Rossiya Suriyaga havodan hujumini boshladi, lekin bu urushdan kimlar manfaatdor

522
0

Rossiya aviatsiyasi, Suriyadagi ID tashkilotining 8 ta harbiy zaxirasi deb gumon qilingan nuqtalarga raketalar bilan bombardimon qildi. Rossiya tomonining ta’kidlashicha, kun mobaynida 20 marotaba harbiy samolyotlar Suriya bo’ylab havoga ko’tarilgan. Har bir nishonga olingan nuqtalar, Asad armiyasi razvetkalari tomonidan aniqlab berilgan emish. Bombardimon qilingan nishonlar Hama va Hims shaharlarda amalga oshirilgan.

Suriya milliy muxolif koalitsiyasi boshchisi Xolid xojining ta’kidlashicha, raketali bombalarning deyarli barchasi tinch aholi ustiga yog’dirilgan. 36 ta tinch fuqoro halok bo’lgan. Ularni ichida ayollar va bolalar ham bor. Xolidning aytishicha shu xalq tashabbusi va yordami bilan, bir yil ilgari ID armiyasini bu mintaqan quvib chiqarilgan ekan.

Rossiya bilan Putinning rejimi o’rtalarida manfaatlar ikkiga ayrilib borayapti. Putin, Rossiyani jar yoqqasiga qarab torta boshladi. Maqsadi, ichki nizolarga olib kelayotgan tashqi siyosatdagi har tomonlama siquvlardan qutilish. Rossiya hozirgi ahvolida uzoq tura olmasligi ma’lum. G’arb esa, Putinni hokimiyatda shu o’jarligi bilan, ilgarigidek hamkorlik holatiga qaytishi uchun imkon bermaydi. Rossiya iqtisodini o’nglab yuborishga vaqt ham imkoniyat ham yo’q. Shuning uchun Putin Rossiyani maqsadsiz va manfaatsiz urushga yo’naltirayapti.

AQShda bo’lib o’tgan BMTning navbatdagi yig’inidan so’ng bo’lib o’tgan Obama bilan Putinning uchrashuvi natijasida, Rossiyaga Suriya muammosiga harbiy aralashuviga ruxsat berildi. Putin bu imkoniyatdan foydalanib olishga harakat qiladi. U o’zini xalqaro hamjamiyat hali ham hisoblashishga majbur bo’lgan figura ekandek tutishga urinayapti. Bundan tashqari, ichki siyosatida ham, go’yo dunyoning g’am tashvishi Putinning qo’lloviga muxtoj bo’lib borayotgandek ko’rsatishga urinib ko’radi. Shu bilan bir qatorda, islomiy terrorizm xavfi Rus xalqini vatanparvarlik va fidoiylik tuyg’ularini uyg’otishidan umid qiladi.

Lekin xalqaro ommaviy axborot vositalari, Rossiyaning harbiy amaliyotlari oqibatidagi talofatlar va tinch aholi ichidagi borayotgan vahshiyona qatllarini qoralay boradi. Ular Rossiyaga qarshi olib borishayotgan matbuot hujumini aslo to’xtatishmaydi.

Buni bilib turgan Putinning rejimi,ichki muammolarni jadallashtirib borayotgan matbuot hujumini chalg’itib Rossiyani, Rus xalqini, mamlakati va fuqorolarining manfaatlariga zid keladigan o’ta xavfli urushga olib kirib borishayapti. Bu urush oqibatlaridan Rossiya ichkarisida islomiy qo’zg’alonlar kelib chiqish xavfi o’ta kuchayib boradi. Bu esa, hozirda Rossiyani hiyla bilan Suriyaga tortib kirib borayotgan AQShning o’zi uchun Rossiyani parchalab yuborishi uchun juda qo’l kelishi mumkin bo’lgan holat paydo bo’ladi.

Putin Rossiyaning krizisini yashirishga qanchalar urinmasin, endi buni davomiy yashirishga iloji qolmadi. Bu krizislarni kelib chiqishida Putinning xatolari ulkan darajada ko’p ekani oshkor bo’lib borayapti. Endi Putinga urush kerak bo’lib qoldi. U hatto Kavkazga ko’chib o’tishi mumkin bo’lgan islomiy qurollik to’qnashuvlarga ham qarshi emas. Aksincha bu urushlar Rus xalqidagi vatanparvarlik tuyg’ularini uyg’unlashtiradi deb umid qiladi. Bo’lmasa Shomdagi urush Rossiyaning urushi emas, AQShning urushi va muammosi edi. Xuddi Afg’oniston singari. AQSh Rossiyani yana o’z axlatini tozalatib olishga urinayapti.

Lekin Islom va Musulmonlarga qarshi borayotgan bu urushlar, Rossiyani parchalab yuborishi mumkin. Putin buni bila turib, o’z jonini saqlab qolish uchun Rossiyani garovga qo’yib yubormoqchi bo’layapti.

Rossiyada, migrantlarning sonini hisobga olmaganimizda ham, o’z fuqorolarining aksari qismi musulmonlardan iborat. Shuning uchun Rus xalqining o’zi Putindan Rossiyani tozalab olmasa, yaqinda Rossiya juda katta urushlar girdobida qolib ketishi mumkin. Lekin unda kech bo’ladi. Bu yaqinda Rus turistlari, migrantlari va shunchaki chet elda ish olib borayotgan fuqorolari xavfsizligida muammolar keltirib chiqara boshlaydi. O’sha kun katta muammolarning boshlangan kuni bo’ladi. Rus xalqi o’shanda haqiqiy izolyatsiyani boshidan kechirafdi. Putin o’sha kunda ham urushdan boshqa narsani taklif qila olmaydi. Putin harbiy odam ekanidan, faqat birgina milliylashtirish siyosatidagi xatosi oqibatidan Rossiyani iqtisodiy krizisga olib kelib qo’ydi. Agar Rossiya fuqorolari Putinni to’xtatib qolishmasa, ular uchun juda yomon oqibatlar bo’lishi mumkin.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.