Ayol kishining to’pig’idan pastki qismi avrat

1040
0

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

Samia Alshamining savoliga javob: ayol kishining to’pig’idan pastki qismi avrat

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Umumiy hayotda ayol kishining to’pig’idan pastki qismi ochiq bo’lishi joizmi, to’piqdan pastini ochishning haromligi uning boshqa avratlarini ochishning haromligi bilan barobarmi? Xos hayot chegarasi qanday, ya’ni faqat uyning ichkarisi xos hayot, ammo tashqaridagi uyiga qo’shni bo’lgan tomon umumiy hayot, shundaymi? Jilbob to’g’risidagi oyatda pastga tushirib kiyish to’piqlardan pastini ham o’z ichiga oladimi? To’piq pastini sifatlari ham aytilganmi? Siz shayximizni Alloh yaxshilik ila mukofotlasin.

Javob:

1 – Xos hayot chegarasi uyning ayol kishi avrat erlarini ocha oladigan va nomahram ko’rmaydigan chegaradir. Bu esa uyning chegarasidan tashqarisi xos hayot emasligini anglatadi. Masalan, u qachon uyining mahallasi-kvartalidagi do’konga (etaj uylarning pastki qavatlaridagi do’konlar ham nazarda tutilyapti. Tahr.) xarid uchun chiqsa, avratini berkitib, shar’iy libos kiyib olishi kerak. Chunki xos hayot – yuqorida aytganimizdek – ayol kishi avrat erlarini ocha oladigan va nomahram ko’rmaydigan joy, ya’ni uyi hududidagi joydir.

2 – To’piq pasti avratdir, ayol kishi uni berkitmog’i lozim. Bunga dalil:

  1. a) Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ قُلْ لأَزْوَاجِكَ وَبَنَاتِكَ وَنِسَاءِ الْمُؤْمِنِينَ يُدْنِينَ عَلَيْهِنَّ مِنْ جَلابِيبِهِنَّ ذَلِكَ أَدْنَى أَنْ يُعْرَفْنَ﴾

«Ey payg’ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va mo’minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini o’rab, pastgacha tushirsinlar, mana shu ularning tanilib qolmasliklari uchun eng yaqin (vositadir)» [Ahzob 59]

Ya’ni ustlaridagi jilboblarini pastgacha tushirsinlar, demakdir. Oyatdagi (يدنين) so’zidagi pastgacha tushirish qachonki jilbob aqalli to’piqqa etkazilib, ularni o’rab turgandagina amalga oshadi. Busiz pastgacha tushirish ro’yobga chiqmaydi. Agar to’piqning pasti paypoq yoki tufli bilan berkitilgan bo’lsa, u holda, jilbobni to’piqqacha tushirish bilan oyatdagi pastgacha tushirish ma’nosi ro’yobga chiqadi. Ammo to’piqning pasti paypoq yoki tufli bilan berkitilmagan bo’lsa, jilbob to to’piq pastini yopishi uchun albatta ergacha etgan bo’lishi shart. Bu esa to’piqning pasti avrat ekanini anglatadi.

  1. b) Ibn Umardan rivoyat qilinadi: Rosululloh A bunday deganlar:

«مَنْ جَرَّ ثَوْبَهُ خُيَلاَءَ لَمْ يَنْظُرِ اللهُ إِلَيْهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَقَالَتْ أُمُّ سَلَمَةَ فَكَيْفَ يَصْنَعْنَ النِّسَاءُ بِذُيُولِهِنَّ قَالَ يُرْخِينَ شِبْرًا فَقَالَتْ إِذًا تَنْكَشِفُ أَقْدَامُهُنَّ قَالَ فَيُرْخِينَهُ ذِرَاعًا لاَ يَزِدْنَ عَلَيْهِ»

«Kimki takabburlik qilib etaklarini sudrab yursa, qiyomat kuni Alloh unga qaramaydi. Shunda Ummu Salama so’radi: Unda ayollar etaklarini nima qiladilar? Payg’ambar alayhissalom aytdiki: (To’piqlari pastidan) bir qarich tushirsinlar (ya’ni bir qarich uzunlikda erda sudrab yursinlar). Ummu Salama dedi: Unda ham oyoqlari ochilib qoladi-ku? Nabiy A javob berdi: (To’piqlari pastidan) bir ziro’ (bir bilak) uzaytirsinlar. Bundan ziyoda qilmasinlar» (Termiziy ishlab chiqqan va bu hasan sahih, degan).

Bu hadis ayol kishi to’piqlari pastini yopishi shartligini ochiq ko’rsatib turibdi. Ummu Salama I ayollar etaklarini erda bir qarich uzunlikda sudrab yurganlarida, ayniqsa, oyoq yalang yurganlarida to’piqdan pastki qismi ochilib qolishi ehtimolidan xavfsiradilar. Islomdan ilgari ko’p hollarda shunday yalang oyoq yurilgan. Uning xavfsirashi ortidan Rosululloh A ayol kishining etagi erda bir ziro’ (bir bilak) uzunlikda sudrab yurilishiga, undan uzaytirmaslikka ruxsat berdilar. Hadisdagi «Unda ham oyoqlari ochilib qoladi-ku?», degan so’zda illat ochiq ko’rinib turibdi.

Xullas kalom, to’piqdan pastki qism avratdir, uni boshqa avrat joylar qatori berkitish lozim.

3 – Ma’lumot uchun shuni aytib o’tgan bo’lardim: Abu Hanifa to’piqdan pastki qismini ko’rsatish joiz deganlar. Chunki u kishi Alloh Subhanahuning

 ﴿وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا﴾

«Ko’rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini ko’rsatmasinlar» [Nur 31]

degan kalomi tafsirida, «مَا ظَهَرَ مِنْهَا»dan murod faqat yuz va kaftlargina emas, to’piqlar pasti hamdir, degan ra’yni bildirganlar. Lekin bu ra’ydan ko’ra, yuqorida aytganimizdek, mazkur oyati karima va Buxoriy hadisi dalolatidan kelib chiqqan ra’yimiz ehtimoli kuchliroq. Yana Alloh yaxshi bilguvchi va hakim zotdir.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

30 zul-qa’da 1436h

14 sentyabr 2015m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.