Moskvada Putin iste’fosini talab qilgan namoyish bo’lib o’tdi

391
0

20 sentyabr kuni Moskva shahrida minglab odamlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin iste’fosini talab qilib norozilik namoyishi o’tkazishdi.

“Millat va Ozodlik” qo’mitasi tarafdorlari bo’lgan rus millatchilari va “Xotira” muxolifat harakatlari ham mazkur narozilik namoyishini qo’llab-quvvatlab,

-Putin va uning hukumati iste’fosi:

-“Birlashgan Rossiya” partiyasi va Putinning boshqa tarafdorlari safini tozalash:

-So’z erkinligi, saylov, yig’ilish va ittifoqlar erkinligini qaytarish:

– Barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilish. Siyosiy qotillikda aybdor bo’lganlarni jazolash, talablarini ilgari surishdi.

Bundan tashqari norozilik namoyishida o’ng qanot partiyalari va boshqa rus milliy tashkilotlari tarafdorlari ishtirok etishdi.

Namoyishchilar oldida so’zga chiqqan milliy-demokrat Vladimir Milov yig’ilganlarni namoyishni davom ettirishga chaqirib, sho’rolar tuzumi inqirozga yuz tutgani kabi Putin rejimi ham inqirozga uchrashini aytib o’tdi.

Odatda bo’lgani kabi, bu safar ham rasmiy hukumat narozilik namoyishiga 4 mingga yaqin odam yig’ilganini aytgan bo’lsa, uyushtiruvchilar arizada ko’rsatilagan 40 ming kishidan ozroq odam to’planganini, betaraf kuzatuvchilar ma’lumotiga ko’ra, 7 mingga yaqin odam ishtirok etgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.