Atambaev AQShga safarini bekor qildi

463
0

Prezident Almazbek Atambaev boshchiligidagi Qirg’iziston delegatsiyasining AQShga rasmiy safari bekor qilindi.

Xabarlarga ko’ra, delegatsiya sentyabr oyining oxirida AQShga bir haftalik safar bilan jo’nab ketishi kerak edi. Ammo yaqinda safarning bekor qilingani ma’lum bo’ldi.

Prezident devoni rahbari o’rinbosari, tashqi siyosiy bo’lim mudiri Sapar Isoqovning jurnalistlar bilan muloqot chog’ida ma’lum qilishicha, bu qaror parlament saylovlari bilan bog’liq.

“Saylovlar noyabrda bo’lib o’tadi deb o’ylagan edik. Ammo markaziy saylov komissiyasi uni oktyabrda o’tkazishni talab qila boshladi. Agar prezident AQShga ketsa, faqat oktyabrning boshida qayta oladi. Saylovlar juda muhim, shu bois Almazbek Atambaev u paytda Qirg’izistonda bo’lishi kerakligiga qaror berdi. Safar shu sababdan bekor qilindi”, – dedi Isoqov.

Turkiston:

Obama, Putinni hamda Erdug’onni qabul olishdan bosh tortdi. Atambaev Obama bilan uchrashuvdan bosh tortipti. Demak ularning har ikkalasining ham bu uchrashuvlardan ko’ra muhimroq ishlari bor.

Qirg’izistondagi parlament saylovi, davlat boshqaruv sistemasining asosini belgilab beradi. U parlament boshqaruvi shaklida qolishi uchun, partiyaviy diktatura o’rnatilishi kerak. Bu, xuddi Rossiyadagi “ediny Rossiya” fraksiyasi ko’rinishida bo’lishi kerak. Ya’ni bir qancha partiyalar, har biri o’z programmalari asosida saylovda, hukumat qo’llovi ostida parlamentga kelishadi. So’ng ular parlamentda koalitsiyalar ko’rinishida bir birlari bilan birlashishadi. Natijada ko’pchilikdan tashkil topgan bir tomon vujudga keladi. Bu taktika nafaqat Rossiyada, boshqa bir qancha yurtlarda ham qo’llanib kelinadi, masalan Erdug’on partiyasi ham Turk parlamentini deyarli manapoliya singari egallab olgan edi. Oxirgi saylovda bu maqsadiga etisha olmay qoldi.

Atambaev va uning atrofidagi etakchi quvvat vakillari ham, kutilayotgan parlament saylovlarida, ko’pchilikni tashkil etuvchi parlament boshqaruv sistemasini paydo qilib olishi kerak. Aks holda ular prizidentlik boshqaruv sistemasiga qaytishga harakat qilishadi. Bu Qirg’iziston ustidagi Rossiyaning loihasi bo’lib, Atambaev, yana bir yildan keyin prizidentlikni topshirishi haqida aytayotgani bilan, o’z ixtiyoriga ko’ra saylovni o’z holiga tashlab AQSh singari davlatlarga safar qila olmaydi.

Lekin prezident atrofidagilarni tashvishlantirayotgan ikkita holat bor.

Birinchisi: – tashqi siyosatiga aloqador. Rossiyaning xalqaro sistemadagi mavqeining tez sur’at bilan tushib borishi va unda yuz berayotgan krizis Qirg’izistonni ham o’z domiga tortib borayotganligi. Ya’ni Qirg’iziston hukumatining AQSh bilan aloqalari yomonlashib borayotgani sababli kutilayotgan har xil vahimali holatlar.

Ikkinchisi: – ichki nosog’lom muhit. Ya’ni AQShparast quvvatlar va ular uchun toboro kulaylik yaratib berayotgan nosog’lom muhit. Ya’ni o’sha Rossiya bilan tuzilgan bir qancha shartnomalarning muvoffaqqiyatsizligi, korruptsiyaning o’ta kuchaygani, hatto uning prizident atrofidagi yaqinlarigacha etib borgani, xalqning yashash darajasini toboro pasayib borayotgani…. va hokazo. Shularning barchasi, mamlakat xavfsizligiga o’ta vahimali holat paydo qilib turipti.

Yuqoridagi holatlar, Qirg’iziston fuqorolarini o’z xohishlari bilan hukumatparast partiyalarni saylashga yo’l bermaydi. Demak bu galgi saylov ham ilgarigilaridan o’zgacha o’tmaydi. Hukumat o’z salohiyat “richag”lari bilan o’z partiyalariga qo’llov ko’rsatishga harakat qiladi. Bu esa, AQShparast kuchlar uchun o’ta qo’l kelishi mumkin. Chunki AQSh uchun saylovda o’ziga tobe’ biron partiyasini g’olib qilishdan ko’ra, mamlakatni distobillashtirish muhimroq. Ular, Qirg’iz hukumatining har bir xatosidan unumli foydalanib, fuqorolarni ularning ta’biri bilan aytganda “rangli inqilab” tomon etaklash asosida ish olib borishadi.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.