Eron: Suriyada demokratiya hukmron bo’lishi uchun yordam berishga tayyormiz

415
0

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Nyu-Yorkda tashkil qilingan BMT bosh assambleyasida nutq so’zladi. U o’z nutqida Suriyada terrorizmni (Islomni) yo’q qilish va demokratiyani rivojlantirish uchun har bir ishga tayyor ekanligini bildirdi.

“Iroq va Afg’onistonda demokratiyaning o’rnashuviga yordam berganimiz kabi Suriya va Yamanda ham demokratiyaning hukmron bo’lishiga yordam berishga tayyormiz”, dedi Eron prezidenti.

Shuningdek, Hasan ruhoniy joriy yil haj mavsumida hojilarning noxush hodisalar tufayli halok bo’lishida Saudiya hukumatini aybladi. Shaytonga tosh otish marosimida yuzlagan hojilarning o’limiga sabab bo’lgan tiqilinch hodisasi tabiiy ofat hisoblanmasligini qayd etgan Ruhoniy bu hodisa Saudiya hukumatining loqaydligi tufayli yuzaga kelganligini ta’kidladi. Xabarlarda aytilishicha, Minodagi tiqilinchda o’lganlarning aksarini eronliklar tashkil qiladi.

“Hajda o’lganlar uchun motam tutayotgan xalq nomidan gapiryapman. Ma’naviy maqsadda to’plangan yoshu qari, erkagu ayol hojilar loqaydlik va yomon boshqaruv qurboni bo’lishdi”, dedi Hasan Ruhoniy.

Eron prezidenti joriy yil haj mavsumida halok bo’lgan yoshu qari, erkagu ayol hojilar haqida so’z yuritdi-yu biroq Suriyada Eron askarlari tarafidan atayin o’ldirilayotgan minglagan begunoh yoshu qari, erkagu ayollar haqida bir og’iz ham so’z aytmadi. Vaholangki Asad qo’shiniga yordam ko’rsatish uchun kelgan Eron askarlari Suriyada qanday qabih ishlar qilayotganiga butun dunyo guvoh bo’lib turipti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.