Qirgʼizistonda ishsizlik muammosi va uning Islomdagi yechimi

297
0

Qirgʼizistonda ishsizlik muammosi va uning Islomdagi yechimi

Milliy statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, iqtisodiy faol aholi soni 2 million 595 ming kishidan iborat. Mehnat, ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash va migratsiya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2022-yilning dastlabki choragida Qirgʼizistonda ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi sonining 3 foizini tashkil etgan. Bandlik xizmatlarida eʼlon qilingan bitta boʼsh ish oʼringa 28 kishi daʼvogarlik qilgan.
Biroq, ishsizlik boʼyicha statistikalar haqiqiy holatni koʼrsatmaydi. Chunki, ular faqat oxirgi uch oy ichida ish izlagan odamlarnigina bu qatlamga qoʼshishadi. Uyda oʼtirgan, mavsumiy ish bilan band boʼlganlar va oxirgi uch oy ichida ish izlamaganlar esa bu statistikadan tashqarida qolib ketadi. Bundan tashqari, ishsizlik sababli Qirgʼizistonning 1 milliondan ziyod fuqarosi xorijiy yurtlarda migratsiyada. Ularning barchasini ish bilan taʼminlangan deb aytish mumkinmi?!
Davlat statistikasi aholini taskin beruvchi raqamlar bilan aldayotganiga qaramay, ishsizlik kundan kunga oshib, odamlar bundan aziyat chekayotganini hayot haqiqati koʼrsatmoqda. Аslida mana shu ishsizlik sababli – BMT maʼlumotlariga koʼra – hozir Qirgʼiziston xalqining 25 foizi qashshoqlikda yashayotgan boʼlsa, yil oxiriga qadar bu koʼrsatkich 37 foizga yetishi xavfi bor. Rasmiy hukumat esa – qashshoqlik va ishsizlik muammolarining yechimi sifatida – koʼplab fuqarolarni xorijga mehnat muhojiri sifatida chiqarib yuborishini aytmoqda.
Ishsizlikning yagona sababi bu – butun dunyoda, shu jumladan, Qirgʼizistonda kapitalistik tuzum hukmronlik qilayotganida. Kapitalizmdagi iqtisodiy nizomga asosan foydali qazilma boyliklari, yerlar, yaylovlar “xususiylashtirish” orqali amaldor-kapitalistlar qoʼliga oʼtib ketgan. Tashqi savdo va ichki xizmat koʼrsatishlarni monopoliya qilib olishgan. Kapitalistik “foyda” nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ushbu ish beruvchilar – oʼzlari katta foyda olishlari uchun – ishlab chiqarishlarida iloji boricha oz va arzon ish kuchini yollashadi. Buning natijasida ishsizlar armiyasi vujudga keladi.
Kapitalizmning “onasi” boʼlgan Gʼarb davlatlari – kapitalizmning yoyishning tariqati boʼlgan imperializm orqali – uchinchi dunyo davlatlarini mustamlaka qilib olishgan. Investor niqobi ostida kirib keladigan kompaniyalari ish oʼrinlari tashkil etish va davlatga foyda keltirib toʼgʼrisida aytishadi, ammo ularning maqsadi boshqa. Ular xalqimizni arzon ishchi kuchi sifatida ezib ishlatib, boyliklarimizni suv tekinga tashib ketish uchun kelishadi.
Shu sababli, dunyoda kapitalistik imperializm hukmronlik qilar ekan bizning yurtlar hech qachon ishsizlik va qoshshoqlik botqogʼidan chiqa olmaydi.
Kapitalizmda odamlar ishsiz qolishdan juda qoʼrqishadi. Chunki, ishsizlik sababli yakka shaxslar och-yalongʼoch qolsa, aholi ocharchilikka duchor boʼladi.
Endi buning muqobilida eʼtiboringizni Islomdagi iqtisodiy nizomning baʼzi hukmlariga qaratmoqchimiz va sizlar bu hukmlari orqali qashshoqlik va ishsizlik muammosi tag-tomiridan hal qilinishiga guvoh boʼlasizlar.
Islomdagi iqtisodiy siyosat: barcha fuqarolarning asosiy ehtiyojlarini taʼminlash va kamoliy ehtiyojlarini qondirishga sharoit yaratib berishdan iborat. Аsosiy ehtiyojlari qondirilgan fuqarolar qashshoq boʼlmaydi va ular ishsiz qolishdan qoʼrqmaydi. Biroq, fuqarolar zimmamdagi nafaqalarni ado etishim uchun ishlashim vojib deb, Аllohdan qoʼrqqan holda ishlashlari kerak, agar unday boʼlmas davlat ularni ishlashga majbur qiladi.
Eng avvalo, Islom ishlashi vojib boʼlgan barcha fuqarolarni ish bilan taʼminlashni davlatning zimmasiga yuklaydi. Kapitalizmdagi hukumatlar bunday javobgarlikni olmaydi. Davlat fuqarolari xususiy kompaniyalar ish bersa ishli boʼladi, boʼshatib yuborsa ishsiz qoladi. Islomda esa odamlar ishsiz qolsa davlat ularni ish bilan taʼminlashga majbur.
Islomda umumiy mulk deb nomlangan mulk turi mavjud. Foydali qazilmalar shular jumlasidandir. Kapitalizmdagidek ularga yakka shaxs yoki davlat egalik qilmaydi. Uning foydalari mamlakatning har bir fuqarosiga oʼziga xos tarzda yetib borishi kerak. Undan xalq foydalanishi uchun uni ishlatishdan davlat masʼuldir. Demak, konlarning foydalari yetib borishi orqali odamlar qashshoq boʼlmaydi, davlat konlarni ishlatish uchun zavod-fabrikalar qurib, ishga tushirishi orqali fuqarolarga katta ish oʼrinlari yaratib beradi.
Davlat aholini yerga ishlov berishga ragʼbatlantirib, dexqonlarga tekin moliyaviy va texnik yordam koʼrsatadi. Bunga qodir boʼlmasa foizsiz qarz beradi. Yerni ijaraga berishni taqiqlaydi. Uch yil qatorasiga ishlatmay tashlab qoʼyilgan yerni olib, ishlatuvchiga beradi. Bularning barchasi oʼz navbatida qoʼshimcha ish oʼrinlari yaratadi. Yaylovlar ham umumiy mulk turidan boʼlgani sababli ularni bir hovuch odamlar egallab olishiga yoʼl qoʼymaydi.
Kapitalistik jamiyatda koʼpchilikni neʼmatlardan mahrum qiladigan, bir hovuch odamlarga boylik toʼplash imkonini beradigan bir qancha omillar mavjud. Bunga sudxoʼrlik, monopoliya, boylikni xazina qilib toʼplash… kabilar misol boʼla oladi, Islom bularning barchasin harom qilgan.
Shuningdek, yuqorida aytib oʼtganimizdek, davlat avvalo ishga layoqatli fuqarolarini ish bilan taʼminlaydi. Shundan keyin ham biror kishi nafaqasini topa olmasa, uning nafaqasi unga merosxoʼr boʼlgan boy qarindoshlariga yuklanadi. Аgar ular ham boʼlmasa, unga baytulmolning zakot boʼlimidan nafaqa ajratiladi. Zakot yetmasa davlat oʼz zimmasiga oladi. Bunday gʼamxoʼrlik odamlarni qashshoqlikdan himoya qiladi.
Bundan tashqari, hozirgi kapitalistik davlatlar xalqdan yigʼilgan soliq hisobiga yashaydi, soliqning turlari koʼp va ularning ogʼir yuki xalq zimmasiga yuklangan. Islomda zarurat tugʼilgan vaqtda faqat boy boʼlgan fuqarolaridangina soliq oladi. Hatto, kambagʼallar ixtiyoriy ravishda bersa ham qabul qilinmaydi.
Mana shu hukmlarni tatbiq qilinishi tabiiy ravishda qashshoqlikka barham beradi, qashshoqlikdan omonda boʼlganlar ishsiz qolishdan ham qoʼrqmaydi. Shu sababli xususiy tadbirkorlar odamlarni ishsizlik bilan qoʼrqita olishmaydi.
Bu hukmlarning barchasi Islom iqtisodiy nizomini tatbiq qilish bilan amalga oshadi. Аmmo bu iqtisodiy nizom Islomning boshqa nizomlaridan alohida, boshqa kufr tuzumlari qanoti ostida amalga oshishi mumkin emas. Demak, ushbu iqtisodiy nizom Islomni toʼliq tatbiq qilgan Islom davlati soyasida amalga oshadi.
Hizb ut-Tahrir – Qirgʼiziston
25. 06. 2022

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.