Nyu-York shahri ibodatxonalarining birida, “poklanmagan” o’smirni urib o’ldirishdi

421
0

Nyu – York shahrida joylashgan «Hayot kalimasi» ibodatxonasining olti nafar ziyoratchilari, 19 yoshli Lukas Leonardo o’limida aybdor deb topildi. Bu haqda NY Daily News ro’znomasi xabar tarqatgan. Ushbu jinoyatga uning ota-onasi va to’ng’ich opasi Sara ham gumonli shaxslar sifatida e’lon qilingan.

Hodisa mana bunday sodir bo’ldi. Yakshanba kuni 19 yoshli Lukas va uning 17 yoshli ukasi Kristoferni ularning ota-onalari tserkovga olib kelishgan. Ikkala o’smirdan gunohlariga iqror bo’lib, qilmishlarini bir boshdan aytib poklanishlik buyurilgan. Biroq ikkovlon bu narsaga itoat etishmagan. Shu sababdan odamlar to’planishib ikki yigitni jon jahdlari bilan do’pposlashgan.

Matbuot konfrentsiyasida politsiya vakillaridan biri Maykl Inserra voqeaga oydinlik kiritdi.

“Bir necha soat davomida ularning ustlaridan rosa masxara qilib kulishibdi va gunohlari haqida ma’lumot berib kechirim so’rashliklarini talab qilishibdi”, dedi u.

O’smir yigitlar juda og’ir jarohatlangan, ayniqsa ularning qorin bo’shlig’i a’zolariga, tanosil organlari va umurtqa pog’onalariga katta zarar etkazilgan. Agar Lukas og’ir ahvolga tushmaganda edi, bu ishdan hech kim xabar topmagan bo’lardi.

Uylariga qaytgach Lukas ayanchli aholga tushib qoldi, uning ota-onasi tashvishlanib kasalxonaga olib borishdi. Biroq qattiq va uzluksiz zarbalar tufayli paydo bo’lgan tan jarohatlarni davolashning iloji bo’lmadi va shu kuniyoq Lukas olamdan o’tdi.

Ukasi Kristoferning qaerdaligini ota-ona sir tutishdi, keyinchalik uni ibodatxonaning ikkinchi qavatida og’ir ahvolda topib olishdi. U zudlik bilan kasalxonaga yotqizilib, ayni paytda shifokorlar uning hayotini saqlash uchun harakat qilishmoqda. O’smirlarning ota-onasi, Bryus i Debora Leonard, hibsga olindi. Ularni qotillikda ayblashmoqda. Opasi Sara va yana ibodatxonaning uch nafar ziyoratchilari bolalarga jismoniy zarar etkazganliklari bois jinoyatga aloqador shaxslar qatorida qo’lga olindilar.

Mintaqaviy prokuror Skott Maknamara jinoyat yuzasidan o’z fikrini bunday bayon qildi :-“Bizning firkimizcha ular bolani o’ldirmoqchi bo’lishmagan, shunchaki jiddiy jarohat etkazishgan, biroq olgan jarohtalari bois u kasalxonada olmadan o’tdi”.

Ammo gumondor shaxslarini birortasi o’z aybini tan olishni istamayapti.

Statistika ma’lumotlariga ko’ra, AQShda jinoyatlarning 25 foizi oilaviy tazyiqlar natijasida ro’y berar ekan. Hozirgi davrda bunday holatlarning ko’p guvohi bo’lamiz. Odamlar aqlini ishlatmaganliklari bois, sigirni, yog’ochni, shamolni va hatto odamni o’zlari uchun xudo qilib olishgan. Yuqoridagi xabarni o’qib Islom ta’rixi yodimizga tushdi. Rosululloh sallallohu alayhi va sallamning bobolari Abdulmuttalib vafotlaridan so’ng, u kishining tarbiyasi bilan amakilari Abu Tolib shug’ullangan. Abu Tolib o’z jiyanini o’z farzandlaridan ko’ra ko’proq sevardi, agar biror safarga bormoqchi bo’lsa o’z farzandlari qolib, jiyanlarini olib ketar edi. Kunlarning birida korvon yo’lga tushib keng sahorga borib qoldi. Bir kishi “Ibodat qilishni unutibmiz, butlarimiz qolib ketibdiku dedi, shunda ular maslahat qilishib bir tuya sutini loyga qorishtirib, o’zlariga but yasashdi, o’rtaga qo’yib barchalari sig’ina ketishdi. Harchand yosh Muhammadani chorlashsada, ularga ergashmadi, qilayotgan amallarni takrorlamadi. Korvon yana yulga tushdi va safar davom etdi. Noxostdan yo’l yoqasida turgan bir oq toshga ko’zlari tushgach korvon ahli avval loydan yasagan butlariini uloqtirishib, topilgan silliq oq toshni xudo qilib ulug’lab ketishdi. Garchi u paytda Rasulalloh (s.a.v.) yosh go’dak va hali hanuz risolat xabari kelmagan bo’lsada, u kishi Alloh bergan aql bilan tafakkur qilib, butlarni ojiz, yasama va o’zga tomondan yaratilgan narsalar ekanligiga to’liq his qildilar.

Bugungi kundagi g’ayridin mushriklarning qilmishi tufayli go’daklarning sof-beg’ubor qalblari, aqllari shirkka to’la ma’lumotlar bilan sug’orilgan. Mabodo aql ko’zi bilan qarab isyon ko’tarsa yoki but, sanamlarning botil ekanligini isbot qilishsa, yuqoridagi bolaning kuni boshiga tushishi aniq. Rosululloh (s.a.v.) shunday dedilar: “Barcha inson fitratda musulmon yaraladi. Keyinchalik uni ota-onasi, atrof muhit mushrik, kofir va ma’jusiy qilib tarbiya qilishadi”.

Ey e’tiqod egalari!

Dunyodagi barcha qiyinchiliklar faqat Islom bilan hal bo’ladi, faqat Islom oliy bo’lsagina insonlar zulmatdan nurga chiqadilar va xech kimning, xoh u ota-ona bo’lsin va yo farzand bo’lsin, haq-huquqi poymol etilmaydi va albatta chiroyli tarzda himoya qilinadi. Islomiy sistemani mabda’ sifatida qayta barpo etsak, bandalik vazifmizni ado qilgan bo’lamiz. Nafaqat musulmonldar, hatto boshqa din vakillari ham Xalifalik davlati soyasida tinch – osuda hayot kechiradilar. Aynan biz – Musulmonlar bu ishda mas’ulmiz! Chunki hidoyatdan xabar topgan bandalar butun bashariyat uchun javobgardir. Faqatgina Shariat qaror topsagina insoniyat ikki dunyo saodatiga erishajak inshoAlloh.

Rasulalloh sallallohu alayhi va sallam sahobalari bilan suhbatlashib o’tirganlarida, bir sahoba so’radi : Ey Allohning Rosuli, bizga aytingchi, magar Qiyomat kunida Alloh bizlardan hayvonlar haqida ham hisob-kitob qiladimi? U kishi javoban : “Qiyomat kunida har bir jon haqida so’ralasizlar” – dedilar.

Vassalomu alaykum va rahmatulloh.

 Munavvara.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.