O’rta Osiyo davlatlari xalqaro terrorizmga (Islomga) qarshi hamkorlik qilishga imzo chekdi

393
0

AQSh davlat kotibi Jon Kerri O’zbekistonning Samarqand shahrida O’rta Osiyoda joylashgan besh davlat tashqi ishlar vazirlari bilan “Besh plyus bir” (S5+1) formatida yig’ilish o’tkazdi. Yig’ilish ortidan Afg’onistonga qo’shni bo’lgan davlatlar xalqaro terrorizm (Islomning rivojlanib borishi) kabi mavzularda o’zaro hamkorlikni kuchaytirish lozimligi haqidagi hujjatga imzo chekishdi. Shuningdek hujjatda xavfsizlik, tijorat, energetika, ekologiya va ta’lim tarbiya sektorlarida AQSh bilan hamkorlik qilish ham qo’rsatib o’tildi.

Kerri yig’ilish davomida AQShning O’rta Osiyo davlatlari bilan bir butun shaklda hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. AQSh davlat kotibining ma’lum qilishicha, AQShning mintaqaga yordam ko’rsatishi uchun yangi reja tuzilgan.

Uchrashuvdan so’ng tashkil qilingan matbuot anjumanida Jon Kerriga inson huquqlari borasida savol bermoqchi bo’lgan jurnalist anjumanda ishtirok etishdan mahrum bo’ldi. “Washington Post” gazetasining jurnalisti inson huquqlariga oid savol bermoqchi bo’lib, “beodoblik” qilgani uchun o’zbek politsiyasi va kiyimida Amerika tilida “diplomatik xavfsizlik”, deb yozilgan qo’riqchilar tarafidan majburan zaldan tashqariga olib chiqib tashlandi.

AQSh mas’ullari jurnalistning noqonuniy harakat qilganligini va birozdan so’ng yana zalga kirishi uchun ruxsat berilishini ma’lum qildi. AQSh tashqi ishlar vazirligining mas’uli jurnalistning majburan tashqariga chiqarib tashlagan Amerika diplomatik xavfsizligi qo’riqchilarining hatti-harakatlari uchun uzr so’radi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.