Qirg’izistonning Chuy viloyatida joylashgan №50 qamoqxonasidan 9 nafar mahbus qochirib yuborilgan

800
0

Hizb-Turkiston-Kg

12 oktyabrga o’tar kechasi 50-sonli qamoqxonada sodir bo’lgan mahbuslarni qochish amaliyoti vaqtida qamoqxonaning uch xodim o’ldirilgan va bittasi yarador bo’lgan. Qamoqxonadan qochgan 9 kishidan 5 tasi qo’lga olingani, 4 tasi yashirinishga ulgurishgani aytilmoqda. Qochqinlarning deyarli barchasi “Jayshul Maxdiy” tashkilot a’zolari ekani aytilayapti.

“Ozodlik” radiosining ma’lumotiga ko’ra, O’zbekistonning Qo’qon shaxridagi № 4 maktabda keng ko’lamda vahimali tekshirish ishlari olib borilgan va ikki nafar o’qituvchi qamoqqa olingan. Bu anonim xat asosida uyushtirilgan amaliyot bo’lib, o’qituvchilarni “Islom davlati” tashkilotiga targ’ib qiluvchi varaqalarni tarqatganlikda ayblashgan.

Avvalroq, shu kabi tushunarsiz harakatlar Tojikistonda bo’lib o’tgan edi. U erda KXEShTning navbatdagi yig’ini bo’lishidan ilgari, qandaydir noma’lumz guruh tomonidan bir qancha askarlar o’ldirib yuborildi. Bu guruhning keyingi taqdiri haqida esa hech narsa aytilmadi. Go’yoki ular o’z o’zidan yo’q bo’lib ketganidek yoki umuman ilgari ham mavjud bo’lmaganidek.

Tojikistonda bo’lib o’tgan YeXShTning yig’inida Rossiya prezidenti Putin: – “ terrorchilar Makka, Madina va Irusalimga ko’z tikishayapti. Ular Yevropa, Rossiya va Markaziy hamda Janubiy – G’arbiy Osiyoga kengayishni rejalashtirishmoqda. Shuningdek, u tashkilot qatorida mafkuraviy va harbiy tayorgarlikdan o’tgan sobiq sovet ittifoqi davlatlari fuqarolarining o’z yurtlariga qaytib kelishi bizlarni xavotirga solmay qo’ymaydi”, dedi.

Bundan tashqari Putin Markaziy Osiyo davlatlarini ikki standarli poziyalaridan voz kechishga chaqirib, ularga tahdid qildi. U bu mamlakatlar Rossiyaning qismatini o’zlariniki bilan uyg’unlashtirib, Islom va terrorizmga qarshi bir tomonga o’tishga chaqirdi.

Qirg’iziston Jazo ijro etish boshqarmasi vakili Salamat Abdievning rasmiy bayonotida aytilishicha, “qochib ketgan mahbuslarning kameralaridan boshqa barcha kameralar yopiq bo’lgan” emish. Yana qochib ketayotgan jinoyatchilar avtomot o’qlari ostida qamoqxona xodimining avtomashinasini minib qochishga ulgirgan emishlar. Eslatib o’tamiz, qochgan jinoyatchilarning orasida, bundan bir necha oy avval Bishkekda uyushtirilgan vahimali otishmalarda qo’lga olingan bir yigit ham bor.

Qirg’iziston mamlakatining “5 kanali” orqali bu jinoiy guruhlarni islomiy terrorizm va ekstremizm to’dalari deb atab, yana bir qancha harakatlarni ham ularga bog’lab aytib o’tdi. Shular jumlasidan Hizb ut-Tahrirni ham. Bu islomiy to’dalar hatto 2010 yilgi O’sh voqealarida ham asosiy o’rinni egallagan emishlar. Yana bir qancha asossiz va dalilsiz quruq gaplar tarqatilmoqda.

Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston davlatlari Rossiya va AQSh tomonidan qattiq vahimaga solib borilmoqdalar. Ular Rossiyani Suriyada olib borayotgan harbiy amaliyotlarini qo’llab yuborishdi. Endi nima bo’lishi mumkin ekanini aniq bilishmagan holda o’zlaricha musulmonlar ichida tozalash ishlarini yanada kuchaytirish uchun sharoitlar tayorlamoqchi bo’lishadi. Qirg’izistonda hatto 27-sonli qamoqxona bo’shatilib, islomiy jinoyatchilar uchun alohida qamoqxona tayorlanayotgani haqida gaplar paydo bo’lmoqda. Bu xaqda, 12 oktyabr kuni sobiq xavfsizlik bo’yicha vitse primer ministr Tokon Mamqtov “Azattk” ga bergan intarvyusida batafsil aytib o’tdi.

Rossiya va uning gumashtalari tomonidan olib borilayotgan amaldagi yoki boshqa qo’llab turishlar bilan olib borilayotgan urush Islom va musulmonlarning g’azabini uyg’otishi aniq. Bundan tashqari mujohidlarni bir mintaqadan siqib chiqarish bilan muammo xal bo’lmaydi, aksincha chigallashadi. Ular boshqa mintaqalarga ko’chib o’tishadi yoki o’z yurtlariga qaytishadi. Yuqoridagi mamlakatlar rahbarlari ham buni yaxshi anglab turishipti. Ular Rossiyadan qo’rqishadi. Rossiya, kuni kecha Turkiyada bo’lib o’tgani singari yirik terrorlik amaliyotlarni bu mamlakatlarda ham amalga oshira oladi.

Tojikiston Afg’oniston bilan minglab kilometr chegaralarga ega. Tojikiston qolgan davlatlar uchun bufer zonasi desa ham bo’ladi. Uni esa Afg’onistonda notinchlik bo’lsa, faqat Rossiya askarlari himoya qila oladi. Tojik rejimining ichki ahvoli ham juda tashvishli. Tojikiston musulmonlar bilan o’rtasini juda yomon ahvolga olib kelib qo’ydi. O’zbekistonni xavotiri ham xuddi Qirg’izistonnikidan kam emas. Shuning uchun ular xavfsizlik sohasida Rossiyaning chizgan chizig’idan chiqishga botinisha olishmaydi.

O’rta Osiyo mamlakatlari Rossiyani qo’llashga majbur bo’lib turishipti. Ular o’z yurtlaridagi islomiy guruhlarga qarshi kurash olib borish bilan bo’lsa ham Rossiyani qo’llab turishga harakat qilishadi. Balki, vaziyatga ko’ra Shomdagi harbiy harakatlarga qaysidir jihatdan moddiy aralashib qolishlari ham mumkin. Unda vaziyat juda keskinlashib ketadi. Bu mamlakatlardagi musulmon fuqarolarining hokimiyatga qarshi nafrati uyg’ona boshlaydi. Bu holat shu yurtlarda yangi islomiy jangari guruhlar paydo qilishga harakat qilayotgan kuchlar uchun qulay vaziyatlar paydo qiladi.

Shuning uchun biz, Qirg’izistondagi Hizb ut-Tahrir nomidan Qirg’iz xukumatini kufrning maslahati asosida musulmonlarga qarshi olib borilishi kutilayotgan amaliyotlardan voz kechishga chaqiramiz. Bu harakatlarning barchasi kufrning manfaati uchun yo’l ochib beradi. Bu mintaqada fuqarolar urushi kelib chiqishi uchun qulay muhit paydo qiladi. Musulmonlar ichida adovatlar paydo qilishga qaratilgan barcha harakatlar kufrning manfaati hisoblanadi. Biz Musulmonlar deganda hukumat vakillari, harbiylar ichki kuch strukturalarining barchasini nazarda tutamiz. Ularning o’rtalaridagi keskinlik oxir oqibat Afg’oniston, Liviya, Suriya, Iroq… kabi islomiy o’lkalardagi kabi yomon oqibatlarga olib keladi. Bu esa, Islom va musulmonlarning manfaati emas.

Sizlar kufrning katta davlatlari tomonidan qattiq bosim ostida ekaningizni ko’rib turibmiz. Lekin sizlarning ortingizda juda katta Ummat quvvati turipti. Faqat kufr sizlarni chalg’itib, ular bilan o’rtalaringizni buzib yuboradigan harakatlarga sizlarni majburlamoqda. Kufrdan yuz o’giring. Bu ilojsiz ish emas. O’z vaqtida kufr aholisi quvvatidan foydalanib, kufr bosqichilarini quvib chiqargan Mandella va Gandiyni eslang. Sizlarga Allohning oldida uzr yo’q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.