Tojikiston hukumati Islomga qarshiligini kuchaytirmoqda

489
0

Keyingi paytlarda Tojikistonda Islom va musulmonlarga nisbatan bosimlar turli shakllarda ortib bormoqda. Mamlakat poytaxti Dushanbeda markaziy masjid atrofidagi diniy kitoblar va hijobga mosroq kiyim-kechak sotadigan 17 ta do’kon yopib qo’yildi. “Radioi Ozodi”ning xabar qilishicha, do’konlar shahar meriyasi tarafidan chiqarilgan xos qarorga binoan yopib qo’yilgan. Bu do’konlar diniy buyumlar va liboslar sotilishi bilan tanilgan do’konlar edi.

Mazkur do’konlardan birida sotuvchi bo’lib ishlaydigan Mahmadullo Rosulovning “Radioi Ozodi”ga bildirishicha, do’konlar maxsus komissiya tarafidan o’tkazilgan tadbir (reyd) natijasida yopib tashlangan.

“Uch kun avval do’konlarimizni yopib qo’yishdi. Hozirda biz homiyat tarafidan chiqariladigan qarorni kutib turipmiz. Chunki hokimiyatning ruxsati bo’lmay turib qayta ish boshlay olmaymiz”, deydi do’kon sotuvchisi.

Dushanbe shahar hokimiyatining vakillari esa o’tkazilgan tadbirdan ko’zlangan maqsad do’konlarni yopib qo’yish emas, balki sotuvga qo’yilgan mahsulotlarning turlarini tartibga keltirish ekanligini da’vo qilishmoqda.

“Bu do’konlarda bizning madaniyatimizga begona bo’lgan kiyimlar sotilmoqda. Bu ish shahar hokimiyati tarafidan ko’rib chiqiladi. Ularning nima sotishligi yoki nima sotmasligi hukumat qaroriga bog’liqdir”, dedi hukumat vakillaridan biri.

19 avgust kuni Dushanbe hokimi Maxmadsaid Ubaydulloev tojiklarning milliy madaniyatiga mos kelmagan kiyimlar borasida bir yig’ilish tashkil qilgan edi. Yig’ilishda Ubaydulloev ba’zi mas’ullarning bu borada etarli darajada harakat qilmayotganligini tanqid qilib, milliy madaniyatiga mos kelmagan kiyimlarni import qilish va sotishning oldi olinishini talab qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.