Obama Amerikani terrorizm tahdidlaridan himoya qilishga va’da berdi

379
0

Obama Amerikani terrorizm tahdidlaridan himoya qilishga va’da berdi

O’tgan yakshanba kuni Amerika prezidenti Barak Obama «amerikalik» xalqqa xitob qilib, ularni Obama ma’muriyati terroristik hujumlar xavfini kamaytirish uchun bor kuchi bilan harakat qilajagi bilan xotirjam qilishga harakat qildi. Bundan oldin Kaliforniya shtati San-Bernardino shahrida er-xotin tomonidan sodir etilgan hujumga Obama terrorizmning «yangi bosqichi», degan sifat berar ekan, bu «Begunoh insonlarni o’ldirishga qaratilgan terroristik akt edi», dedi.

U – 14 amerikalikning halok bo’lishiga, 17 nafarini jorohatlanishiga sabab bo’lgan San-Bernardino hujumining birorta terroristik tashkilotga yoki Islomiy Davlat tashkilotiga aloqasi borligiga dalil yo’q, deya qo’shimcha qildi. So’ng Amerikaning Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi kurash strategiyasini ochiqlayotib, «Shunday bo’lsa-da, bu terroristik hujumdir. Ammo uni sodir etuvchilar Islom nomini qora qilib ko’rsatishdi», dedi. U Islom so’zini aytayotib, uni «rahm-shafqat va kengbag’irlik dini», deb atadi. So’ng Islomiy Davlat tashkilotini yoki uning yurtiga ozor etkazgan har qanday terroristik tashkilotni yo’q qilishga va’da berdi.

Amerika prezidenti qurbonlar oilalariga hamdardlik izhor etar ekan, «Rahbar va ikki farzandning otasi sifatida Amerikani terrorizm tahdidlaridan himoya qilish» uning burchi ekanini bildirdi.

Keyin bunday dedi: «Terror xavfi haq, biroq biz uni albatta mag’lub etamiz. Islomiy Davlat tashkilotini ham, bizga ozor etkazuvchi har qanday tashkilotni ham vayron qilamiz. Bu so’zlarimiz bilan o’z qadriyatlarimizdan uzoqlashgan bo’lmaymiz. Aksincha, zakovat, kuch-qudrat va uyg’unlik bilan qarshi kuchlar ustidan g’alabaga erishamiz».

Obama Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi bu urush Suriya yoki Iroqqa quruqlik orqali kirib borishni ham, Qo’shma Shtatlar bilan Islom o’rtasida urush bo’lishini ham anglatmasligini bildirdi.

Keyin «Islomiy Davlat tashkiloti na Islomni gavdalantiradi va na musulmonlarni. Zero, musulmonlar bu manfur ideologiyani rad etadilar», deya qo’shimcha qildi («Hurra» sayti).

Roya gazetasi sharhi:

Amerika prezidenti o’z xalqiga qilgan ayni murojaati bilan terrorizm tahdidi degan g’oyat xavfli muhit yaratmoqchi bo’lyapti. Bu bilan butun dunyo bo’ylab olib borayotgan siyosati, ya’ni fuqarolarni qirg’in qilish va uy-joylar kulini ko’kka sovurishga asoslangan siyosati o’z xalqi tomonidan ma’qullanishini istamoqda. Qo’shma Shtatlar bilan Islom o’rtasida urush yo’q, degan gapi g’irt yolg’on. Chunki Amerikaning islomiy olam bo’ylab olib borayotgan barcha siyosatlari Islom va musulmonlarga nisbatan nafrat siyosati ekaniga dalolat qiladi hamda Islomga, uning ahkomlariga, ayniqsa, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish mafkurasiga qarshi urush qilayotganini anglatadi.

Roya gazetasining 2015 yil 9 dekabr chorshanba kungi 55-sonidan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.