Mahbuslarning soqollarini majburan olishmoqda

410
0

“BBC” o’zbek xizmatining Frantsiyada joylashgan “Markaziy Osiyodagi Inson Huquqlari” tashkiloti bayonotiga tayanib xabar qilishicha, Qirg’izistonning Chuy viloyati Novo-Pokrovka qishlog’ida joylashgan 3-son jazoni o’tash mahkamasida, mahbuslardan soqollarini olish talab etilmoqda.

Tashkilot xabariga ko’ra, bu kabi ma’lumot O’sh shahridagi 5-son tergov izolyatoridan ham olingan va asta-sekin respublikadagi qolgan jazoni o’tash va saqlash mahakamalarida ham kuzatilmoqda.

“Kimki, qoidaga rioya qilmasa, kuch bilan soch va soqoli olinayapti. Ko’plarini jarima izolyatoriga joylashtirib, ularni yaqinlari bilan uchrashuvdan va oziq-ovqatdan mahrum etyapti. Bu kabi qoidalar dinidan qat’iy nazar, barcha mahkumlarga qo’llanilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, xozirgi kunda Qirg’iziston qamoqxonalarida 182 ming mahkum saqlanmoqda” – deyiladi “Markaziy Osiyodagi Inson Huquqlari” tashkiloti bayonotida.

Turkiston:

Qirg’iziston hukumati ham O’zbekiston jallodi Islom Karimovning izidan borib qamoqxonadagi mahbuslarga asta-sekin bosim o’tkazish yilini tanlagan ko’rinadi.

O’zbek rejimi ham avval boshda qamoqxonalardagi masjidlarni buzib, jamoat bo’lib namoz o’qishni taqiqladi va mahbuslarni saqol qo’yishga ruxsat bermagan bo’lsada, yakka holda namoz o’qish va ramazon oyida ro’za tutishga qarshilik qilmagan edi. Keyinchalik esa, tashqarida, ko’pchilik oldida namoz o’qishni man qilib, mahbuslardan yotoq joylarida, kravat ustida namoz o’qishni talab qildi. Bi ishni ham uddalagach esa, garchi odamlar ko’zidan panada, yotoq joyida bo’lsa ham tik turib namoz o’qiganlarni jazolab, o’tirib namoz o’qish talabini qo’ydi. Bunga rozi bo’lmagan mahkumlarni jazolay boshladi. Tik turgan holda namoz o’qishni taqiqlab, namozxon musulmonlarni o’tirib namoz o’qishga majbur qilishga muvaffaq bo’lganidan keyin esa o’tirib namoz o’qishga ham taqiq qo’ydi. Oxir oqibat shu darajaga borib etdiki, musulmon mahkumlar qamoqxona ma’muriyati yoki mahkumlar ichidagi quloqlardan berkitiqcha, yotgan holatda namoz o’qishga majbur bo’lishdi. Yotgan holda bo’lsa ham namoz o’qiyotganda qo’lga tushganlarni esa g’ayriinsoniy qiynoqlar kutib turadigan bo’ldi. Jazo izolyatorlariga tashlash, qish-qirovli kunlarda bitta ich kiyim bilan ochiq havoda uzoq vaqt ushlab turish, oyog’i ostiga temir tayoq va dubinkalar bilan hushidan kutguncha urishlar odatiy ishga, odatiy jazo choralariga aylanib qoldi. Qanchadan-qancha birodarlarimiz o’zbek rejimi qamoqxonasida namozni qayta tiklash, Allohning farzlarini bajarish yo’lida shahidlik martabasiga erishishdi, inshaAlloh.

Qamoqxona ichida namoz va ro’za tutishni batamom taqiqlab qo’yganidan keyin esa musulmon mahkumlarni o’z e’tiqodlaridan qaytishga, prezidentga kechirim xat yozishga majbur qildi. Ammo iymon lazzatini totib ko’rgan hamda bu dunyoni bir sinov maydoni deb bilgan musulmon birodarlarimiz rejim talablarini bajarishdan bosh tortib o’z e’tiqod va tanlagan yo’llarida sobit turishlari rejim jallodlarini quturtirib yubordi. Shu sababli ham ularni jismonan yo’q qilish yo’liga o’tib olishdi. Hozirgi kunda O’zbekiston qamoqxonalaridan har oyda ikkita-uchta musulmon birodarlarimizning o’liklari chiqishi odatiy hol bo’lib qoldi.

Agar Qirg’iziston hukumati ham jazoni o’tash muassasalarida saqol qo’yishni man qilishga muvaffaq bo’lsa, undan so’ng keyingi tashlaydigan qadami qamoqxonalardagi masjidlarni yopish va namoz o’qishni taqiqlash bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.