Osiyoning turli mintaqalaridagi mufakkira ayollar…

517
0

Osiyoning turli mintaqalaridagi mufakkira ayollar Rohinga musulmonlarini qutqarish uchun Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishga da’vat qiluvchi bayonotga imzo chekmoqdalar

Osiyoning turli mintaqalaridagi mufakkira ayollardan 250 nafari Rohinga musulmonlarini qutqarish uchun Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishga da’vat qiluvchi bayonotga imzo chekdilar. Bayonotda Myanma va unga qo’shni davlatlardagi musulmonlarga nisbatan vahshiyona istibdod to’lqini tobora kuchayib borayotgani qattiq qoralangan. Bayonotdagi da’vatda shular aytilganki, islomiy yurtlarni birlashtirish va bugungi rejimlarni hamda kofir G’arb o’rnatgan millatchilik chegaralarini rad qilish zarur. Chunki shu chegaralar sababli musulmonlar va ularning hukmdorlari dunyodagi barcha repressiyaga uchrayotgan musulmonlarni, aka-uka birodarlarini qutqarishda o’z burchlaridan voz kechdilar. Shuningdek, bayonotda islomiy olam hukumatlaridan darhol Rohinga musulmonlarini qutqarish sari harakatlanish va ularning Islom buyurganidek o’z haq-huquqlariga erishishlariga yordam berish ham talab qilingan. Bunga qo’shimcha, imzolash tadbirida qatnashgan ayollar Rohinga musulmonlari bo’hronining tub echimi sanalgan hamda ularning ham, butun dunyodagi boshqa mazlum musulmonlarning ham azob-uqubatlariga zudlik bilan chek qo’yadigan Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish faoliyatini qo’llab-quvvatlashga ahd qildilar. Bayonotga qo’l qo’yish bilan undagi bandlarni qo’llab-quvvatlashini ifodalagan ayollar: Rohinga inson huquqlari tashkiloti a’zolari, jurnalistlar, radio, televidenie, matbuot muharrirlari, siyosiy partiyalar a’zolari, islomiy tashkilotlardagi nufuzli ayollar, fuqarolik xizmati mulozimlari, jumladan, regional vazirliklar mehnatkashlari, siyosiy faollar, xotin-qizlar harakatlari a’zolari, muslima mehnatkashlar, jamiyat etakchilari, shifokorlar, muhandislar, tadbirkorlar, muallimalar, universitetlar professorlari va talabalaridir.

Ushbu bayonot 2015 yil 6 iyunda Malayziya mezbonlik qilgan hamda Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limi ayollar bo’limi tashkillashtirgan ayollar forumi doirasida chiqarildi. «Rohinga: dengizda qolib ketganlar fuqaroligi yo’q bir millatmi yoki eng yaxshi Ummatning bir qismimi?» nomli ushbu ayollar forumida dunyo hamjamiyati diqqatini Rohinga ayollari va bolalari duch kelayotgan mashaqqatlarga qaratish ko’zda tutilgan. Bayonot bilan bog’liq ayni tadbirdan so’ng Hizb ut-Tahrir ayollari o’z jamiyatlaridagi nufuzli ayollar bilan keng ko’lamli bahs-munozaralar o’tkazib, ularni ushbu bayonot va undagi takliflarni tushuntirishga va yo’llanmalar berishga harakat qildilar.

Quyida ushbu bayonotni keltiramiz:

2015 yil 6 iyun shanba kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida «Rohinga: dengizda qolib ketganlar fuqaroligi yo’q bir millatmi yoki eng yaxshi Ummatning bir qismimi?» nomi ostida o’tkazilgan ayollar forumida Hizb ut-Tahrir markaziy axborot bo’limi ayollar qismi «Rohinga ayollari va bolalariga yordam ko’rsatish» e’lonini chiqardi

Biz, quyidagi imzo sohibalari Myanma va uning atrofidagi davlatlarda Rohinga musulmonlarini quvg’in qilish kuchayib borayotganini hamda bu musulmon aka-ukalarimiz, opa-singillarimizga qarshi repressiv siyosatlar olib borilayotganini keskin qoralaymiz va quyidagilarni e’lon qilamiz:

1 – Biz muslima ayollar sifatida ta’kidlab shuni aytamizki, musulmonlar boshqa odamlardan tashqari alohida yagona ummatdir. Musulmonlar o’zaro birlashishlari vojib hamda ularni hech qanday chegara, to’siq va masofa ajratmasligi lozim. Alloh Taolo aytadi:

 إِنَّ هَٰذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاعْبُدُونِ

«Albatta, sizlarning ummatingiz haqiqatda bir ummatdir, Men esa Robbingizman, bas, Mengagina ibodat qiling» [Anbiyo 92]

Shuning uchun shu erdan turib, Rohinga aka-ukalarimiz va opa-singillarimiz muammosi barchamizning muammoimiz, ularning azob-uqubatlari barchamizning azob-uqubatlarimiz ekanini ta’kidlaymiz. Shuningdek, biz ularning masalasini qo’llab-quvvatlaymiz. Chunki Rosululloh Aning ushbu so’zlariga ko’ra, Islom ularni himoya qilishni va tinch maskan bilan ta’minlashni bizga farz qilgan:

 «الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ، لاَ يَظْلِمُهُ، وَلاَ يُسْلِمُهُ، وَمَنْ كَانَ فِي حَاجَةِ أَخِيهِ، كَانَ اللهُ فِي حَاجَتِهِ وَمَنْ فَرَّجَ عَنْ مُسْلِمٍ كُرْبَةً، فَرَّجَ اللهُ عَنْهُ كُرْبَةً مِنْ كُرُبَاتِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ، وَمَنْ سَتَرَ مُسْلِمًا، سَتَرَهُ اللهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ»

«Musulmon musulmonni birodaridir, unga zulm qilmaydi, dushmanga topshirib qo’ymaydi, kim birodarining hojatini chiqarsa, Alloh uning hojatini chiqaradi. Kim musulmon kishidan bitta g’am-tashvishini aritsa, Alloh undan qiyomat kunining g’amlaridan bir g’amni aritadi. Kim bir musulmonning aybini yashirsa, Alloh uning aybini qiyomat kuni yashiradi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

2 – Dunyoning barcha burchagidagi musulmonlar birodardirlar. Alloh Taolo

إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ

«Albatta Mo’minlar (bir-birlariga) birodardirlar» [Hujurot 10] dedi. Shuningdek, dushmanga qarshi hammalari bir mushtdirlar. Rosululloh A bunday dedilar:

«الْمُسْلِمُونَ تَتَكَافَأُ دِمَاؤُهُمْ وَهُمْ يَدٌ عَلَى مَنْ سِوَاهُمْ يَسْعَى بِذِمَّتِهِمْ أَدْنَاهُمْ وَيُرَدُّ عَلَى أَقْصَاهُمْ»

«Musulmonlar qoni (qasos va diyada barobardir), ular dushmanga qarshi bir mushtdirlar, Ulardan eng quyi darajadagisi bergan omonlik ham nufuzlidir, ularning eng uzoqdagisiga ham o’lja beriladi».

Binobarin, Suriyadagi oqizilgan musulmonlar qonining daxlsizligi Markaziy Afrikadagi, Falastindagi, qolaversa Rohingadagi musulmon birodarlarimiz oqizgan qonlari daxlsizligi bilan bir xildir.

Biz islomiy yurtlardagi mavjud hukumatlarning Rohinga musulmonlarini himoya qilish uchun Myanmaga aralashishdan bosh tortganliklarini hamda o’zlarini olib qochishga muvaffaq bo’lgan bu bechoralarni tinch boshpana va yaxshi turmush bilan ta’minlamayotganliklarini keskin qoralaymiz. Biz musulmonlar yurtlaridagi mavjud bunday ilmoniy milliy rejimlarni hamda mustamlakachilik chegaralarini ham rad etamiz. Bu chegaralarni kofir G’arb zo’rlik bilan o’rnatib qo’ydi, shular bilan yurtlarimizni zaif davlatchalarga bo’lib tashladi, ular sababli musulmonlar bir-birlariga yordam qo’lini cho’zishga muhtoj bo’lib turgan bir vaqtda, yordamsiz tashlab qo’yildilar, ulardan voz kechildi. Biz bunday achchiq voqelikni bartaraf etish uchun faoliyat qilib, shunga da’vat qilayotgan ekanmiz, islomiy yurtlardagi mavjud hukumatlardan Myanmadagi anavi jinoyatkor diktator hukumat bilan darhol aloqalarini uzishni, u erdan qochib chiqqan Rohinga musulmonlarini quvg’indan qutqarib, tinch boshpana va to’la fuqarolik huquqi bilan ta’minlashlarini talab qilamiz.

3 – Biz ayni bo’hronni xalqaro hamjamiyat hal etishi mumkin, deya da’vo qilinayotgan fikrni rad etamiz. Chunki xalqaro hamjamiyat deya aytilayotgan kapitalistik davlatlar Rohinga musulmonlariga qarshi terroristik hujumlarini sodir etishdan to’xtamayotgan Mnyama hukumati bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdi. Bu bilan xalqaro hamjamiyat o’zining birlamchi vazifasi – inson hayoti va hurmati zarariga bo’lsa ham – shaxsiy moddiy manfaatlarini ta’minlashdan iborat ekanini yana bir bor namoyon qildi. Shu bilan birga, biz Rohingadagi musulmon aka-ukalarimiz va opa-singillarimizni qutqarishda – Janubi-Sharqiy Osiyo Davlatlari Ittifoqi (ASYeAN)ning alohida roli bo’lishi mumkin, degan fikrni ham mutlaqo rad etamiz. Chunki bu ittifoq doimo mintaqada mustamlakachi davlatlar manfaatiga xizmat qiluvchi qo’g’irchoq bo’lib kelgan. Bundan tashqari, BMTning rolini ham ko’rdik. U Suriya, Falastin, Markaziy Afrika va boshqa yurtlardagi quvg’inga uchragan musulmonlarni himoya qilish masalasida ayanchli omadsizlikka uchradi, keyin aralashishdan o’zini olib qochdi. Binobarin, bunga o’xshash tashkilotlarga ishonmaymiz hamda xalqaro hamjamiyatning Myanma va boshqa erlardagi musulmon aka-ukalarimiz va opa-singillarimizning qon to’kilishiga, azob-uqubatda yashashlariga chek qo’yishiga umid qilmaymiz.

4 – Biz ta’kidan aytamizki, Rohinga musulmonlarining ham, dunyodagi boshqa musulmonlarning ham boshlariga tushayotgan zulmu sitamlarning tub echimi Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishda mujassamdir. Yolg’iz Xalifalik davlatigina musulmonlar manfaatini haq-rost tabanniy qiladi, chunki u Alloh Subhanahu va Taolo shariatiga muvofiq qadam tashlaydi. Shu bois Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik barcha quvg’inga uchragan musulmonlar istiqboliga o’z darvozalarini lang ochib berib, hammalarini himoya va boshpana bilan ta’minlaydi, chunki Xalifalik davlati nazdida ularning hammasi barobardir. Ushbu davlat zulmga uchragan bu musulmonlar qaerda bo’lmasinlar, qaerda to’xtagan bo’lmasinlar, hech ikkilanmay, darhol ularni qutqarish sari qo’shin safarbar qiladi. Binobarin, biz Alloh Taologa va’da beramiz, albatta Hizb ut-Tahrir bilan birga faoliyat qilib, ushbu buyuk davlatni barpo etish uchun bor kuchimizni va bor harakatimizni sarflaymiz. Toki, ushbu davlat yurtlarimizni birlashtirsin, fuqarolarimizni dushman qo’lidan qutqarsin, xavfsizlikni keng yoysin, nafaqat Rohinga ayollari va bolalari, balki butun Islom Ummati uchun baxtli hayotni kafolatlasin.

Aytgan so’zlarimizga Allohning O’zi shohid, O’zi muvaffaq qiluvchi va tayanishga loyiq zotdir.

4563Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Faks: 00961 130 75 94

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.