AQSh muzokaraga ishtirok etish uchun Suriya muxolifatiga bosim o’tkazmoqda

383
0

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriya muzokaralari haqida bayonot berdi. Yaxshi natijalar qo’lga kiritilishiga umid bildirgan Kerri muzokaralar kechiktirilishi mumkinligini bildirdi. Kerriga ko’ra, mazkur uchrashuvning qachon boshlanishi uzog’i bilan 48 ichida aniq bo’ladi. Bunga sabab taraflarning o’zaro bir fikrga kelisha olmaganliklaridir.

Rossiya, Saudiya, Frantsiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari bilan hamda BMTning Suriya masalasi bo’yicha maxsus vakili Steffan De Mistura bilan ko’rishganligini aytib o’tgan Kerri muzokaralar kelajagi Suriyalik taraflarning qo’lida ekanligiga urg’u berib, ularni jiddiy bo’lishga chaqirdi. Agar taraflar kelisha olmagan taqdirda urush davom etishi bilan tahdid qildi

“Amalga oshirishimiz lozim bo’lgan ish shuki, uchrashuv boshlangan paytda har kimning o’ynaydigan roli aniq bo’lishi lozimdir. Shundagina biror muammo bo’lmaydi va muvaffaqiyatsizlik yuzaga kelmaydi. Muzokaralar birinchi kundanoq hech bir natijasiz boshlanishini istamaymiz”, “Taraflar jiddiy ish olib borishga majburdirlar. Agar jiddiy bo’lishmasalar urush davom etadi. Biz qo’limizdan kelganini qildik. Endi gap ularda qoldi”, dedi AQSh Davlat kotibi.

Ayni paytda Suriya muxolifatining bosh muzokarachisi Jenevada tinchlik muzokaralariga ishtirok etish uchun AQSh Davlat kotibi Jon Kerri tarafidan kuchli bosim o’tkazilayotganini bildirdi. Jayshul Islom siyosiy byurosining bosh muzokarachisi deb e’lon qilingan Muhammad Allush AQShning bosimiga “buyuk javob” qaytarishini bildirdi, ammo tafsilotiga kirishmadi.

Suriya muxolifati muzokaralarga qo’shilish uchun Suriyada havo hujumlarini to’xtatish, qamalni olib tashlash va hibsga olingan muxolifat vakillarini ozod qilishni asosiy shartlardan deb e’lon qilishgan. Ammo Suriya xalqi Jeneva yig’ilishini “Jahannamiy anjuman”, deb nomlab, uni qat’iyyan rad etishlarini bildirmoqda. Xalq vakillarining ta’kidlashicha, unga ishtirok etish Allohga, Rosuliga va musulmonlarga xiyonatdir. Shuning uchun ular har qanday muzokaralarni rad qilishlarini va shariatdan boshqa hech narsaga rozi bo’lmasliklarini bildirishmoqda.

BMTning Suriya masalasi bo’yicha maxsus vakili Steffan De Mistura ham 25 yanvar kuni boshlanishi rejalashtirilgan uchrashuv o’zaro kelishilmovchiliklar sababli kechiktirilganligini bildirdi.

“Taklifnomalarni bugun yuborishni boshlayman. Jeneva anjumani 29 yanvar kuni o’tkaziladi”, dedi Mistura Jenevada o’tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvga oid o’tkazgan matbuot anjumanida.

“Taklif etiladiganlar borasida bir qancha turli qarashlar mavjud. Muhokamalar bir nechta poytaxtlarda olib borilmoqda. Jeneva-2da yuzaga kelgan ishlar takrorlanmasligi uchun bu marta ishtarokchilar borasida juda qattiq ahamiyat berishga harakat qilyapmiz, to’g’ri qadamlar bilan boshlashni istaymiz”, deya qo’shimcha qildi u.

Jeneva-1 anjumanining natijalari hozir ham o’z kuchidami? Degan savolga “Ha. Har bir narsa Jeneva-1 deklaratsiyasi bilan boshlanadi. O’tish davri ukumati, yangi Konstitutsiya, saylovlar… va hakozo”, deb javob berdi Mistura.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.