AQSh davlat kotibi yordamchisi Qirg’izistonga keldi

557
0

AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisi Nisha Bisval chorshanba kuni Qirg’izistonga tashrif buyurib, Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev va prezident apparati tashqi siyosat bo’limi boshlig’i Sapar Isaqov bilan uchrashdi.

AQShning Qirg’izistondagi elchixonasi xabariga ko’ra, Nisha Bisvalning safari payshanba kuni ham davom etadi. Bisval Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan kengayib borayotgan va davom etayotgan hamkorlik, shu jumladan ishbilarmon doiralarni qo’llab-quvvatlash masalalarin muhokama qilish maqsadida hukumat vakillari, ishbilarmon va talabalar bilan ham uchrashuvlar o’tkazadi.

Qirg’iziston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Abdildaev va Bisval ikkitomonlama hamkorlikni hozirgi vaziyati hamda kun tartibidagi xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishdi.

 Turkiston:

So’ngi vaqtlarda Qirg’iziston hukumati tashqi siyosatda ikki davlat etagini tutishdan yuz o’girib Rossiya bilan imkon qadar yaqinlashishga harakat qilib kelmoqda. Rossiya bilan yaqinlashish esa tabiiyki AQSh bilan munosabatlari sovuqlashishiga olib keladi. Albatta, bu ishlarning barchasi Qirg’iziston hukumatining o’z ixtiyori bilan emas, balki Rossiyaning kuchli bosimi bilan amalga oshirilyapti.

Rossiya ancha vaqtdan beri qirg’iz hukumatidan AQSh bilan aloqalarini uzishni talab qilib kelayotgani ma’lum. Rossiyaning bu talabini qondirish uchun 15 iyul kuni AQSh davlat departamenti tomonidan Azimjon Asqarovni “Inson huquqlari himoyachisi” mukofoti bilan taqdirlanishi juda qo’l keldi. Azimjon Asqarov mukofotlanishi Qirg’iziston hukumati bundan 22 yil avval imzolangan hukumatlararo hamkorlik kelishuvini bir tomonlama bekor qildi.

Nisha Bisvalning tashrifi esa bekor qilingan kelishuvni qayta tiklash va qirg’iz hukumatni “yuvosh torttirish”ga bo’lgan harakatlardan biri bo’lishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.