Britaniya va Frantsiya Liviyaga bosqin qilishga hozirlik ko’rmoqda

412
0

Britaniya va Frantsiya Liviyaga bosqin qilishga hozirlik ko’rmoqda

Britaniyada chiqadigan Telegraf gazetasi hukumatdagi manbalarga tayangan holda, quyidagicha xabar tarqatdi: «Islomiy Davlat tashkiloti jangarilari Yevropani nishonga olish maqsadida butun O’rta Yer dengizi qirg’oqlaridan yangi bir qal’a sifatida foydalanishlari mumkin degan xavotirlar sababli Britaniya Liviyada harbiy amaliyotlar olib boradi». Britaniya tashqi ishlar vazirligining O’rta Sharq masalalari bo’yicha vaziri Tobias Elvud bunday dedi: «Biz – Islomiy Davlat tashkiloti butun O’rta Yer dengizi qirg’oqlari bo’ylab o’rnashib olish uchun qadam qo’ygan mintaqalarda xalqaro hamkorlarimiz bilan yaqindan ish olib bormoqdamiz. Maqsadimiz, ayni tashkilot joylashgan erlarni aniqlash va unga qarshi kurash yo’llarini belgilashdan iborat». Liviya Britaniyaning navbatdagi harbiy aralashuviga nishon bo’lishi mumkinmi, degan savolga hukumatdagi bir manba «Bu ishlar aynan shu yo’nalish bo’yicha ketmoqda», deb javob berdi.

Frantsiya esa, Liviyadagi Islomiy Davlat tashkiloti tug’dirayotgan tahdid ko’lamini aniqlash uchun u erga o’z razvedka samolyotlarini yubordi. Bu haqda frantsiyalik mas’ullar bayonot berdi. Frantsiya bosh vaziri Manuel Vals «Islomiy Davlat tashkiloti jangarilarini yo’q qilish uchun olib borilayotgan xalqaro sa’y-harakatlarni Shimoliy Afrikaga qadar kengaytirish»ga chaqirdi.

Roya gazetasi sharhi:

Britaniya bilan Frantsiyaning bunday bayonot va harakatlari Sxirat bitimi imzolangani to’g’risida xabarlar tarqagan bir vaqtda bo’lmoqda. Tripolidagi Umumiy milliy kongress bilan Tobrukdagi Vakillar palatasi o’rtasida kutilmaganda imzolangan bu bitim BMTning Tunisdagi vakili Bernardino Leonning iste’fosi ortidan amalga oshgan edi. Amerika Yevropa nufuziga zarba berish va o’z malayi Haftarni kuchaytirish uchun shu sobiq vakildan foydalanishga uringan edi. Biroq u qisqa fursat mobaynida muvaffaqiyat qozonoldi, xolos. U o’z malayini mustahkamlash va inglizlar malaylari safiga yorib kirishda uzoq vaqt davomida yutuqqa erisholmadi. Shuning uchun mana, inglizlarning Tripoli va Tobrukdagi malaylari Amerika va uning malaylariga qarshi yana bitta frontda turib qarshilik ko’rsatishni boshlashdi. Bu esa ikki tomonni birlashtiruvchi birlik hukumatini tuzish qayd etilgan bitimga imzo chekilganidan so’ng sodir bo’ldi. Binobarin, Liviyadagi evropaparast guruhlar o’rtasini buzish uchun Amerikaning hech vaqosi qolmadi. U evropaliklarning Liviyada hukmron bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun faqatgina Islomiy Davlat tashkilotidan foydalanishi mumkin, xolos. Shuning uchun Liviya ustida Yevropa hukmronligini to’liq qayta joriy qilish maqsadida Britaniya va Frantsiya uchun Islomiy Davlat tashkilotiga harbiy hujum qilish to’g’risida o’ylashi zarur bo’lib qoldi.

Shunday qilib bugungi kunda musulmonlarning yurtlari buyuk kuchlar o’rtasidagi xalqaro kurash sahnasi va bosqin maydoniga aylanib qoldi. Bu kurash va bosqinning qurboni Islomiy Ummat farzandlari bo’lmoqda. Agar o’z xalqiga dushmanlik qilib, Ummat dushmanlarini do’st tutgan va Ummatni bosqinchi mustamlakachilarga topshirib qo’ygan xoin, malay hukmdorlar guruhi bo’lmaganida edi bunday bo’lmagan bo’lardi.

Roya gazetasining 2015 yil 16 dekabr chorshanba kungi 56-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.