edirib, ichirish, kiyintirish va to turmushga chiqargunicha ular haqida qayg’urish, bosh qotirish lozim. Shunday otani qaysi qiz yoki ayol o’z farzandiga xohlamaydi?

Islomiy nuqtai nazarga ko’ra, erkaklar o’z ayollariga qanday qarashligi lozimligini quyida qisqacha bayon qilamiz: Abu Hurayra(r.a)dan Ibn Hibbon va Termiziy hasan sahih deb rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v) shunday dedilar: «Mo’minlar orasida eng iymoni mukammal kishi, xulqi go’zal bo’lgan kishidir. Sizlarning yaxshilaringiz xotinlariga yaxshi xulqda bo’lgan-laridir».

Oisha onamiz(r.a)dan Hokim va Termiziy hasan hadis deb rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v) shunday dedilar: «Mo’minlar ichida eng iymoni mukammali, xulqi go’zallari va o’z ahli-oilasiga yumshoq muomalada bo’lganlaridir».

Oisha (r.a.)dan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v) shunday dedilar: «Sizlarning yaxshilaringiz o’z ahli oilasiga yaxshi munosabatda bo’lganlaringizdir. Sizlarning ichingizda oilasiga eng yaxshi munosabatda bo’lgan kishi menman». Ibn Hibbon rivoyati.

Kim Rosululloh(s.a.v)ni o’ziga namuna qilaman desa, Islom Ummati ichida eng yaxshilaridan bo’lishni xohlasa, ayoliga qo’lidan kelgan yaxshiligini qilish uchun xarakatda bo’ladi. Islom erkaklarga shunday ko’rsatmalarni beradi.

Abu Hurayra(r.a) rivoyat qiladi: bir kishi Rosululloh(s.a.v)ning oldilariga kelib; “Ey, Rosululloh, insonlarning qaysinisi yaxshiliklarimga eng haqli? deb so’radi. Onang dedilar. Keyinchi? Keyin onang dedilar. Keyinchi? Keyin onang dedilar. Keyinchi? Keyin otang dedilar”. Buxoriy rivoyati.

Anas ibn Molik(r.a) rivoyat qiladi, Rosululloh(s.a.v) dedilar: “jannat onalar oyoqlari ostida”. Ash-Shahhob al-Qazoiy rivoyati. Jannatga erishishga va duzaxdan saqlanishga intilgan mo’min doimo qizlariga, opa-singillariga mehribon, ayoligi faqat yaxshilik qiluvchi, onasini esa boshida ko’ratib yurish uchun chora izlaydi. Haqiqiy yaxshilik abadiy hayotda duzahdan saqlashdir. Alloh Taolo aytadi:

 قُوا أَنْفُسَكُم وَأَهْلِيكُم نَاراً –

«O’zlaringizni va ahli oilalaringizni do’zaxdan saqlangiz». [66:6]

Ali (r.a.) bu oyatni: ularga (ya’ni ahli-oilaga) ta’lim va odob beringlar – deb tafsir qildilar. Ibn Umardan rivoyat qilgan muttafaqun alayh hadisda kelgan Rasululloh (s.a.v)ning: «…er kishi o’z oilasida rahbardir va u qo’l ostidagilardan javobgardir…» degan so’zlari, kishining o’z ahliga amru-ma’ruf va nahiy-munkar qilishining hamda ularni do’zax o’tidan saqlashga zo’r berib intilishi vojib ekanligini taqozo qiladi. Ammo ularga ozor, xaqorat etsachi? Onasi, qizlari, opa-singillari va ayoli uning or-nomusidir. Shuning uchun er – garchi o’limga olib borsa ham – bu or-nomusni himoya qilishi vojib bo’ladi. Bunga Payg’ambar (s.a.v)ning: «Kimki o’z or-nomusini himoya qilayotgan paytda o’ldirilsa, bas, u shahiddir» degan so’zlari dalildir.

Muhammad Xolid.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.