Uchuvchisiz samalyotlar Injirlik havo bazasidan hujumga o’tadigan bo’ldi

1091
0

AQSh prezidenti Barak Obamaning IShIDga qarshi kurash bo’yicha xos vakili Jon Allen bilan Turkiya tashqi ishlar vazirligining maslahatchisi Faridin Sinirlio’g’li o’rtasida ikki kun davom etgan muzokaralar ortidan kelishuv bitimiga imzo chekildi. Bitimga ko’ra, jangavor qurollangan uchuvchisiz samalyotlar Ijirlik havo bazasidan havoga ko’tarilib hujumni amalga oshiradi. Turkiya hukumati AQShning bu talabini qabul qildi.

Gazetalarda tarqalgan xabarlarga ko’ra, AQSh Injirlik harbiy havo bazasidan foydalanishi evaziga uchuvchisiz samalyotlarini Turkiya talab qilganidek, IShID va Asad rejimiga qarshi ishga solish majburiyatini olgan. Biroq bir necha kun avval IShIDni shinonga olish uchun havoga ko’tarilgan uchuvchisiz samalyotlar Asadga qarshi jiddiy kurash olib borayotgan Jabhatun Nusra guruhiga oid avtomobillarni bombalaganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Ayni paytda rejaga ko’ra, ikki dona uchuvchisiz samalyot Turkiyaning Kirshahar shahrida harbiy mashqdan o’tayotgan suriyalik jangchilar maydonga chiqqan paytlarida ular qo’lga kiritgan mintaqalarni himoya qilish uchun ham ishga solinadi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chuvasho’g’li ikki hafta avval bergan bayonotida AQSh va Turkiya o’rtasidagi mazkur bitim tuzilishiga yaqin qolganligini bildirgan edi. Chuvasho’g’liga ko’ra, Turkiyaning Kirshahar shahrida harbiy mashqdan o’tkazilayotgan suriyalik mo”tadil muxolifat vakillarini havodan dastaklash borasida AQSh bilan qat’iy kelishib olingan.

“Harbiy mashqdan o’tayotgan kuchlarni havodan qo’llab quvvatlash borasida AQSh bilan hamkorlik mavjudmi?”, degan savolga Chuvasho’g’li “Albatta, ularni havodan dastaklash lozim. Bu bo’lmasa dasturdan ko’zlangan maqsad amalga osharmidi?”, deb javob berdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.