Tunis hukumati asosiy qoidalarini ko’zdan kechirib chiqish uchun Hizb ut-Tahrirga muhlat berishi aytilmoqda. Hukumat talabiga ko’ra, Hizb ut-Tahrir mana shu muhlat ichida o’zining asosiy qonun-qoidalarini Tunis konstitutsiyasiga mos holga keltirishi lozim.
Tunisning “Shams FM” mahalliy radio kompaniyasi konstitutsiyaviy muassalar va fuqarolik jamiyati ustidan mas’ul shaxs Kamol Jundubiyning so’zlariga tayanib, bu haqida xabar tarqatdi. Radio xabariga ko’ra, Hizb ut-Tahrir o’z faoliyatlarini tartibga solib, huquqiy tartib-qoidalarga rioya qilish uchun hukumat unga oxirgi marta muhlat berishi mumkin.
Mintaqa bo’ylab safar uyushtirgan Tunis prezidenti Beji Kaid Es-Sebsi Hizb ut-Tahrirning asosiy qoidalarini qayta ko’zdan kechirib chiqishni hukumatdan talab qilishini bildirdi. Unga ko’ra, bu ish konstitutsiyaga mos kelmagan partiyalarni bartaraf etish imkoniyatlarini qayta ko’rib chiqish maqsadida amalga oshiriladi.
Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi rasmiy so’zchisi Rizo Bilhaj prezidentni vakolat doirasidan chiqib ketishlikda aybladi.
“Hukumat tarafidan imtiyoz berilgan siyosiy partiyalarga daxl qilish borasida Es-Sebsi huquqiy jihatdan vakolatga ega emas”, dedi rasmiy so’zchi Rizo Bilhaj.
Hizb ut-Tahrir tashkil topgan kundan boshlab da’vat yo’lida biror moddiy faoliyatga qo’l urmaganligi do’st-u dushmanga kundek ravshandir. Kofir G’arb va qalbida adovati bor kimsalar to’rt ko’z bo’lib uning faoliyatidan ayb izlashlariga qaramay, haligacha buni isbotlay olganlari yo’q. Hizb ut-Tahrir atrofidagilardan qo’rqqanligi uchun emas, balki Rosululloh s.a.v.ning tariqatlariga ergashganligi uchun shunday yo’l tutadi. Biroq shunday bo’lsa-da, Tunisda Hizb ut-Tahrir masalasi Susa shahrida o’nlarcha xorijiy sayyohlarning o’limiga sabab bo’lgan hujumlar ortidan ko’tarila boshladi.