Almazbek Atamboev: “Men Nursulton Nazarboev va Islom Karimov oldida tiz cho’kmayman”

530
0

atambaev_177Qirg’iziston Ommaviy axborot vositalari rahbarlari Qubat O’tarboev, Sulton Jumagulov, Venera Jumatoeva, Sulton Kanazarov hamda “AKIpress” va “K-nyus” nashri boshliqlari bilan davlat qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuvi mobaynida prezident Almazbek Atamboev qo’shni davlatlar va ularning rahbarlari bilan bo’lgan munosabatlarga ham to’xtalib o’tdi. O’zbekiston gaz bermayapti, Qozog’iston benzinni o’tkazmayapti, dedi hamda chegara muammolari va qo’shni davlatlar bilan bo’lgan munosabatlarga e’tibor qaratdi.

“Men hech qachon Nursulton Nazarboev va Islom Karimov oldida tiz cho’kmayman. Akaev va Bakiev ularni oldiga yugurib borishar edi. Uzog’i bilan ikki yildan so’ng Karimov… Shundan so’ng biz chegara muammolarini xal qilamiz. Biz ular bilan teng asosda so’zlashamiz”, – dedi qizishib Atamboev.

Turkiston:

Sobiq sovetlar ittifoqi davrida ham iqtisodi u qadar yuksak bo’lmagan, faqatgina chorvachilik sohasi va tamaki etkazib berishga ixtisoslashgan Qirg’iziston respublikasining iqtisodi “mustaqillik”dan so’ng tamoman abgor axvolga tushib qoldi. Bundan tashqari avvalgi ikki prezident davrida qarindosh-urug’chilik va tanish-bilishchilikni avj olishi dard ustiga chipqon bo’ldi. Mustaqillikdan so’ng Qirg’iziston iqtisodi Xitoydan olib kelingan tovarlarni qo’shni respublikalarga eksport qilish (reeksport)ga asoslanib qoldi.

So’ngi yillarda Putin iqtisodni yana qayta davlat nazoratiga qaytarish uchun olib borgan mustabid siyosati oqibatida Rossiyaning og’ir va engil sanoatini dunyo bozoridan tamoman ortda qolib ketdi. Rossiyada ishlab chiqarilgan maxsulotlar hatto MDH davlatlari va ichki bozorlarida ham raqobatlasha olmaydigan hol kelib qoldi. Shuning uchun Putin hozirgi dunyo sistemasidan bir bo’lagini tortib olmoqchi.

Bu maqsadda Putin Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati va Bojxona ittifoqi kabi tashkilotlarni o’ylab topib bu orqali chegaralarni mustahkamlab, kichik bir tuzilma paydo qilish, uni faqat o’zi uchun ekin maydoniga aylantirish rejasini ishlab chiqdi. Putin o’ylab topgan mazkur reja amalga oshadigan bo’lsa o’zining sobiq mustamlakalari bo’lgan bu yurtlarning xom ashyolari Rossiyaga borib u erdan tayyor maxsulot bo’lib qaytishi kutiladi. Bu maxsulotlar hatto Xitoy maxsulotlari bilan ham raqobatlasha oladigan sifatga ega emasligi sababli tashqi maxsulotlarga katta soliq solinadi, ba’zilarini esa umuman ta’qiqlab qo’yiladi. Bu faqat Rossiyaning ixtiyori va tashabbusi bilan amalga oshiriladi. U Qirg’izistonning er va havo orqali butun atrof chegarasidan kiruvchi maxsulotlarni o’z nazoratiga oladi. Buning natijasida esa reeksportga Qirg’iziston iqtisodi tamoman izdan chiqib ketadi.

Shu sababli Atamboev turli yo’llar bilan Bojxona ittifoqiga a’zo bo’lishlikni paysalga solib kelmoqda, ammo Putin boshchiligidagi Rossiya hukumati ham har xil bosimlar orqali Qirg’izistonni tashkilotga a’zo bo’lish uchun majbur qilib kelyapti. Tojikiston bilan bo’lgan chegara muammolari, O’zbekiston bilan gaz muammosi hamda Qozog’iston orqali Qirg’izistonga keltirilayotgan yonilg’i maxsulotlarini cheklab qo’yilishi ham Rossiya tomonidan uyushtirilayotgan bosimlardan boshqa narsa emas.

Bugungi kunga kelib Atamboev uchun barcha muammolardan qutulishni birdan bir yo’li oshini oshab, yoshini yashab bo’lgan O’zbekiston va Qozog’iston prezidentlarini tezroq o’lishlari bo’lib ko’rinmoqda shekilli. Atamboevning “uzog’i bilan ikki yildan so’ng Karimov” deyishiga ham mana shu umid sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. qusta 2014

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.