Jalolobodda maktab o’quvchilari ustidan nazorat kuchaytirilmoqda

438
0

“Ozodlik” radiosi qirg’iz xizmatining xabar qilishicha, Jalolobod viloyatidagi Novken, Bozorqo’rg’on va Suzak tumanlarida maktablarni juma kunlari nazorat qilish yo’lga qo’yildi. Bu chora o’quvchilar maktabni tashlab masjidga ketib qolishini oldini olish maqsadida qo’llanilmoqda.

Hukumatning viloyatdagi vakilining xabariga ko’ra, maktablarni tekshiruv vaqtida juma namoziga ketgan o’quvchilar ko’p ekanligi aniqlangan, o’quvchilarning davomati 55 foizga tushib ketgan.

Turkiston:

Rasmiy hukumat yoshlar radikallashib borayotgani haqida tashvish qilayotgan bo’lsada ammo turli taqiq va cheklovlar orqali bunga o’zi imkoniyat paydo qilib birishga harakat qilayotganga o’xshaydi.

O’tgan yilning yoz oylarida O’sh shahrida saqolga qo’ygan yosh yigitlarga qarshi o’ziga xos kampaniya boshlangan edi. Mazkur amaliyot vaqtida saqol qo’ygan dindor yigitlar qo’lga olinib tekshirilgan edi. Qo’lga olingan shaxsning biror diniy tashkilotga a’zoligi isbotlanmasada kuch organlari ulardan yirik miqdorda pul undirib qo’yib yuborishgani haqida xabarlar tarqagan edi. Bundan tashqari Qirg’iziston janubida kuch organlari ko’cha-kuyda yurgan yoshlarning qo’l telefonlarini tortib olishlari, agarda ularning telefonidan diniy mazmundagi biror audio yoki video yozuvlar topib oladigan bo’lsa ulardan ham pul undirishlari keng avj olgan edi… Bugunga kelib esa rasmiy hukumat 400dan ziyod Qirg’iziston fuqarosi Suriyaga chiqib ketgani haqida bong urmoqda.

Islom va musulmonlarga e’tiqodiy dushman bo’lgan O’zbekiston jallodi Karimov hokimiyatga kelib o’z mavqeyini mustaxkamlab olgach asosiy e’tiborini Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi kurashga qaratdi. Avval boshda oq do’ppi va saqolga qarshi kurashgan bo’lsa, keyinchalik maktab o’quvchilarini masjidlarga qatnashiga, o’quvchi qizlar va ayollarning hijob kiyishlariga to’sqinlik qildi va hatto bozor va jamoat joylarida ayollarning boshlaridan ro’mollarini majburan echib olish darajasiga etib bordi. Karimovning mana shunday zulm va cheklovlari ortidan o’tgan asrning to’qsoninchi yillaridan boshlab O’zbekiston fuqarolari xorijga chiqib ketish va qurolli guruhlar safiga qo’shilishni boshlashgan edi.

O’zbekistondan farqli ravishda 2010 yilgi millatlararo nizoga qadar qirg’iz fuqarosini xorijdagi qurolli guruhlar safiga qo’shilgani haqida birorta ham xabar yoki ma’lumot bo’lmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.