Rossiya Markaziy Osiyoda o’z ta’sirini kuchaytirishga intilmoqda

430
0

Afg’onistonda Tolibon harakati va “IShID” jangarilari faoliyati kuchayib ketgani bahonasi bilan Rossiya Markaziy Osiyoda o’z harbiy ishtirokini kuchaytirishga jiddiy ahamiyat qaratmoqda.

8 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri o’rinbosari Anatoliy Antonov etkachiligidagi harbiy delegatsiya amaliy safar bilan O’zbekistonga kelib, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan bo’lsa, shu kuni Rossiya Tojikiston bilan birgalikda Dushanbedan 30 km uzoqlikda joylashgan “Ayniy” aerodromidan foydalanishni boshlagani to’g’risida xabar berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatining chorshanba kuni bergan xabariga ko’ra, Rossiyaning Tojikistondagi 201- harbiy bazasiga vertolyotlardan tashkil topgan aviaguruh qo’shildi.

Xabarda aytilishicha, mazkur aviaguruh Tojikistonning G’issor tumanida joylashgan “Ayniy” aerodromida joylashtiriladi hamda Mi-24P va Mi-8MTV jangovar-transport vertolyotlari bilan jihozlantiriladi.

Turkiston:

Ramzan Qodirov o’z tvitr sahifalariga yozishicha, Afg’oniston vitse prizidenti geniral Dostum bilan uchrashishgan. Ular asosan ID tashkilotining Afg’onistondagi qanoti tez suratda rivojlanib borayotganidan xavotirlanishayotgani va bu muammolarning echimida Rossiyaning yordami haqida gaplashishgan emish.

Demak Afg’oniston hukumati ham Asadning rejimi singari Rossiya bilan hamkorlik qilish niyatida. Geniral Do’stumning o’z armiyasi mavjud bo’lib, u O’rta Osiyo mamlakatlarini to’sib turuvchi asosiy bufer xududini tashkil qiladi. Lekin Afg’onistonda paydo bo’lib borayotgan vaziyat, Rossiya singari quvvatli davlatning bevosita aralashuvini talab qiladigan jiddiy tus olib ketish xavfi bor. Bu AQShning Rossiya uchun tayorlab borayotgan yangi IShIDning ikkinchi yoki Kavkazda ham paydo bo’lishi bilan uchunchi kalasi bo’lishi mumkin. Rossiya IShIDni mazlum qilishi bilan uni Islom va musulmonlar quchog’iga solib beradi. Natijada Musulmonlar har erlarda mazlum musulmon birodarlarining nomidan Rossiyaga qarshi jihodiy harakatlar boshlayverishadi. Hatto Rossiyaning ichida ham.

Rossiya, o’sha paydo bo’lib borayotgan holatlarni seza boshlab, vaziyatdan foydalanib O’rta Osiyo mamlakatlaridagi harbiy pozitsiyalarini mustahkamlab olmoqchi. O’rta Osiyo mamlakatlar rahbarlari esa, Rossiyani Suriyadagi vahshiy harbiy yurishlarida qo’llab yuborish bilan, haqiqatda Rossiyani boshiga tushadigan ayanchli holatiga sherik bo’lib qolishlari mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.