Hindistonda musulmonlar soni o’sishini tug’ishini cheklash orqali qisqartirish taklif qilinmoqda

755
0

Mustamlakachilar malayi va yuvindixo’ri Mustafo Kamol Otaturk qo’li bilan Xalifalik davlati qulatilgach musulmonlar o’z qalqonlaridan mahrum bo’lishdi. Shundan so’ng har qanday haqir va najas kimsalar uchun Islomga, Islom dini qadriyatlari va musulmonlarga qarshi ko’ngillariga kelgan ishni amalga oshirish imkoni paydo bo’ldi.

Birmada qotil butparastlar tomonidan rohinga musulmonlarini bemalol qirg’in qilinishi, mushrik Xitoy hukumati tomonidan Sharqiy Turkistondagi uyg’ur musulmonlarini o’z e’tiqodlaridan qaytishga majburlash, muqaddas Ramazon oyida ro’za tutishni taqiqlanishi oddiy ishga aylanib qoldi. Musulmonlar ustiga o’rnatib qo’yilgan xoin hokimlar tomonidan bu ishlarga hech qanday munosabat bildirilmaganidan ruhlangan boshqa yurtlardagi najas mushriklar ham musulmonlarga nisbatan qalblaridagi adovatlarini oshkor qilishga jur’at paydo bo’lmoqda.

“IslamNews” saytining “India Today”ga tayanib xabar qilishicha, Shiv Sena hind millatchilar partiyasi Hindiston hukumatiga diniy ozchiliklar sonini oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida musulmonlarga tug’ishni cheklash taklifini kiritdi.

“Nafaqat Assam va mamlakatning shimoliy-sharqidagi mayda shtatlarda, balki Xaryana va Dexli kabi yirik shtatlarda ham musulmon aholi soni oshib bormoqda. Shiv Sena musulmonlar o’z sonlarini oshirish orqali hind davlatini bosib olishmoqchi deb hisoblaydi”, – deyiladi partiya etakchilari hukumatga yo’llagan ochiq xatda.

Millatchi partiya etakchilarining fikricha, “agar musulmonlar o’zlarini hindistonlik hisoblanamiz deb o’ylashayotgan bo’lsa, u holda ular qonunlariga, xususan oilani rejalashtirishga rioya qilishlari zarur. Bosh vazir Modi va markaziy hukumatga musulmonlar eshiklarini qoqish va ularni qoidalarga amal qilishni buyurish vaqti keldi”.

Aholini ro’yxatga olish ma’lumotlariga ko’ra, 2001 yildan 2011 yilgacha bo’lgan vaqt oralig’ida Hindiston aholisi soni 18 foizga o’sgani holda, musulmonlar soni 24 foizga oshgan. 2001 yili musulmonlar umumiy aholi sonini 13,4 foizni tashkil etishgan bo’lsa, 2011 yilga kelib ularning jamiyatdagi ulushi 14,2 foizini tashkil etdi, bu esa millatchi hind kuchlarini tashvishga solmoqda. Shu sababli ham ular hozircha himoyasiz bo’lib turgan musulmonlarga qarshi qalblaridagi marazlarini oshkor qilishmoqda.

Payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisda u zot naqadar haq so’zni aytganlar:

“Yeb to’ymas ochofatlar o’z tovog’iga tashlangani kabi yaqinda millatlar sizlarning ustingizga tashlanadi, dedilar. Shundab bir kishi, yo Rasulalloh, o’sha paytda sonimiz kam bo’lganidan shunday bo’ladimi? – dedi. U zot: yo’q sizlar u paytda ko’p bo’lasizlar. Biroq selning ko’pigi kabi ko’pikka o’xshaysiz. Alloh dushmanlaringiz qalbidan sizlardan bo’lgan qo’rquvni olib qo’yadi, sizlarning qalblaringizga esa vahnni soladi, dedilar. Shunda: Vahn nima? – deb so’ralgandi, u zot: Dunyoni yaxshi ko’rish va o’limni yomon ko’rish”, deb javob berdilar. (Abu Dovud Savbondan rivoyat qilgan).

Abdurahmon.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.