529 kishi o’lim jazosiga hukm qilindi

501
0

2132551E-A1D7-4CDA-A71C-15BCFB517637_mw1024_n_s

Misr oliy mahkamasi 24 mart kuni “Musulmon birodarlar” jamoasining a’zolari va tarafdorlaridan 529 kishini o’lim jazosiga hukm qildi. Ularning ichida Husni Muborakdan so’ng taxtni egallagan va o’tgan yili harbiylar tarafidan qulatilgan sobiq Prezident Muhammad Mursiy ham bor.

O’lim jazosiga hukm qilingan kishilar tartibsizliklarni keltirib chiqarish, qotillikka undash, tinch fuqarolarni o’ldirish va davlat politsiya idorasiga hujum qilib, politsiyachilarni o’ldirishda ayblanmoqda.

Mursiy taxtdan qulatilgandan so’ng “Musulmon birodarlar” jamoasining a’zolari va tarafdorlari 2013 yil 14 avgustda poytaxt Qohirada norozilik namoyish o’tkazgan edi. O’shanda namoyishchilar bilan politsiyachilar o’rtasida yuzaga kelgan to’qnashuvda minglagan namoyishchilar o’ldirilganligi axborot vositalari orqali butun olamga tarqatilgan edi. O’lganlar harbiylarning o’qlaridan o’lganligi tasdiqlangan bo’lsa ham va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan video lavhalarda barcha jinoyatlarni davlat kuchlari amalga oshirganligi ko’rinib turgan bo’lsa ham, oliy mahkama bu jinoyatlarda “Musulmon birodarlar” jamoasining a’zolari va tarafdorlarini aybdor deb topgan.

Turkiston:

Misrda kechayotgan bu hodisalar butun musulmonlarga, jumladan “Musulmon birodarlar” jamoasiga ham haqiqiy o’zgarish yasash qanday bo’lishini ko’rsatib turipti. Ya’ni Islomni hayotga qaytarish uchun harakat qilish qanday bo’lishini, bu yollanma rejimlar bilan qanday aloqada bo’lish lozimligini, shuningdek, G’arb va uning tobelari og’iz ko’pirtirib safsata sotayotgan demokratiyaning fasod ekanini ham yaqqol ko’rsatib turipti.

Muhammad Mursiy G’arbning talablariga rozi bo’lib demokratik boshqaruvni qabul qilgan edi. U Bag’rikenglik va mo”tadil islomni ko’rsatib qo’yish uchun shunday yo’l tutdi. Shuning uchun Misr konstitutsiyasi, sudi, ta’lim sistemasi va axborot vositalari Husni Muborak davrida qanday bo’lsa shundayligicha qoldi.

Xullas, qisqacha aytganda “Musulmon birodarlar” jamoasi hokimiyatga keldi-yu, biroq Misrda holat avvalgi holicha qolaverdi. Chunki jumhuriy nizom o’sha-o’sha o’z holicha qoldi, konstitutsiya o’sha ilmoniyligicha qoldi, G’arb beradigan qarzlarga qaram ribolik iqtisod ham o’sha-o’sha o’zgarishsiz saqlanib qolaverdi, G’arb hukmronligi o’zgarishsiz eski holicha davom etdi, Amerika harbiy bazalari o’sha eski holicha turaverdi, xalqaro aloqalar eski holicha davom etdi, Isroil bilan tuzilgan siyosiy va iqtisodiy kelishuvlar, yahudga tabiiy gaz etkazib berish eski holicha davom etdi… Xo’sh, nima o’zgardi? Hech narsa o’zgarmadi… Chunki hokimiyatga Islom emas, islomchilar kelgan edi!!

Musulmonlar shuni yaxshi anglamoqlari lozimki, haqiqiy o’zgarish yasash Islomiy hukmlarni bosqisma-bosqich, asta sekinlik bilan yillar davomida bitta-bittalab kiritib borish bilan bo’lmaydi. Haqiqiy o’zgartirishga bel bog’laganlar mavjud tuzumlar bilan dialogga kirishmaydi, ular bilan savdolashmaydi, ularning «yirtig’i»ni «yamab» o’tirmaydi, aksincha ular bilan bo’ladigan aloqasi tubdan o’zgartirish, ya’ni bu nizomlarni tag-tomiri bilan qo’porib tashlash bo’ladi.

Haqiqiy o’zgarish Muhammad Mursiy saylanishida bo’lganidek siyosiy sherikchilik bilan bo’lmaydi, aksincha Islom nizomini butunicha tatbiq etadigan bitta Xalifani vujudga keltirish bilan bo’ladi. Bu Xalifani Ummatning butun ommasi qo’llab-quvvatlaydi, muxlis musulmon armiya esa Islomni hech bir aylantirib o’tirmay to’liq tatbiq etishi uchun unga yordam qo’lini cho’zadi va unga sadoqat ko’rsatadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.