Gretsiyadagi moliyaviy krizis

527
0

Savolga javob

Gretsiyadagi moliyaviy krizis

Savol:

Gretsiyadagi moliyaviy krizis Yevropa mahalliy hodisalari hamda olamiy hodisalar qatoridan katta o’rin oldi va keng doiradagi tortishuvlar, tahlillar, savollar va taxminlarga sabab bo’ldi… Gretsiya Yevropaning qutqazish rejasiga rozilik bergani e’lon qilindi. Bizda shunday savol bor: Bu krizis voqeligi nimadan iborat va u qanday paydo bo’ldi? Ta’sir o’tkazuvchi davlatlarning bu krizisdagi roli nimadan iborat? Ana shu reja Gretsiya krizisini hal qila oladimi? Savol cho’zilib ketgani uchun uzr so’raymiz, Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob:

Bunga javob berish uchun bu krizisdagi yangi jihatlarni ko’rib chiqamiz. Biz 2015 yil 28 fevraldagi tahlilimizda o’sha paytda bu mavzu haqida bo’layotgan narsalarni ko’rib chiqqan edik. Shunday bo’lsada yangiliklarga e’tibor berish bilan birga bo’lib o’tgan narsalarga ham nazar tashlab o’tamiz:

Birinchi: Bu krizis voqesi:

1 – Gretsiyadagi iqtisodiy krizis ildizlari bu mamlakat 2001 yilda evro mintaqasiga kirgan vaqtga borib taqaladi. O’sha paytda Amerika hukumati Amerika kredit reytingi shirkatlari orqali til biriktirgan, natijada bu shirkatlar Gretsiyaning reyting darajasini ko’targan edi. Amerika Gretsiyaning evromintaqaga qabul qilinishi uchun shunday qilgan edi. Gretsiya buni bila turib «o’zining moliyaviy ahvolini evromintaqa rahbarlaridan yashirgan edi. Gretsiya evroga qo’shilganidan keyin Konstantinos Karamanlis boshchiligidagi tsentrist hukumati 2004 yil martda hokimiyatga keldi. Bu hukumat qo’rqinchli faktlarni aniqladi, ulardan eng muhimi byudjetdagi kamomad oldingi hukumat evroga qo’shilgan paytda bildirganidek 1,5 % emas, balki 8,3 %ga etganligi edi, ya’ni kamomad ishonib kelinganidan besh yarim marta yuqori edi» (Misrul Arabiyya yoritishlari, 2015 yil 22 iyul). Shunday qilib demak Amerika evromintaqaga bir portlovchi minani kiritishni istagan, vaqti kelib ana shu qarzlar muammosi «portlab» evromintaqa krizisga botishi va ana shundan keyin evro qiymati tushib ketib dollar bilan raqobatlasha olmaydigan ahvolga tushib qolishi uchun Amerika shunday makr qilgan. Shunday ham bo’ldi, chunki ko’p vaqt o’tmay Gretsiya elkasidagi ulkan qarzlar krizisi yuzaga chiqdi.

2 – 2008 yildan beri Gretsiya qarzlarni to’lash uchun yana qarzlar olish orqali bu krizisdan chiqib ketishga urinmoqda, lekin bu urinishi foyda bermayapti. Birin-ketin almashayotgan hukumatlar ham qarz olish orqali iqtisodga zo’r berib mablag’lar tashladi, lekin mamlakat iqtisodini qutqaza olmadi. Chunki bu hukumatlar Gretsiya elkasida tog’dek uyilib yotgan qarzlarni to’lash uchun, ribo (protsent)dan iborat va o’zining qarzlari bo’yicha to’laydigan sug’urta pullaridan iborat qarz xizmatlarini to’lash uchun yana qarz olmoqda. «Shunda Gretsiyaga yordam uchun evromintaqadagi boshqa davlatlar Yevrokomissiya, Yevropa markaziy banki va Xalqaro Valyuta Fondidan tashkil topgan troyka deb atalayotgan narsa ko’rinishida aralashdi. 2010 yil mayda evromintaqa rahbarlari Gretsiya hukumati bilan 110 milliard evro qiymatida qutqazish qarzi berish borasida kelishib olishdi. Lekin bu qutqazish og’ir shartlar bilan birga keldi. Bu shartlar orasida hukumatning soliqlar yig’ish tizimini yaxshilash va omma xalqqa qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirish sharti ham bor. Bu mamlakat byudjetini tartibga solishga urinishdir. Qutqazish uchun berilgan qarzning birinchi qismi Gretsiya ahvolini yaxshilashga etarli bo’lmagani uchun hukumat 2012 yil fevralda qutqazish fondidan yana bir qarz olishga rozi bo’ldi, bu bilan esa qarzga olingan pullarning umumiy summasi 246 milliard evroga etdi. Tejamkorlikning yangi rejasi bo’yicha kelishuv avvalgisidan ham og’ir bandlar bilan bo’ldi, natijada ishlar yanada yomonlashib ishsizlik darajasi 25 %dan oshib ketdi, ishsizlik darajasi yoshlar o’rtasida 50 %dan ham yuqoridir» (Misrul Arabiyya yoritishlari, 2015 yil 22 iyul). Bu ahvol soliqdan tushadigan kirimlarning kamayishiga olib keldi. Bu esa hukumat byudjetidagi keskin kamayishga olib keldi va Gretsiya hukumatini o’zining to’lov vaqtlari kelgan qarzlarini to’lashdan ojiz qilib qo’ydi. Gretsiya Xalqaro Valyuta Fondiga va Yevropa Ittifoqi bankiga to’lashi kerak bo’lgan qarzlarini vaqtida to’lash uchun kurashib bu valyuta fondi va Yevropa banki bilan muzokara olib borishga urindi, lekin qarz berganlar to’lov shartlarini o’zgartirishni rad etishdi. Shunday qilib Gretsiya qarzga botishda va uning iqtisodiy ahvoli bir joyda depsinishda davom etaverdi… Shuning uchun hukumat tejamkorlikning yangi paketi haqida bosh qotiradigan bo’ldi! Lekin Gretsiyadagi odamlar oldingi tejamkorlik paketi achchiqligini totib ko’rishgan edi. Shuning uchun 2014 yil noyabrdagi saylovlarda TSipras bu ahvoldan foydalanib o’zining saylov kampaniyasini tejamkorlikka qarshi asosga qurdi, odamlarni Yevropa Ittifoqining rejalarini va qarz beruvchilarning shartlarini rad qilish uchun harakatga keltirdi, agar saylovda g’alaba qozonsa tejamkorlik bo’lmagan shartlar bilan muzokaralarni qayta boshlashni va’da qildi… Ana shundan keyin u saylovlarda g’olib chiqdi.

3 – TSipras Yevropa Ittifoqi va qarz beruvchilar qo’ygan shartlardan hech narsani o’zgartirolmadi, o’zi odamlarni harakatga keltirgan norozilik namoyishlariga va tartibsizliklarga qaramay qarz beruvchilarni va Yevropa Ittifoqini qarzlarni engillatishga majbur qilolmadi. Chunki u «o’ng qo’l» bilan qonlarni so’radigan kapitalizm siyosatlari bilan yuzma-yuz kelgan edi, hozir esa u «chap qo’l» bilan qonlarni so’radigan kapitalizm va sotsializm siyosatlaridan iborat bir qorishma bilan yuzma-yuz kelmoqda! Bu siyosatlar esa farovon hayotni ham, to’g’ri hayot kechirishni ham vujudga keltirmaydi, aksincha kurash to’xtovsiz davom etaveradi… Krizis ana shu tarzda chigallashib jiddiy tus oldi, ana shundan keyin Gretsiya bank sistemasiga bo’lgan ishonch pastlab ketdi, balki bu ishonch yo’qotildi, natijada omonat qo’yilgan pullarni qaytarib olish avj oldi: «Katimerini gazetasining bildirishicha, Gretsiya banklari hisob-kitoblariga ko’ra banklarga omonat qo’ygan gretsiyaliklar joriy haftaning boshidan beri ikki milliard evrodan ko’proq pullarni qaytarib olishgan…» (Al-Jazira, 2015 yil 21 fevral). «Gretsiya markaziy banki tomonidan chiqarilgan bayonotlarda ma’lum qilinishicha xususiy banklarga omonat qo’yilgan pullar 23 milliard evroga yaqin miqdorda kamaygan, bu 2014 yil noyabrdan boshlab 2015 yil maygacha bo’lgan davrda omonat qo’yilgan pullar umumiy summasining qariyb 18 %ini tashkil qiladi…» (Raqamlar sayti, 2015 yil 3 iyun). «2015 yil 15-18 iyul kunlari oralig’ida qaytarib olingan pullar hajmi qariyb 3 milliard evroga (3,39 milliard dollarga) etdi. Bu esa shaxslar va shirkatlarning aprel oyi oxirida Gretsiya banklariga qo’ygan omonat pullari umumiy summasining 2,2 %ga yaqinini tashkil qiladi». (Reyter, 2015 yil 19 iyun).

4 – Gretsiya krizisga g’arq bo’lib yotibdi, uning ahvoli juda achinarlidir. Lekin shunga qaramay Yevropa Ittifoqi, ayniqsa Germaniya tejamkorlik shartlari bilan to’la keskin hujumni davom ettiraverdi. Masalan, Germaniya Gretsiyadan moliyaviy qutqazish va iqtisodiy yordam operatsiyalari evaziga tejamkorlik programmalarini amalga oshirishni talab qildi. Bunga jumladan Gretsiyaning o’z sarf-xarajatlarini kamaytirishi, ijtimoiy ta’minotga sarf-xarajatni butunlay to’xtatish, hukumat idoralaridagi vazifalar hajmini kamaytirish, qarzlarni to’lashni eng birlamchi vazifa qilib qo’yish kabilar kiradi. Bularning oddiy Gretsiya fuqarosiga etkazadigan alam-aziyatlaridan qat’iy nazar shunday tadbirlarni ko’rish talab qilindi. Germaniya yuklagan tejamkorlik tadbirlari ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy parokandalikka olib keldi. Shunday qilib hozirgi krizis – hozirgina aytib o’tganimizdek – shiddatli tus oldi, ayniqsa banklardan pullarni qaytarib olish kuchaygan paytda shunday bo’ldi, ana shundan keyin banklar yopildi… Muzokaralar boshlandi va Gretsiya hukumati muddati to’rt oy bo’lgan qo’shimcha qutqazish davrini talab qildi. Hukumat bu muzokaralarda mana shu qutqazish kelishuvi shartlarini yaxshilashga erishilar degan umidda ana shu qo’shimcha muddat berilishini talab qildi. Bu muddatning 2015 yil iyunda tugashi to’g’risida qaror qilindi. Bu muzokaralarni so’lchi partiya Siriza agar 2014 yil oxiridagi saylovlarda g’olib chiqsa olib borishni va’da qilgan edi. Bu partiya Gretsiyaning qarzlari borasida qayta muzokara o’tkazishni va qarz berganlar qo’ygan tejamkorlik shartlariga aslo bo’ysunmaslikni va’da qilgan va mana shu asosda saylovlarda g’alaba qozongan edi… Gretsiya hukumatining iyun oxirida to’lov vaqti kelgan qarzlarni qarz berganlarga to’lashiga qaror qilingan edi. Bu qarzlar 1,6 milliard evroga etdi. Lekin hukumat buni to’lash uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan beriladigan qutqazish pullariga muhtoj edi. Shuning uchun hukumat ana shu pullarni olish uchun kelishuv bandlariga o’zgartirish kiritmoqchi bo’ldi. Bu qayta muzokaralar ko’pgina uchrashuvlarga olib keldi, lekin bu uchrashuvlarda bironta kelishuvga erishilmadi. Shuning uchun Xalqaro Valyuta Fondining rasmiy vakili Jerri Rays 11 iyun payshanba kuni fondning muzokaralarda qatnashayotgan vakillari Gretsiyani qutqazish so’zlashuvlaridan chiqib ketishgani sababini bunday deb izohladi: «Gretsiya «stadioni»dagi «koptok» shu darajada kattaki, buning oqibatida ko’pgina asosiy jihatlarda o’rtamizda katta kelishmovchiliklar bor, bu kelishmovchiliklar doirasini toraytirishda oxirgi paytlarda hech qanday oldinga siljish bo’lmadi». Xalqaro Valyuta Fondi Afinani yon bermasliklarda aybladi, buning ortidan nemis moliya vaziri Yerun Deysselblum 12 iyunda bunday dedi: «… Agar Gretsiya o’ziga o’zi yordam berishni istamasa biz Gretsiyaga yordam berolmaymiz… Gretsiyaliklar jiddiy takliflar bilan kelishlari lozim».

5 – Gretsiya hukumati Yevropa Ittifoqi shartlari o’rniga bir qancha qator takliflarni kiritdi. Lekin Yevropa Ittifoqi bu takliflarni har safar rad qildi. Buning aksi o’laroq Yevropa Ittifoqining taklif qilgan paketi nafaqaxo’rlar, hukumat idoralari xizmatchilari oladigan maoshlarni va hukumat byudjetini keskin qisqartirishlardan iborat edi. Buning evaziga qutqazish pullari va Gretsiya banklariga pullar beriladigan bo’ldi. Gretsiya hukumati qarzlarni bekor qilmoqchi va tejamkorlikni ko’proq yillarga taqsimlamoqchi bo’layotgan bir vaqtda Germaniya bu paketga shiddat bilan boshchilik qildi. Shuning uchun Gretsiya hukumati Yevropa Ittifoqi talab qilgan tejamkorlik talablarini birato’la keskin rad qildi… Yevropa Ittifoqining muzokara olib borgan vakillari o’zlari qo’ygan shartlarni o’zgartirishni rad etishdi va Gretsiya o’zining 27 iyunda to’lash vaqti kelgan qarzlarini to’lash uchun ishlatishi kerak bo’lgan pullarni hibs qilib qo’ydi. Shu sababli Gretsiya hukumati Yevropa Ittifoqi tomonidan muzokaralarda taklif qilingan shartlarni 2015 yil iyulda o’tkaziladigan referendumda xalq hukmiga havola qilajagini e’lon qildi… Gretsiya hukumati referendum orqali Yevropa Ittifoqiga bosim o’tkazishga urindi. Yevropa Ittifoqi muzokarachilarining yon berib shartlarni engillatishga majbur bo’lishlarini umid qilib shunday yo’l tutdi.

6 – Referendum arafasida Gretsiya bosh vaziri saylovchilarni bu shartlarni rad qilishga va referendumda «yo’q» deb ovoz berishga chaqirdi. Yevropa Ittifoqida qolish tarafdorlarini «yo’q» deb ovoz berishga qiziqtirish uchun Gretsiya bosh vaziri TSipras televidenie orqali murojaat qilib Gretsiyaning evro mintaqaga a’zoligi xatarda emasligini aytdi… Shuning uchun 5 iyulda Gretsiya fuqarolarning katta qismi qutqazish rejasidagi shartlarni rad etishni yoqlab ovoz berishdi. Chunki 61 % yo’q, deb ovoz bergan bo’lsa, 39 %i ha, deb ovoz berdi, referendumda ishtirok etganlar nisbati 62,5 %ni tashkil qildi… Referendumda yo’q, deb ovoz berilgan bo’lsa-da bu natija Yevropa Ittifoqini, ayniqsa Germaniyani ana shu shartlardan chekintirishga ta’sir qilolmadi. Shuning uchun Gretsiya yangi takliflarni ilgari surishga rozilik berdi, bu yangi takliflar evro mintaqaning 7 iyuldagi sammitiga qilinadigan bo’ldi. Shu bilan birga nemis moliya vaziri Gretsiya qarzlarini kamaytirishga oid har qanday taklifni o’rganib chiqishni rad etdi!

7 – Tortishuvlardan keyin evro guruh va Gretsiya 2015 yil 13 iyulda bir o’zaro kelishuvga erishdi. Kelishuv bo’yicha qutqazish programmasi deb atalayotgan narsa bo’yicha so’zlashuvlar olib boriladigan bo’ldi. Bu programmaning qiymati 86 milliard evro bo’lib, muddati uch yildir. Buning muqobilida mamlakat evro mintaqada deyarli defolt bo’lgan mamlakat sifatida qoldiriladi. Gretsiya hukumati imzolashga majbur bo’lgan bu kelishuvda soliqlarni oshirish, nafaqa nizomini isloh qilish, ya’ni nafaqaxo’rlarni tang ahvolga solish, sarf-xarajatlarni kamaytirish mexanizmini ishlab chiqish, fuqarolik tadbir-choralari qonunini qabul qilish, Gretsiya banklariga pul bilan yordam berishga taalluqli qonunni ishlab chiqish, omma mulklarini xususiylashtirish ishlarini o’tkazish (hozirgi hukumat bunga qarshilik qilib kelayotgan edi), shunga taalluqli bir fondni ta’sis etish ko’rsatilgan. Bu fond Gretsiyaga qarz bergan uchta kuchga: Yevrokomissiyaga, Yevropa markaziy bankiga va Xalqaro Valyuta Fondiga topshiriladi. Bu uch kuchning vakillari Gretsiya iqtisodini nazorat qilish uchun Afinaga keladi, ularga hukumat qarorlariga e’tiroz bildirish va ba’zi qonun loyihalariga va fikr so’rovlariga aralashish huquqi beriladi, kelishuv bo’yicha Gretsiyada ko’pgina xizmatlar va tovarlarga solinadigan qo’shimcha qiymat solig’i 13 %dan 23 %ga oshiriladi. Gretsiya bu kelishuv orqali 320 milliard evroga etgan qarzlari strukturasini qayta tiklash imkoniga ega bo’lgan bo’lsa-da lekin bu qarzlardan hech bir qismini bekor qilinishiga muvaffaq bo’lolmadi. Gretsiya qiymati 35 milliard evro bo’lgan paket bo’yicha muddati o’rtacha bo’lgan qarz oldi. Bu qarz u mamlakatni iqtisodiy turg’unlik holatidan chiqarishda yangi investitsiyalarni jalb qiladi degan da’vo bilan olindi… Shunday qilib demak evro mintaqa liderlari Gretsiya bosh vaziri TSiprasni tejamkorlikka barham berish haqidagi va’dalaridan voz kechishga majbur qilishdi. Ular uni Gretsiyaning o’z suverenligining katta qismidan ana shu qarz bergan uchta kuch tomonidan bu mamlakat ustidan bo’ladigan xorijiy nazorat foydasiga voz kechishiga ham majbur qilishdi. Shunga binoan Yevropa Ittifoqi favqulodda fondi 2015 yil 20 iyulda Gretsiyaga shoshilinch qarz berdi. Bu qarz miqdori 7,16 milliard evro bo’lib, u Xalqaro Valyuta Fondiga va Yevropa markaziy bankiga Gretsiya to’lashi kerak bo’lgan shoshilinch qarzlarini to’lashi uchun berildi. Bu Yevropaning Gretsiyani qutqazish rejasi doirasida amalga oshirildi. Gretsiya moliya vazirligi o’zining «(bu qarzdan) 3,5 milliard evroga etgan asl qarzdan va bu qarz ustiga mingan protsent (bu protsent 700 million evroga etgan) to’lovlardan iborat 4,2 milliard evroni Yevropa markaziy bankiga to’lashini hamda 2,05 milliard evroni 2015 yil 30 iyundan boshlab to’lanishi kerak bo’lgan, qolib ketayotgan qarzlar hisobidan to’lashini bildirdi, bu vazirlik qiymati 500 million evro bo’lgan qarzni ham Gretsiya markaziy barkiga qaytaradi» (Sharqul Avsat, 2015 yil 20 iyul). Demak Yevropa Ittifoqi fondidan olingan qarz Gretsiya iqtisodini qutqazish uchun emas, balki shoshilinch to’lanishi kerak bo’lgan qarzlarini to’lash uchundir. Bu qarz Gretsiya ustida uyulib yotgan katta qarzning va ribo-protsentning bir qismidir. Shunday qilib Gretsiya qarzlar botqog’iga botgan holda qolib ketaveradigan bo’ldi.

Shundan keyin Gretsiya banklari bank xizmatlari qarshisida o’z eshiklarini ochdi. Bu xizmatlar pul olish va sarmoyalarni nazorat qilish operatsiyalariga solingan cheklovlar doirasida ko’rsatiladigan bo’ldi. Cheklovlar eng kamida yana bir oy muddatgacha, lekin engillatish bilan davom etadi. Bu hukumat qarori bo’yicha amalga oshirildi. Hukumat banklarni uch haftalik muddatga yopib qo’ygan edi… Lekin bunday chora iqtisodni jonlantirolmaydi va iste’molchilarning banklardan pul va qarz olishga qudrati etmasligi sababli ko’p shirkatlarga zarar etkazadi. Chunki bu qudrat hamon cheklangan miqdorlardangina iborat holida qolib ketmoqda. Gretsiya parlamenti 2015 yil 16 iyulda ko’pchilik ovoz bilan – 229 deputat yoqlab va 64 deputat qarshi bo’lishi bilan – bu kelishuvga rozilik berdi. Bu rozilik qanchalik qimmatga tushmasin evro mintaqada qolishni zo’r berib himoya qilayotgan muxolif partiyalar tomonidan berildi, bu partiyalar bergan ovoz ana shu ko’pchilikni tashkil qildi. Chunki bosh vazir TSipras boshchiligidagi hukmron partiya Siriza partiyasining ovozlari etarli bo’lmadi. Chunki bu partiyadan saylangan 38 deputat ovoz berishni rad etib, bosh tortdi, ularning orasida sobiq moliya vaziri va parlament spikerining o’rinbosari ham bor. TSiprasning bu kelishuvga rozilik berishi uning partiyasidagi bo’linishlarga sabab bo’ldi. Chunki TSipras o’zining talabiga binoan tejamkorlik siyosatiga «yo’q» deb ovoz bergan o’z xalqining 61 %i fikrini e’tiborsiz tashlab qo’ydi! Hokimlar bir ulov qilib minib oladigan demokratiya mana shudir, hokimlar o’zlarining manfaatlariga erishish uchun shu demokratiya bilan omma halq elkasiga minib olishadi! Gretsiya parlamenti ma’qullagan bu bitim xalq 5 iyuldagi referendumda qutqazish rejasiga qarshi «yo’q» deb ovoz bergan anavi tejamkorlikdan ham ko’ra battarroqdir, balki u oldingi qutqazish rejalaridan ham qattiqroq tejamkorlikdir… Buni sobiq Gretsiya moliya vaziri Yanis Varufakis 2015 yil 18 iyulda Bi-Bi-Siga bunday deb bildirdi: «Gretsiyaga yuklangan islohot programmasi iqtisodni idora qilishdagi mutlaqo eng katta falokat sifatida tarixga kiradi… Bu programma uni amalga oshirishga qaysi tomon urinmasin barbod bo’lajak… Yangi qutqazish programmasini qo’llab-quvvatlamasligini tan olgan TSipras uchun rozilik berishdan boshqa biron variant yo’q edi… Bizga qatl qilinish yoki taslim bo’lishdan birini tanlash taklif etildi, natijada TSipras taslim bo’lish oliy strategiyadir degan qarorga keldi!».

Ikkinchi: ta’sir o’tkazuvchi davlatlar roli:

1 – Germaniya: Germaniya so’zlashuvlarda va keskin pozitsiyalarni egallashda asosiy rolni o’ynadi hamda rejani tatbiq etilishini qattiq turib talab qildi va Gretsiya agar shartlarni bajarmaydigan bo’lsa evro mintaqada hech qachon qolmasligini bildirdi… Germaniya Gretsiya evrodan chiqqanidan keyin unga rahm qilib o’tirmasligini, aksincha undan o’z qarzlarini to’lab qo’yishni talab qilishini bildirdi. Gretsiya qarzlarining eng katta qismi nemis banklaridan olingani uchun Germaniya shunday talabni bildirdi. Germaniya Gretsiyaning kelgusida Yevropa Ittifoqidagi boshqa davlatlardan qarzlarini bekor qilishlarni talab qilib oldin misli ko’rilmagan ishni qilishini ham istamayapti. Shuning uchun Germaniya Gretsiyani evro mintaqadan chiqarib yubormoqchi va buni muzokaralarda bildirmoqda, degan xabarlar chiqib qoldi. Masalan Frans Press agentligi kelishuvdan ikki kun oldin, ya’ni 2015 yil 11 iyulda bir evropalik manbaning quyidagi so’zlarini keltirdi: «Germaniya Gretsiyani – agar bu mamlakat yordam rejasiga erishish uchun qilgan takliflarini yaxshilay olmasa – evro mintaqadan vaqtincha, besh yilgacha chiqarib turish rejasini ishlab chiqdi». Bevosita muzokarachi nemis moliya vaziri Volfgang Shoyble bunday ishlarda eski siyosiy tulkidir… Shuning uchun sobiq Gretsiya moliya vaziri Varufakis bunday dedi: «Nemis moliya vaziri Volfgang Shoyble Gretsiyaning evrodan chiqishiga muzokara olib borishning birdan-bir imkoniyati degan e’tiborda ochiq-oydin qarabgina qolmasdan balki u butun evro mintaqani o’zining talabiga bo’ysundirishga ham harakat qilmoqda… u frantsuzlarni qo’rqitib ularni qattiq tartib-qoida hukm suradigan evro mintaqa modeliga bo’ysunishga majbur qilish uchun Gretsiyani evro mintaqadan haydab chiqarmoqchi» (Bi-Bi-Si, 2015 yil 11 iyul). Ma’lumki bu Gretsiya vaziri Yanis Varufakis o’zining evro mintaqa moliya vazirlariga qarshi keskin pozitsiyalari bilan nom chiqargan. Shuning uchun uning iste’foga chiqishi bosh vazir TSiprasning talabi bilan bo’lgani ehtimoli kuchliroqdir. TSipras bu talabni evro mintaqa moliya vazirlari bilan yarashish qadami sifatida qo’ygan. U bu vazirlar bilan bir necha bor to’qnashgan, ular va eng avvalo nemis moliya vaziri Gretsiya moliya vazirining muzokaralarda qatnashishini istamaydigan bo’lib qolishgan. Shuning uchun ana shu qadam TSipras tomonidan u yon berishga tayyor ekanligi va Gretsiyaning evro mintaqada qolishining qattiq tarafdori ekanligi to’g’risida berilgan bir ishora bo’ldi. U evro mintaqadan chiqib ketish oqibatlaridan qo’rqmoqda. Chunki u agar evro mintaqadan chiqib ketilsa Gretsiya muammolarini muolaja qilolmay qoladi, o’shanda u ikki masaladan javobgar bo’lib qoladi: U o’zini Gretsiyaning evro mintaqadan chiqib ketishidan javobgar va mamlakatning iqtisodiy muammolarini muolaja qilinmaganlikdan javobgar deb hisoblaydi, bu holatda uning o’zi ham, hukumati ham va partiyasi ham qulaydi… Shunday qilib Germaniyaning qattiq turishi va Gretsiyaning agar shartlarni bajarmasa evro mintaqadan chiqib ketishiga parvo qilmasligi Gretsiyaning oldin rad qilib kelgan va o’zi uchun qizil chiziq deb hisoblagan narsaga rozilik berishida muvaffaqiyatli rol o’ynadi! Bu bir tomondan, boshqa tomondan esa Britaniya 2017 yilda evro ittifoqda qolish yoki undan chiqib ketish to’g’risida referendum o’tkazmoqchi. Britaniya bu bilan evropaliklarga bosim o’tkazib g’alamislik qilishga urinyapti. Chunki u evropaliklarni referendum natijalaridan qo’rqitib, ularga Britaniyaning chiqib ketishi ittifoqqa ta’sir qiladi, shuning uchun Germaniya Britaniyani iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlashi lozim, o’shanda Britaniyadagi odamlar ittifoqda qolishni yoqlab ovoz berishadi, deb uqtirmoqchi bo’lyapti…. Shuning uchun Germaniya Gretsiyaga nisbatan – hatto bu mamlakat evro mintaqadan chiqib ketgan taqdirda ham – qattiqqo’l pozitsiyani egallashi bilan Britaniyaga «Germaniya iqtisodiy ishlarda ittifoqdagi shartlarga xilof ish tutadigan har qanday davlatga nisbatan hech qachon engiltaklik bilan qaramaydi va u referendum natijalaridan qo’rqmaydi» degan mazmunda noma yo’llamoqchi bo’lyapti… Germaniyaning Gretsiyaga nisbatan uning shartlarni bajarishi yoki evrodan chiqib ketishi to’g’risida bunday qattiqqo’l pozitsiyani egallashi ortidan boshqa g’araz-maqsadlarni ko’zlayotgani ham ko’rinib turibdi. Bu maqsadlardan biri o’zining evro mintaqaga hamda Yevropa Ittifoqiga etakchilik qilish rolini mustahkamlashdir va Frantsiya bilan raqobatlashib, uni bir chetga surib Yevropaga boshchilik qilish uchun o’zining evro mintaqada ham, Yevropa Ittifoqida ham o’z so’zini o’tkazuvchi ekanligini bildirib qo’yishdir.

2 – Frantsiya: Albatta Frantsiya Yevropa Ittifoqida va evro mintaqada bir asosiy rolni o’ynayotgan davlatdir… Lekin uning ta’siri Germaniya ta’siridan kamdir. Shuning uchun Frantsiya agar Germaniya qattiq turib oladigan bo’lsa Germaniyaning fikriga yana qo’shilishi aniqdir. Bu Gretsiya krizisida aniq bo’lib qoldi. Chunki Frantsiya Gretsiyani evro mintaqada qoldirishga harakat qilmoqda. Shuning uchun frantsuz rahbariyati 2015 yil 8 iyulda bir bayonot chiqarib «Olland Gretsiyani evro mintaqada olib qolish maqsadiga erishish ahamiyatini ta’kidladi. U buni Sloveniya hukumati boshlig’i bilan Yelisey saroyida uchrashgan chog’ida ta’kidladi» (AFP, 2015 yil 8 iyul). Frantsuz bosh vaziri Premer-ministr Frantsii Manuel Vals esa bunday deb bildirdi: «Frantsiya Gretsiyaning evro mintaqadan chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun imkonidagi barcha ishni qiladi, chunki u agar yuz beradigan bo’lsa geosiyosiy oqibatlari bo’lishi mumkin bo’lgan va olam iqtisodiga zarar etkazadigan bir qadamdir» (Skay Nyus, 2015 yil 9 iyul). Lekin Frantsiya o’zining so’nggi qarorlarida Germaniyaning Gretsiyaga nisbatan uning barcha shartlarni bajarishi, aks holda evro mintaqadan chiqib ketishi to’g’risida tutgan qattiqqo’l pozitsiyasiga qarshi chiqmadi, natijada Gretsiya bo’ysunib, rozilik berishga majbur bo’ldi… Har qanday holatda ham frantsuzlar evro mintaqadagi va Yevropa Ittifoqidagi hokimiyat quvvatini kuchaytirish tarafdoridir. Chunki ular bu ittifoqning birinchi ta’sischilaridandir. Shuning uchun ular evro mintaqa va Yevropa Ittifoqida o’zlari uchun etakchilik roli bo’lishini umid qilishmoqda. Chunki o’shanda ular o’zlarining xalqaro pozitsiyalarini mustahkamlab olishadi. Hatto frantsuz prezidenti Fransua Olland bu krizisdan o’tilganidan keyin va evro mintaqaning hukmronligi uning a’zolariga joriy etilishiga muvaffaq bo’linganidan keyin ruhlanib «evro mintaqaning demokratiya qudratini ta’minlash uchun bir aniq byudjetga va parlamentga ega evro mintaqa hukumatini tuzish»ga chaqira boshladi. U bu bilan Germaniyaning evro mintaqadagi hozirgi vaziyatidagi obro’yiga yaqin obro’ga ega bo’lishni umid qilmoqda.

3 – Amerika: Amerika bu masalaga ahamiyat berib uni yaqindan va zo’r e’tibor bilan kuzatib bordi, «Amerika prezidenti Obama frantsuz prezidenti Olland bilan telefon orqali bog’landi, ikkovi o’rtasida bog’lanish bo’lganini va ikkalasining so’zlashuvlarni qayta boshlash, bu krizisini hal qilib Gretsiyaning moliyaviy barqarorligi ta’minlash uchun mumkin qadar tezroq imkoniyatni ochishga eng birlamchi ahamiyatni berish uchun birgalikda kuch-g’ayrat sarflash to’g’risida yakdil fikrda ekanligini frantsuz rahbariyati 2015 yil 29 iyunda e’lon qildi» (AFP 2015 yil 29 iyun). Bundan bir kun oldin Obama nemis kantsleri Merkel bilan telefon orqali xuddi shu maqsadda bog’landi. U, ya’ni Amerika prezidenti evropaliklarni Gretsiyani qutqazish, uning muammolarini muolaja qilish, uni evro mintaqadan chiqarib yubormaslik kelishuvi borasida muzokaralarni davom ettirishga chaqirmoqda. Masalan Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest bunday dedi: «Gretsiyada referendum bo’lib o’tdi, lekin bizning qarashimiz o’sha-o’sha o’zgarishsiz qolmoqda, u Gretsiyaga evro mintaqada qolish imkonini beradigan echimni topish ikkala taraf: evropalik va gretsiyaliklar manfaatidandir degan qarashdir» (AFP 2015 yil 7 iyun). Amerika evropaliklarga, xususan Germaniya va Frantsiyaga bu ikkalasi oxirgi qarzlardan bir qismini bekor qilishi uchun bosim o’tkazmoqchi bo’ldi. Shu maqsadda o’zining moliya vaziri Djeykob Lyuni 2015 yil 16 iyulda Berlinga yubordi. U o’zining nemis hamkasbi Volfgang Shoyble bilan uchrashib Yevropa maydonidagi asosiy o’yinchilar qabul qilgan choralar bilan yaqindan tanishdi, ana shundan keyin Parijga borib o’zining frantsuz hamkasbi Mishel Sapen bilan uchrashdi, bu turne boshlanishidan oldin: «Undan maqsad olam iqtisodiy vaziyatini va Gretsiyaning evro mintaqa doirasida rivojlanishini gretsiyalik sheriklar bilan birgalikda muhokama qilishga qattiq e’tibor qaratishdir» deb e’lon qilingan edi. Nemis vaziri Germaniyaning Amerika takliflarini rad etishini bildirib Doychland-funk nemis radiosiga bunday dedi: «Qarzlarni bekor qilish evro mintaqaning pul ittifoqi a’zoligiga to’g’ri kelmaydi, shuning uchun men Gretsiyaga o’z ixtiyori bilan chiqib ketishni taklif qilaman, chunki mana shu uning uchun afzalroq vositadir». Demak Germaniyaning o’z vaziri tilida bergan rad javobi qarzlarni bekor qilish mumkin emas degan mazmunda keskin va Amerikaga tik qarshi chiqish ohangida bo’ldi… Ehtimol bu nemis moliya vaziri Amerika siyosatiga qarshi chiqayotgan kamdan-kam holatlardan biri bo’lsa kerak! Obama evropaliklarga Gretsiya evro mintaqada qolishi uchun bu mamlakatga yordam ko’rsatishni taklif qilgan edi. Amerika mana shu yo’nalishda bosim o’tkazmoqda. Chunki Amerika Gretsiyaning evro mintaqada qolishini istamoqda. Shuning uchun Gretsiyani ishga solish maqsadida uni qo’llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Chunki Amerika Gretsiyaning – uning kapitalizm nizomi sharoitida muolaja qilish imkoni bo’lmaydigan iqtisodiy ahvoli sababli – bu mintaqadagi bir zaif nuqta ekanini, shuning uchun u Yevropaga og’ir yuk bo’lib qolaverishini, bu mintaqaga va Yevropa Ittifoqiga tahdid soladigan emiruvchi unsur bo’lib qolaverishini yaxshi biladi. Amerika evroga zarba berib uni qulatishni istaydi. Chunki evro o’sib kuchaydi, mustahkamlandi, olamda u bilan muomala yuritish maydoni kengaydi, natijada dollar bilan raqobatlashadigan bo’lib qoldi. Bu davlatlar uchun bitta siyosiy nizom yo’qligiga qaramay Germaniya va Frantsiyaning evroni saqlab qolish borasida qattiq turgani sababligina shunday bo’ldi… Amerika Yevropa Ittifoqining Amerika bilan raqobatlashadigan siyosiy va iqtisodiy kuchga aylanishini ham istamaydi. Shuning uchun Amerika Gretsiyaning va bu ittifoqdagi zaiflik nuqtalarini tashkil qiluvchi boshqa davlatlarning ittifoq tarkibida qolishini istamoqda. Chunki o’shanda bu ittifoq zaif bo’lib qolaveradi yoki qulaydi. O’shanda Yevropa Amerika homiyligidan chiqib ketolmaydi. Oldin aytib o’tganimizdek Amerika Gretsiyaning moliviy voqesini yashirishga hissa qo’shgan, buni Amerika kredit reytingi sinflarini belgilash shirkatlari orqali amalga oshirgan. Bu shirkatlar Gretsiyaning reyting darajasini yuqori qilib ko’rsatgan, bu mamlakat krizisda bo’la turib evroga kira olishi uchun uning reytingini shunday qilib ko’rsatgan. Mana endi birdan uning qarzlari ochilib qolib evro dollar bilan raqobatlashishga qodir bo’lmay qoldi… Bundan keyin Gretsiya va unga o’xshagan davlatlarning qarzlari krizisi sababli evro dollar bilan raqobatlashishga qodir bo’lmay qolaveradi… Shuning uchun Yevropa Ittifoqi, ayniqsa Germaniya Amerika uchun muhimi Yevropa Ittifoqini, ayniqsa uning pul birligi «evro»ni zaiflashtirib dollarning liderligini saqlab qolish ekanini tushunib etishi lozim…

Uchinchi: qutqazish rejasi va Gretsiya krizisini hal qilish:

1 – Gretsiyaning qarzlari 320 milliard evroga etib, uning butun iqtisodidan ancha barobar oshib ketdi. Shuning uchun Xalqaro Valyuta Fondi bu qarzlarni «to’lash imkoni yo’q qarzlar» sinfiga kiritdi. Bu fond Yevropa liderlariga 2015 yil 11 iyulda, kelishuvga erishilishidan oldin taqdim qilgan bir hujjatda quyidagilar kelgan: «Gretsiya qarzlarini muolaja qilishning imkoni yo’q, ularni faqat qarzni engillatish choralari orqaligina muolaja qilish mumkin, bu choralar Yevropa hozirgacha qilmoqchi bo’layotgan narsalardan ko’ra ancha uzoqqa cho’ziladi». Hujjatda «Gretsiya qarzini muolaja qilishning mutlaqo imkoni yo’q, bu qarz nisbati Afinaning kelgusi ikki yildagi yalpi mahalliy mahsulotining qariyb 200 %iga yaqinlashib qolgan, ma’lumki bu nisbat hozirda 175 %ga etib qolgan» (AFP 2015 yil 15 iyul). Oldin Italiya hukumati boshlig’i va evro komissiya boshlig’i mansabini egallagan Romano Prodi DeutschlandRadio Kultur radiosiga 2015 yil 15 iyulda bergan intervyusida Gretsiya krizisi avj olishidagi javobgarlikning bir qismini Germaniyaga yuklab bunday dedi: «Nemis hukumati yumshoq yo’l tutmadi, Gretsiya hukumati esa minglab xatolarga yo’l qo’ydi, bu aniq, lekin bu erda Gretsiyaga bosim o’tkazayotgan majburlash idorasi bor, bu idora Gretsiyaning qaror qabul qilishdagi suverenligini ham o’g’irlamoqda, bu esa kelajakda yomon oqibatlarga olib keladi…». Prodi «Germaniya bilan bir necha davlatlar o’rtasida chuqur xandaq borligi»ni ham aytib «Biz yanada yomonrog’iga yo’l qo’ymadik, lekin muammoni hal qilolmadik» dedi. U yana bunday dedi: «Yanada siyosiy uyg’unlikka erishilmas ekan Yevropa ikki buyuk kuch: Qo’shma Shtatlar va Xitoy mustamlakasiga aylanish tahdidi ostida qolaveradi». Shuning uchun demak nafaqat evro mintaqaning, balki butun Yevropa Ittifoqining qadamlari bir mustahkam er ustida turgani yo’q, aksincha uzoqqa bormay qulash arafasida turgan mo’rt er ustida turibdi…

2 – Shunga ko’ra demak Gretsiya krizisi qutqazish rejasi bilan hal bo’lgani yo’q, u hamon mavjud bo’lib turibdi va yana qaytalansa kerak. Chunki uch yildan keyin Gretsiya elkasidagi qarzlar yanada uyulib ketadi, oqibatda bu qarzlar ustiga qo’yilgan riboning bir qismini ham to’lay olmay qoladi. Negaki, Gretsiya elkasida hozir 320 milliard evro qarz bor, bu mamlakat kelgusi uch yil davomida yana 86 milliard evro qarz oladi, bu qarzlar ustiga qo’yilgan ribo ko’p baravar bo’lib ketib bu mamlakat qimmatbaho qog’ozlarini ta’minlash to’lovlaridan oshib ketadi. Bu muddat tugaganidan keyin yana shu qarzlar haqida so’z yuritiladi. Shuning uchun nemis kantsleri Merkel «o’zining Gretsiyaning og’ir qarzlarini engillatish rejasini ko’rib chiqishga tayyor ekanini, lekin talab qilingan iqtisodiy islohotlar o’tkazilganidan keyin ko’rib chiqishini, protsent stavkalarni kamaytirishni va moliyaviy to’lovlar muddatini cho’zishni muhokama qilish niyatida ekanini» bildirib «Gretsiya qarzlaridan – u hamon yagona valyutadan foydalanayotgan ekan – 30 yoki 40 %ini hech qachon bekor qilmaymiz» dedi (Bi-Bi-Si 2015 yil 22 iyul). Demak qarzlar saqlanib qolaveradi, ulardan aytarli hech narsa bekor qilinmaydi, masala faqat protsent stavkalarni kamaytirishdir, xolos… Ribo bo’lgan protsent stavka kamayganda ham bu Gretsiyani qutqazolmaydi, to’lov muddatlarini cho’zish ham bu mamlakatni qutqazolmaydi, aksincha muammo saqlanib qolaveradi, qarz ribo sababli – ribo nisbati qanchalik oz bo’lmasin – tez ortib boraveradi. Bundan tashqari Gretsiyaning bu qarzlarni to’lashga etarli bo’lgan kirim manbalari ham yo’q, demak aslida Gretsiya ojiz va barbod bo’lgandir, unda oyoqqa turish fikri ham yo’q. Endi Gretsiya qatoriga xuddi shunga o’xshash ahvolni boshdan kechirayotgan boshqa davlatlarni ham qo’shadigan bo’lsak aytishimiz mumkinki evro mintaqa va Yevropa Ittifoqi engil qarab bo’lmaydigan zaiflik nuqtalaridan qiynalishda davom etaveradi, bu nuqtalar evro mintaqa va Yevropa Ittifoqi vujudiga tahdid solaveradi.

Shuning uchun butun olam uchun o’z muammolarini faqat Islom bilangina hal qilishdan boshqa yo’l qolmadi. Chunki Islom insonni uyg’otadi, uni o’zining iqtisodiy va moliyaviy nizomlari bilan baxtli, saodatli qiladi, bu nizomlar insonning muammolarini to’la muolaja qilib beradi. Chunki Islom boyliklarni ularning egalariga taqsimlashni kafolatlaydi, bu boyliklarning bir hovuch boylar qo’lida monopoliya bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Islom riboni va sug’urtani man qiladi, odamlarni ular qarz olishga muhtoj bo’lib qolishgan paytda qulga aylantirishga yo’l qo’ymaydi. Islom qarz sababli odamlarni xorlaydigan shartlar qo’yishni ham man qiladi. Shuning uchun odamlar Islom soyasida qarz berganlarning rahm-shafqat qilishiga muhtoj bo’lmaydilar. Shunday qilib demak insonlar boshqa hech qaysi nizom ostida hech qachon osuda hayot kechira olmaydilar va o’z mukarramliklariga erisha olmaydilar. Latif, Xabir Alloh shunday deb haq so’zladi:

فَمَنِ اتَّبَعَ هُدَايَ فَلَا يَضِلُّ وَلَا يَشْقَى ۞ وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنْكًا

«Kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo’ldan ozmas va baxtsiz bo’lmas. Kim Mening eslatmamdan yuz o’girsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo’lur» [Toha 123-124]

8 shavvol 1436h

24 iyul 2015m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.